Soxibaxon ped texnologiya doc


-rasm. O'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish vazifalari



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/121
tarix27.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#149409
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

1-rasm. O'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish vazifalari
Nazorat qilish va hisobga olish vazifalari
Nazorat qilishning asosiy vazifasi ta`lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va
malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o'quv materiallarini
o'rganishning 
keyingi 
bosqichiga 
o'tish 
imkoniyatlarini 
aniqlashtiradi 
va
o'qituvchining o'quv metod hamda usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi.
Nazorat qilish vazifasi o'quv materiallarini o'rganishning maqbul yo'llarini topish
bilan bog'liqdir. Ta'lim vazifasi ta`lim oluvchilarning bilimini tekshirishda aniq
ko'rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda
ta`lim oluvchilarning o'tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan
ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug'iladi. Chunki guruhdagi boshqa ta`lim
oluvchilar javob berayotgan ta`lim oluvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va
avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitishadi.
O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yozilmay qolgan savollarga javob
berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi.
Shuningdek, tekshirish va baholash ta`lim oluvchining o'z bilimlari va qobiliyatlarini
o'zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O'zidagi kamchiliklarni ko'ra olishga va
uni tugatish yo'llarini izlashga ko'maklashadi. Lekin ta`lim oluvchining bilimini
baholashda Ta`lim beruvchinohaqlikka yo'l qo'ysa, ta`lim oluvchi bilan Ta`lim
beruvchio'rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko'p
bo'lishi ham ta`lim oluvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi. Eng asosiysi
o'zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish, yaxshi
o'qishga xohish uyg'otish, o'quv ishlariga vijdonan yongdoshish, javob berishga
tayyorlanishda mustaqil bo'lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga
yo'naltirilmog'i lozim. Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri
amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg'ulari va axloqiy
sifatlarini tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu o'z-o'zidan nazoratning rivojlantiruvchi
vazifasi sanaladi. Ta`lim oluvchilarning ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga
Nazorat qilish va hisobga olish
Nazorat
O’qitish
Tarbiyalash
Rivojlantirish


68
qo'yiladigan pedagogik talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta'rifida berishni
ma'qul deb topdik) ta'lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan: har bir
ta`lim oluvchining o'kuv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki
guruhning o'quv ishi natijalari ta`lim oluvchining shaxsiy natijalarining o'rnini
almashtirishga yo'l bermaydigan nazoratning individual tavsifi; nazoratni ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang'ichidrok etishdan to bilimlarni amalda
qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida ta`lim oluvchilarning o'quv faoliyatlarining
boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi; nazoratning o'qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga ta`lim
oluvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari; o'quv dasturining barcha qismlarini qamrab
olgan, ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari, intillektual hamda amaliy ko'nikma va
malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko'lamliligi; ta`lim oluvchilarni
har jihatdan bilib olmasdan turib, o'qituvchining xato xulosalar chiqarish, sub'ektiv
munosabatda bo'lishiga yo'l qo'ymasligi, shuningdek, o'zlashtirish natijalarini
baholashda baho mezonlariga qat'iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi
(ob'ektivligi); har bir fan, uning bo'limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek,
ta`lim oluvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat
metodlarini 
tanlashning 
tabaqalashganligi; 
muayyan 
sinf 
(guruh)
ta`lim
oluvchilarining o'quv ishlarini nazorat qilishda barcha o'qituvchilar tomonidan
qo'yiladigan talablarning bir xil bo'lishi. Yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilish
orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va o'quv jarayonida o'z vazifalarini hal qilishga
imkon yaratiladi. Har bir fan bo'yicha ta`lim oluvchining o'quv faoliyatini nazorat
qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib
boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: joriy nazorat; oraliq nazorat;
yakuniy nazorat. Joriy nazorat - bu ta'lim jarayonida ta`lim oluvchilar tomonidan
o'quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o'zlashtirilish bo'yicha bilim,
ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat Ta`lim
beruvchitomonidan o'tkazilib, ta`lim oluvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning
har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi. Oraliq
nazorat ta`lim oluvchilar tomonidan o'quv materialining muayyan bob yoki bo'limlari
bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash
shakli. Yakuniy nazorat - ta'lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o'quv materiallari bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari
darajasini aniqlash, baholash shakli bo'lib, o'rganilgan mavzular bo'yicha yozma,
og'zaki, test shaklida o'tkaziladi.
Ta`lim oluvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og'zaki, yozma, test
hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo'lishi mumkin. Og'zaki
tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan
an'anaviy usullaridan biridir. Og'zaki tekshirishning mohiyati shunda ko'rinadiki,


69
ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib,
ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish ta`lim oluvchilarning
bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim
hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og'zaki tekshirishda ta`lim beruvchi
o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan ta`lim
oluvchilarga savollar beradi. Biroq, ta`lim oluvchilarning nutqini o'stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi
mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko'pgina fanlarda og'zaki
tekshirish ta`lim oluvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida
to'ldirib boriladi. Shu bois ta`lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish va
baholashning muvaffaqiyatini ta'minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin