Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 4 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-836-839 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 837 April, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal hikoyaning mazmun-mohiyatini bir maqolda ochib bergandek ko‟rinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Maqollar xalq tajribasidan o„tgan, voqea-hodisalarning so„zdagi o„zgarmas
ifodasidir [1]. Mustaqillikka erishganimizdan so‟ng xalq og„zaki ijodiga alohida e‟tibor
qaratdi, bu borada maqollarninig ham chetda qolmaganligini ko„rishimiz mumkin.
Hattoki, Birinchi prezident I.A.Karimov “… agarki e‟tibor bersa, tilimizda halollik va
poklik haqidagi ibratli hikmatlar bilan birga, “Yo„lini topdimi, qandini ursin”, “Uzumini
yeng-u, bog„ini surishtirmang” degan maqollar borligidan ko„z yumib bo„lmaydi” [2]
diya takidlaganligini ko „rishimiz mumkin. demak ijobiy ahamiyat kasb etuvchi
maqollar ko„pchillikni tashkil etsada, ayrim salbiy holatlarni ko„rsatuvchi maqollarni
ham uchratamiz.
Filologiya fanlari doktori B.M.Jo„rayeva O„z ilmiy tadqiqotlarida o„zbek xalq
maqollari intralingvistik birliklar yordamida shakllangan 6 ta guruhga ajratgan. a)
iboralar asosida shakllangan maqollar: sanamay sakkiz demaslik – sanamay sakkiz
dema. b) Fol‟klor janrlari asosida shakllangan maqollar: d) e‟tiqodiy tushunchalar
asosida shakllangan maqollar, f) xalq umidlari asosida shakllangan maqollar, s) xalq
o„yinlari asosida shakllangan maqollar e) hadislar asosida shakllangan maqollar
[3].
Yuqorida keltirib o„tilgan yo„nalishlar xalq maqollarining shakllanish jarayonlari
mazmun – mohiyatidan kelib chiqib guruhlarga ajratilgan. Xalqlar o„rtasidagi madaniy
aloqalarning shakllanishi va rivojlanishining bir bo„lagi tarjima asar hisoblanadi. Bu
haqida V.G.Beliniskiy “Bir xalqning adabiy asarlarini boshqa xalqning tiliga tarjima
qilish, ularning o„zaro yaqinlashishlariga, bir – birlariga g‟oya almashishlariga asos
bo‟ladi, ana shunda yangi adabiy asar kelib chiqadi va aqliy siljish ro„y beradi”, demak
tarjima asarlar madaniy aloqalardan tashqari, turli millat vakillarini orasida do„stlik
aloqalarini ham rivojlanishiga sabab bo‟ladi.
Maqol bu – gapning qaymog„idir. Qaysi xalq yoki millat tomonidan yaratilmasin,
u mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, boshqa davlat aholisi ham foydalanishlari mumkin.
Ammo Maqollarni tarjima qilish tarjimonlari uchun talaygina muammolarni keltirib
chiqaradi. Sabab sifatida shuni keltirib o„tish mumkinki, tarjimon o‟z sohasidan tashqari
tarix, falsafa va boshqa fan sohalaridan ham xabardor bo„lishi talab etiladi. Bu haqida
G'aybulloh Salomov “Tarjimonda yozuvchi va tanqidchidan, aktiyor, rassom va olim
mehnatidan ham nimadir bor. Bu shundan iboratki, tarjimon so„zshunos bo„lib tahlil
qiladi, aktiyor singari boshqalarning (shu o„rinda- muallifning) qiyofasiga kiradi va ayni
vaqtda o„zligini saqlaydi…..” [4] deya takidlagan edi o„zining “Tarjima tashvishlari”
kitobida. Demak maqollarning tarjimasi bilan shug„ullanish ham
tarjimondan katta mas‟uliyatni va tajribani talab qiladi.