Policy server: Aloqa vositalarini abonentga taqdim etuvchi
boshqarish uchun ishlatiladi, bularga imkoniylikni nazoratlash ro‘yhati
(ACL), o‘tkazish yo‘lagi, trafik, xizmat ko‘rsatish sifati va hokazolar
kiradi.
Application server: Ilovalar serveri, qiymati qo‘shilgan turli
xizmatlarning mantiqiy va intellektual tarmoq xizmatlarini yaratish va
boshqarish, hamda xizmatlarni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion
platformadan foydalanish uchun va dasturlanadigan ilovalarning (API)
ochiq
interfeyslari
yordamida
tashqi
(chetki)
provayderlarning
xizmatlaridan foydalanish uchun ishlatiladi. Tarmoqli boshqaruvning
darajasida joylashgan ilovalar serveri fizik tarzda ajratilgan qurilma
bo‘lgani uchun, SoftSwich uskunasiga bog‘liq emas. Bu hol xizmatlarni
taqdim etish funksiyasini chaqiruvni boshqarish funksiyasidan ajratish va
yangi xizmatlarni kiritish imkonini beradi.
Locat server: Joylashuv o‘rni serveri, NGN tarmog‘ida
moslashuvchan Soft- Swich kommutatorlari uskunalari o‘rtasida
marshrutlarni dinamik taqsimlash uchun ishlatiladi, mo‘ljallangan punkt
bilan bog‘lanish o‘rnatish imkonini aniqlaydi, yo‘nalishlar almashinuvi
jadvalini ishlatishni a’lo samaradorligini uni soddalashtirish va uni
ishlatish imkoniyatlarini orttirish hisobiga ta’minlaydi, hamda
marshrutlarning murakkablashuvini kamaytiradi.
Rad server: Olislashtirilgan
chaqiruvchi
foydalanuvchilarni
autentifikatsiya xizmati serveri; foydalanuvchilarni markazlashtirilgan
holda autentifikatsiya qilish, parolni shifrovkalash, xizmatlarni ta’minlash
va filtr- lash, hamda xizmatlarni markazlashtirilgan holda tarifikatsiya
qilish uchun ishlatiladi.
Media Resource Server (MRS): Mediaresurslar serveri, asosiy va
mukam- mallashtirilgan xizmatlarni tashkil etishda uzatish muhiti
funksiyalarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Mazkur funksiyalarga
quyidagilar kiradi: tonal signallar xizmatlarini ta’minlash, konferensaloqa
xizmatlari, interfaol tovushli javob IVR, yozilgan axborotlar va tovushli
xizmatlar menyusi.