Majburiyatlarda kauza sub'yektiv motiv bo'lib, majburiyatning mazmunini
aniqlaydigan hamda majburiyatga kirishishdan qanday moddiy manfaatdorlik kelib
chiqishi bilan bog'liq munosabatlarga tushuniladi. Kauza qonuniy bo'lishi lozim,
ya'ni unda boshqa shaxslarning erkini, iroda va manfaatini, huquqlarini
chegaralamaslik lozim bo'lgan. Majburiyatlarni tuzish uchun, eng avvalo,
taraflarning o'zaro roziligi talab qilingan. Taraflar roziligi slavyanlarda qo'lni
qo'lga berish, boshni qimirlatish, jimlik rizolik alomati sifatida hatto qadimdan
qolgan an'anaviy harakatlar orqali ham amalga oshirilgan. Lekin Rim fuqarolik
huquqiy munosabatlarining yanada rivojlanishi va takomillashivi natijasida biror
yuridik munosabat yoki yuridik hujjat orqali bu kelishuvni rasmiylashtirish zarurati
kelib chiqqan. Ana shu yuridik asos consensus (kelishuv) taraflarning huquqiy
asosda, o'z erklarini ifoda etgan holda rasmiylashtirish imkoniyatini vujudga
keltirgan va shunday qilib majburiyatlarning yangi turlari ya'ni konsensual
majburiyatlar vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: