bo'lgan bir nechta harakatlarning namoyon bo'lishini taqozo etishini isbotlab
berganlar va o'zlari ham shunga amal qilganlar. Uy-joyni ijaraga olish yoki
mahalliy hokimiyatdan uy-joyga bo'lgan orderni olish, u bilan uy-joyda
yashaydigan shaxslar o'rtasida uy-joydan foydalanish majburiyatini murakkab
bo'lgan yuridik tizimini yoki yuridik faktni keltiradigan holatni vujudga keltirgan.
Albatta bu murakkab bo'lgan holatdir. Yuqorida qayd etilganidek, Rim yuristlari
fuqarolik huquqida yuridik faktlarning vujudga kelishini e'tiborga olib, ularni
hodisalarga va harakatlarga bo'lib o'rganganlar.
Hodisalar insonnning onggi, erki va irodasi bilan bog'liq bo'lmaydigan
holatlardir. Masalan, tabiat hodisalari, insonning tug'ilishi, uning o'limi, yong'in,
yer qimirlashi va shunga o'xshash holatlar. Lekin rimliklar hodisalar faqat inson
bilan bog'liq bo'lmagan holatda vujudga keladi deb tushunmasdan, ba'zida uning
inson onggi, erki orqali ham vujudga kelishini ham isbotlab bera olganlar.
Qadimgi Rim quldorchilik davlatida fuqarolik huquqiy munosabatlarini
vujudga keltiruvchi asoslardan yana biri bu harakat ekanligini hamda harakatning
o'zi huquq yo'l qo'ygan «qonuniy harakatga» hamda huquqqa xilof yoki zid bo'lgan
«noqonuniy harakat»ga bo'linishiga o'zlarining muhim e'tiborini qaratganlar.
Harakatlarni Rim huquqshunoslari doimo bir asosda vujudga keladigan munosabat
deb, uni doimo huquqiy munosabatda qatnashuvchi sub'yektlar erki, irodasi va
manfaati bilan bog'liq holda ko'rganlar.
Noqonuniy harakatlar huquqbuzarliklar hisoblanib, huquqqa zid, xilof
bo'lgan, qonunga yoki boshqa normativ hujjatlarga qarama qarshi asosda amalga
oshirilgan munosabatlar deb atalgan. Shuning uchun Rim fuqarolik huquqi bunday
harakatlarni qonunga zid, oqilonalik, adolatlilik tamoyillariga to'g'ri kelmaydigan
munosabatlar deb, bu harakatlar natijasida keltirilgan zararlarni yangi eramizning
I-IV asrlarida to'liq Rim fuqarolik huquqi normalari asosida, keyinchalik esa hatto
jinoiy javobgarlikka tortish asosida ham buzilgan huquqlarni dastlabki buzilmagan
holatiga keltirish uchun harakatlarni amalga oshirib bordi va buzilgan huquqlarni
tikladi.
Qonuniy harakatlar deganda, qonun yoki boshqa normativ hujjatlar asosida
yo'l qo'yilgan ixtiyoriylik, huquq yo'l qo'ygan harakatlarni amalga oshirishlik
tushunilgan.
Dostları ilə paylaş: