So'z boshi


-§. XII Jadval qonunlari bo'yicha vorislik



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
rim huquqi (1)

2-§. XII Jadval qonunlari bo'yicha vorislik
 
Vorislik munosabatlari dastlab XII Jadval qonunlarida ko'rsatilib, bu 
qonunga asosan vorislik munosabatlari ikki qismga bo'lingan:
 
1. Qonun bo'yicha vorislik;
 
2. Vasiyat bo'yicha vorislik.
 
Rim quldorchilik davlatidan oldin vujudga kelgan vorislik huquqini qabul 
qilish munosabatlari vasiyatnomasiz paydo bo'lgan bo'lsa, bu munosabatlar 
qonun bo'yicha vorislik deb atalib, uning huquqiy rejimi qonun bo'yicha vorislik 
asosida hamda ko'proq XII Jadval qonunlari bilan tartibga solingan. 
 
XII Jadval qonunlariga asosan, meros qoldiruvchi shaxs vafot etishidan 
oldin vasiyatnoma qoldirmagan bo'lsa, uning birinchi meros oluvchisi agnatlar 
bo'lib, asosan uning katta o'g'li hisoblangan. 
 
Barcha mulk meros massasi aka-ukalarga, opa-singillarga, o'limidan keyin 
tug'ilgan farzandiga, umuman agnatlar oilasiga o'tkazilgan. 
 
Qadimgi Rim huquqiy munosabatlarida vorislik huquqi o'zining quyidagi 
xarakterli xususiyatlariga ega bo'lgan:
 
1. Merosni qabul qilgan aka-ukalar va agnat qavm-qarindoshlari 
o'zlarining qullariga (qullar esa mulk bo'lib hisoblangan) ozodlik huquqlarini 
berish vakolatlariga ham ega bo'lganlar;
 
2. Merosni qabul qiluvchilar vafot etgan shaxsning barcha qarzlarini ham 
qabul qilganlar hamda o'zaro bu majburiyatlarni bajarishni bo'lib olganlar. 
 
Vorislik huquqiy munosabatlari o'z xarakterli xususiyatlariga qarab sivilni 
(fuqarolik) vorislikka va pretorlik (yoki pretorlar) huquqlari bo'yicha qismlarga 
bo'lingan. Eng ko'p qo'llaniladigan vorislik sivilni (fuqarolik) vorisligidir. 
 
Fuqarolik vorislik deb, vafot etayotgan shaxs tomonidan xalq ko'p 
yig'iladigan forumlarda, kuriat komisiyalarida (ya'ni mahalliy hokimiyat oldida), 
urush vaqtlarida esa qurollangan saf tortib turgan qo'shinlar oldida, kimga meros 
qoldirishni og'zaki ravishda vasiyat qilinishiga aytilgan. Bu munosabatni hatto, 
V-VI asrlarga kelib imperator Yustinian ham qo'llab-quvvatlagan. 
 
Bulardan tashqari, pretorlar hamda imperator oldida qoldirgan 
vasiyatnomalar ham bo'lgan, lekin bu vasiyatnomalarni yettita guvoh tasdiqlashi, 
imzosi qo'yilgan bo'lishi hamda pretor yoki imperator ham tasdiqlashi lozim, 


ayniqsa kimga meros qoldirayotganligini meros qoldiruvchi o'z qo'li bilan 
yozishi lozim edi. Bu esa qoldirilgan, ya'ni tuzilgan vasiyatnomaning 
haqiqiyligini isbotlab bera olish layoqatini keltirib chiqarardi. Vasiyatnomani 
tuzishda guvohlar sifatida xotin-qizlar, voyaga yetmagan shaxslar, davlat 
jinoyatchilarining bolalari, karlar, ko'rlar, jismoniy va ruhiy tomondan 
kamchiligi bor shaxslar hamda vasiylikda bo'lgan fuqarolar hisobga olinmagan. 
 
Rim huquqi tomonidan ishlab chiqilgan vorislik huquqiy munosabatlari 
barcha davlatlar, xalqlar, ayniqsa feodalizm va burjua jamiyatlari tomonidan 
to'liq qabul qilindi, hatto hozirgi zamon qonunchiligi universal huquqni qabul 
qiluvchi, ya'ni barcha qoldirilgan meros massasi bilan meros qoldirgan 
shaxsning qarzlarini, ya'ni majburiyatlarini ham to'liq qabul qilishni va bajarish 
mas'uliyatini olishlik orqali meros qoldiruvchining huquqlarining yanada davom 
ettirilayotganligini bildiradi. 
 
Rim huquqi universal huquqni qabul qilish bilan birgalikda singulyar 
huquqni qabul qilish institutini ham ishlab chiqdi. Bunga asosan, meros 
qoldiruvchining yakka iltimoslarini, buyruqlarini bajarish uchun merosning 
ma'lum qismini qabul qilishga tushuniladi. Bu huquqni qabul qilish barcha 
qoldirilgan meros massasi bilan bog'liq emasligi yoki uning qarz va boshqa 
majburiyatlarini bajarishni o'z zimmasiga olinmasligini bildirgan.
 
Qadimgi Rim quldorchilik davlatida meros deganda, olamdan o'tmoqchi 
bo'lgan shaxs o'z mol-mulkini bir yoki bir nechta shaxslarga bo'lib berish uchun 
farmoyish berishiga tushunilgan. 
 
Buning ma'nosi  merosxo'r (merosxo'rlar) biror bir harakat, ruxsat yoki 
hujjat (vasiyatnoma) asosida meros qoldiruvchining butun mol-mulkiga bir 
necha merosxo'r bo'lgan taqdirda ham, avvalo mol-mulkning hammasiga egalik 
qilishga kirishishlikka tushunilgan. Demak, merosxo'rga barcha mulk o'tishi 
bilan marhum qarzlari, majburiyatlari ham o'tgan. 
 
Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, bu huquqni qabul qilish universal 
huquqni qabul qilish deb atalgan. Merosni to'liq asosda qabul qilmaslik yoki 
merosni qabul qilishdan voz kechish  legatlar yoki fideikomisslar deb atalib, 
ularni singulyar asosda huquqni qabul qilish deb atalgan. Rim quldorchilik 
davlatida meros qoldirish juda ko'pchilik hollarda vasiyatnoma orqali amalga 
oshirilgan. Rimliklar vasiyatnoma deb  meros qoldiruvchi tomonidan ixtiyoriy, 
erkin asosda o'z mulkini bo'lib berishlik hamda merosxo'rning tayinlanishiga 
aytilgan. Sinfiy huquq bo'yicha bunday tayinlanish vasiyatnoma orqali amalga 
oshirilgan hamda dastlabki paytlarda vasiyatnomani tuzish majburiy bo'lgan. 
Vasiyatnomada ko'rsatilgan meros oluvchi muomalaga layoqatsiz bo'lib 
hisoblansa, unga vasiy tayinlangan. Vasiylikdan tashqari homiylik instituti ham 
mavjud bo'lgan. 
 
Homiylik deb, ruhiy yoki jismoniy tomondan kamchiligi bor shaxslarni 
hamda o'zi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarning huquqiy oqibatini 
tushuna olmaydigan jismoniy shaxslar ustidan belgilanadigan rahbarlikka 
tushunilgan, bunda homiylikda bo'lgan shaxsning barcha huquq va 


majburiyatlarini amalga oshirish uchun belgilangan shaxs homiy sanaladi. Vasiy 
va homiylar faqat o'z vasiyligida yoki homiyligida bo'lgan shaxslarning 
manfaatlarini himoya qilganlar. 
 
Vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo'lib hisoblangan, chunki unda meros 
qoldiruvchining erki ifodalangan xolos, ya'ni vasiyat qiluvchining erkiga binoan 
huquq va burchlar vujudga kelgan. Vasiyatnoma  meros qoldiruvchining oxirgi 
o'z erkini izhor qiluvchi hujjatidir. Vasiyatnomaning bir tomonlamaligining 
xarakteri yana shunda ko'ringanki, uni vasiyat qoldiruvchi istagan vaqtda 
o'zgartirish yoki bekor qilish huquqlariga ega bo'lgan. Hatto oldingi tuzgan 
vasiyatnoma o'rniga yangisini tuzib, oldingisining kuchini yo'qotardi. 
 
Vasiyatnomani tuzish uchun maxsus layoqat talab etilgan. Vasiyatnomani 
tuzish layoqatiga muomalaga layoqatsiz shaxslar ega emas edilar. 
Vasiyatnomaning shakli uzoq vaqt davomida asta-sekin soddalashtirilib 
kelingan, lekin shunda ham Yustinian Kodeksida ko'rsatilganidek, baribir bu 
masalani hal qilish nihoyatda murakkab bo'lgan. Unga ko'ra vasiyatnomani 
tuzish paytida 7 nafar guvohning qatnashishi talab etilgan, lekin dastlabki 
paytlarda yozma shakl majburiy hisoblanmagan. Xususiy asosda 
vasiyatnomalarni tuzish bilan bir qatorda oilaviy asosda vasiyatnomalarni 
tuzishga ham ruxsat etilgan, ya'ni bunda davlat organlari qatnashgan, sudning 
bayonnomasi yoki munisipal magistratning bayonnomasiga kiritish 
(vasiyatnoma qoldiruvchining roziligi bilan) hamda vasiyatnomani imperator 
devonxonasiga topshirish orqali ham amalga oshirilgan. Vasiyat qoldiruvchi 
tomonidan aniq «Persona certa» tayinlanishi kerak bo'lgan. Ayniqsa, merosni 
qabul qiluvchi shaxsni meros qoldiruvchi o'zi yozma ravishda ko'rsatishi lozim 
bo'lgan. Har qanday holatlarda ham tayinlanayotgan vorislar, eng avvalo voris 
(yoki merosxo'r) sifatida tayinlanish layoqatiga ega bo'lishi lozim edi. 
 
Imperator Avgustning «Nikohsizlik va bolasizlikka qarshi kurash 
to'g'risida»gi qonuniga ko'ra 25-60 yoshdagi bo'ydoq erkaklar va    20-50 
yoshdagi turmushga chiqmagan ayollar merosni faqat yaqin qarindoshlari orqali 
olishlari mumkin edi. Shunda ham, ularning meros olinganidan keyin yuz kun 
ichida turmushga chiqishi yoki uylanishi talab etilgan. 
 
Merosxo'rni tayinlashga bir qancha shartlarni belgilash asosida ham yo'l 
qo'yilgan. Bu shartlar suspenziv shartlar vujudga kelguncha to'xtatib turiladigan 
holatlar deb atalgan. Shartnomaning shartlariga asosan, taraflar ma'lum yuridik 
oqibatlarni vujudga keltirishni ma'lum shartlarga, ya'ni «o'lganimdan keyin 
menga yodgorlik qo'yishlik, mana shu qoldirayotgan mulkim asosida nevaram 
Abdullaga uy-joy qurib berish yoki doimo mening tug'ilgan kunimni xotirlash» 
kabi shunga o'xshash shartlar bilan bog'lagan. Agar meros qoldiruvchi vasiyatni 
suspenziv shart bilan tuzgan bo'lsa, bunday holatda meros qoldiruvchining o'limi 
bilan emas, balki shu shartning vujudga kelishi bilan ochilgan. Lekin qo'yilgan 
shartlar qonuniy bo'lishi kerak bo'lgan. Ya'ni masalan: «agarda qizim o'g'il 
tug'sa, unga katta to'y qilib berasiz» degan shartni qo'yish mumkin bo'lmagan, 
chunki u o'g'il tug'masdan qiz bola ham tug'ishi mumkin edi.
 


Merosxo'rni tayinlashda muddatni suspenziv shartning vujudga kelishi 
bilan ham bog'langan, ya'ni merosxo'r tayinlanilgan, ammo u merosni qabul 
qilishdan voz kechsa, uning o'rniga ikkinchisi, ya'ni bo'lajak voris tayinlangan. 
 
Buning mazmuni shundan iboratki, agarda birinchi o'rinda tayinlangan 
merosxo'r u yoki bu sababga ko'ra merosdan voz kechsa, uning o'rniga albatta 
qo'shimcha merosxo'r tayinlangan. Qadimgi Rim quldorchilik davlatining 
dastlabki paytlarida vasiyat qoldiruvchi cheklanmagan huquq va erkinliklarga 
ega bo'lib, u o'z mulkini hohlaganicha o'z xohishi bo'yicha tasarruf etgan. Bu 
qoida XII Jadval qonunilarida ham o'z tasdig'ini topgan. Ammo, patriarxal 
tizimning inqirozga uchrashi natijasida birinchi tarafdan odamlarning nihoyatda 
soddaligi va qat'iyligini yo'qotishi, ikkinchi tarafdan vasiyat qoldiruvchining 
meros qoldirishida cheklanmagan erkinliklarga ega bo'lishi natijasida mol-mulk 
mutlaqo begona shaxslar, xolis, tasodifiy shaxslarga o'tib ketishiga yoki yaqin 
qarindoshlariga hech narsa tegmasligiga yo'l qo'yilmasligini ta'minlash lozim 
bo'lgan. Shuning uchun keyinchalik cheklanmagan huquq va erkinliklar asta-
sekin cheklana boshlandi va qonuniy vorislik munosabatlarini vujudga keltirish 
zaruriyati  kelib chiqdi. 
 
XII Jadval qonuniga binoan, marhumning fuqarolik vorislari jumlasi uch 
navbat asosida tashkil topgan. Birinchi navbatdagi vorislarga marhumning 
bolalari, eri yoki xotini, vafot etgan bolalaridan qolgan nevaralari, o'g'il yoki qiz 
farzand qilib olinganlar, otasi yoki onasi tirik bo'lsa, ular kiritilgan. Qoldirilgan 
meros ular o'rtasida bo'lib olingan. 
 
Bu munosabatda «taqdim etilish huquqi» qo'llanilgan. Taqdim etilish 
huquqi deganda meros ochilgan kunga qadar vafot etgan voris huquqlarining 
boshqa shaxslarga o'tishi tushunilgan. 
 
Ikkinchi navbatdagi vorislarga agar o'zining bolalari, ota-onasi yoki 
bolalarining bolalari, ya'ni nevaralari va farzandlikka olingan bolalari bo'lmagan 
taqdirda, agnatlar kiritilgan, ya'ni vafot etgan shaxsning aka-ukalari, opa-
singillari, onasi va yaqinlari, agar ular ham bo'lmasa bunday vaqtda uzoqroq 
bo'lgan agnat qarindoshlari chaqirilgan. 
 
Uchinchi navbatdagi vorislarga to'liq asosda tushuncha berilmagan va tez 
orada bu navbatdagi vorislik munosabatlari qo'llanilmay qolgan. Qonun 
asosidagi vorislik asosan agnatlar oilasiga mo'ljallanilganligi uchun pretorlar o'z 
ediktlari orqali qon-qarindoshlik munosabatlarini yaqinlashtirishni o'z oldiga 
maqsad qilib qo'ydi va unga erishishga muvaffaq bo'lib, tez orada agnatlar 
qavm-qarindoshlari o'rniga qon-qarindoshlik bilan bog'liq bo'lgan kognatlar 
kirib keldilar. 
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin