Eng asosiy elementlaridan biri, bir shaxsning ikkinchi shaxsga
yetkazilgan
zararning ob'yektiv mavjudligi, ikkinchi elementi esa shaxsning
zarar
yetkazishdagi aybining ochiq-oydin va yaqqol ko'rinib turishligi; (qasddan qilingan
aybli yoki ehtiyotsizlik asosida vujudga kelgan aybli), hamda ob'yektiv tomondan
ushbu harakatning huquqni buzuvchi harakat deb tan olinishi kiritilgan.
Xususiy deliktlarning asosiy turlaridan biri Iniuria-(inyuria) deb atalib,
huquqqa, qonunlarga zid, qarama-qarshi harakatlarning sodir etilishi deb
tushunilgan.
XII Jadval qonunlarida
ham shaxsiy kamsitish, xafa qilish yoki insonning
nafsoniyatiga tegish, ayniqsa badanga og'ir shikast yetkazish (oyoqni, qo'lni
sindirish, ko'r qilib qo'yish) kabi xususiy huquqbuzarliklardan kelib chiqadigan
majburiyat huquqiy normalari ko'rsatilgan.
Eng og'ir bo'lgan huquqbuzarlik insonning tanasiga, a'zolariga zarar
yetkazish bo'lib hisoblanib, ko'pincha talio prinsipi «oko za oko, zub za zub»
(jonga jon, qonga qonni qo'llashlikka o'xshab ketadi) qo'llanilgan.
Qullarga yetkazilgan zarar uchun 150 ass (pul birligi), ozod bo'lgan
shaxslarga yetkazilgan zarar uchun esa 300 ass to'lattirilgan.
Pretorlik huquqi jismoniy daxlsizlikni butunlay shaxsning shaxsiy
huquqlariga, oilaviy, or-nomus, sha'n, qadr-qimmatiga qaratilishini hamda
keyinchalik esa uy-joyga zo'rlik asosida kirib olishliklar natijasida kelib chiqadigan
majburiyatlar uchun ham javobgarlikni kuchaytirishga katta e'tibor qaratadi.
Xususiy deliktlarning yana bir turi Furtum (furtum)- o'g'irlik deb atalib,
mulk huquqi sub'yektining erkiga qarama-qarshi harakatni sodir etib, o'zi uchun
mulkiy manfaatni paydo qilishlik e'tiborga olib qilingan harakatga aytilgan.
Rim huquqi hatto qulning o'z xo'jayinidan qochib ketishlikni ham o'zini-o'zi
xo'jayinidan o'g'irladi, deb «o'g'ri» sifatida baholaganlar.
XII Jadval qonunlariga asosan o'g'irlik qilgan shaxs o'g'irlagan mulkining
ikki barobari asosida to'lashi majbur bo'lgan. O'g'ri o'g'irlik qilayotgan paytda
ushlansa unga tan jazosini qo'llaganlar, agar u ekinlarni (bug'doy, arpa
va shunga
o'xshash) poymol qilsa va kechasi qo'lga tushsa uni o'ldirish mumkin bo'lgan.
Bulardan tashqari aldash, qo'rqitish, mulkni o'ziga o'tkazib olish, firibgarlik
kabi harakatlar ham xususiy deliktlarni keltirib chiqargan.
Majburiyatlarni buzishlikka o'xshash asosda majburiyatlarning vujudga
kelish asoslaridan to'rtinchisi bo'lib, majburiyatlarni buzishlikka o'xshab ketadigan
harakatlar hisoblanadi.
Masalan: Sudyaning fuqarolik prosessini o'tkazishlik uchun kelmay
qolishligi natijasida, jabrlanuvchi qancha zararga tushishligi mumkinligini hisobga
olib, to'liq asosda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar bo'yicha sudya javobgar bo'ladi.
Bu huquqlar pretorlar da'volari hamda populyar da'volar asosida himoya
qilingan.
VIII bo'lim yuzasidan nazorat savollari
1.
Rim huquqida shartnomalar va bitimlar tushunchasi hamda
ularning farqi
nimalardan iborat?
2.
Konsensual, verbal, real, litteral shartnomalari bir-biridan qanday huquqiy
belgilari asosida farq qiladi?
3.
Stipulyasiya nima, uning mazmuni va tuzish tartibini aniqlang.
4.
Qarz va ssuda (muttuum va commadatum), saqlash (omonat - depozitum)
shartnomalarining bir-biridan farqlarini aniqlang.
5.
Mulk ijarasi shartnomasi (locatio-conductio) va uning turlari nimalardan
iborat?
6.
Topshiriq shartnomasini (mandatum) tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: