So'z boshi


-§. Kontraktlar (shartnomalar) va kelishuvlar (racta) tushunchasi va



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
rim huquqi (1)

1-§. Kontraktlar (shartnomalar) va kelishuvlar (racta) tushunchasi va 
ularning turlarga bo'linishi
 
Rim huquqida majburiyatlarning vujudga kelishligi uchun eng ko'p 
qo'llaniladigan asos  shartnomalardir.
 
Rim huquqi fuqarolarning qonuniy asosda erki izhor etilgan harakatlarni 
bitimlar deb e'tirof etgan, ammo bitimlarning umumiy tushunchasini ishlab chiqa 
olmagan va kontrakt asosida tuzilgan alohida shartnomalarni bitimlar deb 
tushunilgan. Lekin bu shartnomalar munosabatlarni vujudga keltirish, o'zgartirish 
va bekor qilish bilan bog'liq bo'lgan huquqiy munosabatlardan tashkil topgan 
bo'lsagina tan olingan.
 
Bitimlarda bir shaxsning yoki bir tomonning erki izhor etilsa, bunday 
bitimlar bir tomonlama tuzilgan bitimlar deb atalgan. Chunki bunday bitimlarda 
huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi bo'yichagina vujudga keladi, 


o'zgaradi va bekor bo'ladi. Masalan, vasiyat, merosdan voz kechish va shunga 
o'xshash munosabatlar. Bular uni tuzgan shaxs uchungina majburiyatlar keltirib 
chiqaradi.
 
Agar ikki tomonning erkiga muvofiq asosda tuziladigan bitimlar bo'lsa, bu 
bitimlar ikki tomonlama bitimlar yoki shartnomalar deb ataladi. Bu shartnomalarga 
oldi-sotdi, mulk ijarasi, pudrat va boshqa shartnomalar kiritilgan.
 
Rim huquqida shartnomalar tizimi o'zining murakkabligi va o'ziga xos 
xususiyatlari bilan farq qilib, ular asosan ikki turdagi shartnomalar tizimidan iborat 
bo'lib kontraktlarga va paktlarga bo'lingan.
 
Kontraktlar tizimiga alohida shartnomalar doirasi kiritilgan, lekin istisno 
tariqasida ismsiz shartnomalarning ba'zi birlari  ham kiritilgan.
 
Kontraktlarga qarama-qarshi o'laroq, paktlarga har xil mazmunlarni qamrab 
olgan norasmiy kelishuvlar, ahdnomalar kiritilgan va ular da'vo himoyasi bilan 
ta'minlanilmagan.
 
Shuningdek, Rim huquqi barcha shartnomalarni ham huquqiy 
munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o'zgartiruvchi va bekor qiluvchi, yoki 
majburiyatlarni vujudga keltiruvchi asos deb tan olmagan.
 
Rim huquqida bir-biriga qarama-qarshi  turgan tomonlarning o'zaro 
kelishishi asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish uchun yo'naltirilgan 
harakatlar amalga oshirilgan bo'lib,  ular asosan ikki turga ya'ni contractus 
(kontraktlar) va racta (ahdlashuv, kelishuv)larga bo'lingan.
 
Rim huquqining sinfiy davrida esa sivil huquqlari tomonidan tan olingan 
hamda huquqiy himoya bilan ta'minlangan munosabatgina shartnoma deb e'tirof 
etilgan.
 
Yuqorida qayd etilganidek, majburiyatlarning vujudga kelish asoslaridan 
eng ko'p qo'llaniladigan turi bu shartnomadir.
 
Qadimgi Rim quldorchilik davlatining mashhur yuristi Gayning 
ta'riflashicha, shartnomalar asosida vujudga keladigan majburiyatlar 4 qismga 
bo'linadi:
 
1.
    
Ashyolarni biror shaxsga o'tkazish, berish bilan bog'liq harakatlar natijasida  
(Res)-res ;
 
2. Ilgaridan o'rnatilgan yoki lozim bo'lgan so'zlarni og'zaki aytishlik asosida  
(Verba) -verba;
 
3. Taraflar tomonidan yozma hujjatlarni tuzish, yozish usulida  (Litterae)-litteraye;
 
4. Taraflarning o'zaro kelishuvga va bir bitimga kelgan bo'lishligi asosida  
(Sonsensus)-konsensus;
 


Yuqoridagilarga asoslanib kontraktlarni to'rt turga bo'lganlar:
 
1.
                
Konsensual shartnomalar;
 
2.
                
Verbal shartnomalar;
 
3.
                
Literal shartnomalar;
 
4.
                
Real shartnomalar.
 
Shartnomalarning eng qadimgi turi norasmiy asosda tuzilgan nexium 
(neksium)dir.
 
Lekin o'sha  davrning  nihoyatda mashhur bo'lgan  yuristi  Gay bu 
shartnomaning  dastlabki vaqtda mavjud bo'lganligini e'tirof etsa-da, lekin bu 
shartnoma tezda o'z mohiyatiini  yo'qotib yuborganligi uchun uni o'z 
klassifikasiyasiga (shartnomalarning alohida, mustaqil turi sifatida) kiritmaydi. 
 
Yurist Labeon esa yangi eramizning I asrlarida yangi «ismsiz» bo'lgan 
shartnomalarning mavjudligini isbotlab berdi.
 
Ayniqsa, bu holat Yustinian kodifikasiyasida  yanada qonuniy asosda 
mustahkamlandi. Rim yuristlari shartnomalarning har birini farqlash, o'xshash 
tomonlarini aniqlashlikka katta e'tiborni qaratgan.
 
Rim davlatining boshqa davlatlar bilan olib borgan savdo munosabatlari 
rivojlanishi natijasida, ilgaridan qo'llanib kelingan  majburiyatlarning to'rt asosda 
kelib chiqishi asoslari zamon talabiga javob bera olmay qoldi. Natijada yangi-
yangi shartnomalar kelib chiqdi. Bu shartnomalar ismsiz shartnomalardan iboratdir 
va ularni o'rganishda Yustinian kodifikasiyasiga asosan to'rtta harakatga e'tiborni 
qaratish lozim.
 
1.
                
Men beraman, sen ham berishing kerak (do ut des):
 
2.
                
Men beraman, sen harakat qilishing lozim (do ut fasias);
 
3.
                
Men harakatni amalga oshiraman, sen uni berishing kerak (fasio ut 
des);
 
4.
                
Men harakatni sodir etaman, sen ham harakat qilishing kerak (fasio ut 
fasias). 
 
«Beraman» so'zi mulkni o'tkazaman yoki beraman degan ma'noni, «harakat» 
so'zi esa «xizmat va harakatlarni»  amalga oshirishni ifodalaydi.
 
Ismsiz shartnomalar ham himoya qilingan. Bulardan tashqari «paktlar» ham 
shartnomaviy huquqiy munosabatlarni keltirib chiqargan.
 
Shartnomalarga qarma-qarshi bo'lgan rasmiy ravishda tuzilgan, ammo 
himoya qilish huquqlariga ega bo'lmagan shartnomalarning turlari ham mavjud 
bo'lgan. Ular xuddi konsensual asosda tuziladigan shartnomalarga o'xshab ketgan. 


Konsensual shartnomalarning turlari konkret belgilangan, ya'ni ular quyidagi 
shartnomalardan iborat bo'lgan:
 
1.
                
Oldi-sotdi  emrtio-venditio; (empisio-vendisio).
 
2.
                
Mulk ijarasi Locatio-conductio; (lokasio-kondiksio).
 
3.
                
Hamkorlik (o'rtoqlik) shartnomasi  Societas; (sosiyetas).
 
4.
                
Topshiriq shartnomasi  mandatum; (mandatum).
 
Qadimgi Rim huquqida olish-sotish shartnomasi tovar ayriboshlash asosida, 
pulning yoki biror bir ekvivalentning vujudga kelishi bilan paydo bo'lgan.
 
XII Jadval qonunlarida ko'rsatilishicha, kredit dastlab oldi-sotdi 
shartnomalari bo'lib hisoblangan, lekin u vaqtda bu shartnoma konsensual 
shartnoma deb e'tirof etilmagan va bu shartnoma real shartnomalar tizimiga 
kiritilgan.
 
Rim huquqi olish-sotish shartnomasi deganda, bir tomon -sotuvchi 
(venditor) sotib oluvchiga  - ikkinchi tomonga ma'lum bir ashyoni, mol-mulkni 
topshirishga (yetkazib berishlikkaemrtor), ikkinchi tomon  mol-mulkni, ashyoni, 
tovar (merx)ning bahosini aniqlab, unga ma'lum bahodagi pulni (bahoni)  rretiumni 
to'lashi shart bo'lgan huquqiy asosdagi kelishuvga tushunilgan.
 
O'sha paytda shartnomaning eng asosiy elementlari tovar narxi (bahosini 
aniqlash), tovar sifatida yetkazib berilishi lozim bo'lgan ashyo, mulk, yoki 
shartnoma predmeti bo'lib hisoblangan.
 
Bu shartnoma konsensual shartnoma bo'lib hisoblansa-da sinfiy davrda va 
Yustinian davrida boshqacha ma'noga ega bo'lib bir xil mazmunni anglatmagan.
 
Oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo'lib fuqarolik oborotida 
qatnashadigan barcha tovar, ashyo va mulk bo'lib hisoblangan. Ayniqsa, qullar  
asosiy ob'yekt bo'lib tanilgan. Oldi-sotdi shartnomasida tovar bahosini 
aniqlamasdan shartnomalar tuzilmas edi.
 
Mulk ijarasi shartnomasi, ashyoviy shartnoma deb ham atalib, uch qismga 
bo'lingan.
 
1.
                
Lokasio  konduksio rerum: (ashyoviy shartnoma):
 
2.
                
Xizmat ko'rsatish shartnomasi (lokasiya-operarum);
 
3.
                
Ishlarni bajarishni ijaraga olish (pudrat shartnomasi).
 
Verbal shartnomalari Rim huquqida ko'p qo'llanilgan shartnomalar tizimiga 
kiritilgan. Stipulyasiya verbal shartnomada ko'proq qo'llanilib, og'zaki, oldindan 
belgilangan so'zlarni va formulalarni aniq qilib, buzmasdan, kreditor bilan 
qarzdorlarning so'zlari, gapi, ma'nosi va mazmuni bir-birga mos kelishi lozim 


bo'lgan. Dastlabki paytlarda qasam ichishlik ya'ni sakral huquqlar yoki odat 
normalari asosida  bu shartnoma amalga oshirilgan.
 
Bu shartnomaning zamirida «Men senga 100 qadoq oltin bersam, sen shu 
ishlarni qilasanmi?», degan so'rov va ishni, xizmatni bajaruvchi shaxs «Albatta, 
qasam ichib aytamanki, men siz aytgan ishni amalga oshiraman va shuni 
bajaraman», degan qasamyod yoki chin so'zli va'dalar yotgan.
 
Rim huquqining sinfiy davriga kelib Stirulatio va sronsio nihoyatda 
rivojlandi.
 
Mashhur yurist Ulpiyan fikriga ko'ra, stipulyasiyani amalga oshirishda, 
hatto, kreditor tomonidan berilgan mablag' asosida qarz oluvchiga shu harakatni 
(ya'ni u aytgan talabni) bajarasanmi, deb so'raganda, u rozilik alomati sifatida 
boshini qimirlatishi mumkin edi. Ammo, shartnoma to'liq xaqiqiy bo'lishlik uchun 
albatta tovush chiqarib ilgaridan belgilangan so'zlarni aytishlik bilan amalga 
oshirilsa, bu stipulyasiya bo'lib hisoblangan[1].
 
        Verbal shartnomalar deganda, ilgaridan belgilangan so'zlar va formulalarning 
og'zaki takrorlanishi lozim bo'lgan hamda bu so'zlar va formulalarni takrorlash 
shartnoma tuzish uchun asos bo'lishi oqibatida tuziladigan shartnomalarga 
tushuniladi.
 
        Verbal shartnomalarining asosiy turi  stipulyasiya da'voni ta'minlash uchun 
qilingan harakat bo'lib, hatto prosessni yutqazib qo'ysa ham kelib chiqqan 
harajatlarni qoplash uchun ishlatiladigan moddiy boylik abstrakt asosda tuzilgan 
shartnoma hisoblanib qat'iy formal asosda bir tomonga huquq va ikkinchi tomonga 
majburiyat yuklaydi. Sitipulyasiya asosida tuzilgan shartnomaga asosan sotib 
olingan predmetning bahosini to'lash, qarz shartnomasiga binoan qarzni to'lash, 
undirish kabi harakatlarni amalga oshirish mumkin edi.
 
        Rim fuqarolik huquqiy munosabatlarini yanada rivojlanishi natijasida 
murakkab stipulyasiya formulalari vujudga kelib, kreditor safida mustaqil bo'lgan 
yangi kreditorlar yoki bir necha qarzdorlar kabi majburiyatda qatnashuvchi 
sub'yektlarning vujudga kelishi bilan korreal majburiyatlar hamda topshiriq 
shartnomalari kabi majburiyatlar kelib chiqdi.   
 
Yozma ravishda tuziladigan shartnomalar (Contractus litteralis, litterarum 
obligatio) qadimgi rim huquqida imperatorlik davriga kelib tuziladigan yozma 
shartnomalar bilan bir-biriga yaqin bo'lsa ham, lekin ular o'z mazmun va mohiyati 
bilan bir-biridan to'liq farq qilgan.
 
qadimgi Rim huquqida litteral yozma shartnomalar kirim-chiqim 
daftarlariga yozilgan bo'lib, u daftarlar har bir oilada mavjud bo'lgan. Bu 
daftarlarni yuritish qadimgi Gresiyadan kelib chiqib, Rim davlatini vujudga 
kelishligi bilan yanada kuchaydi (VI asr).
 


Kreditor qarzdorni ma'lum summa, ashyo, tovar yoki urug'liklar bilan 
ta'minlar ekan, uni sarf qilingan yoki qarzga berilgan sahifaga yozib qo'ygan.
 
Litteral shartnomalarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, taraflarni 
o'zaro kelishuvi albatta hujjat asosida rasmiylashtirilishi kerak edi. 
 
Qadimgi Rim huquqining sinfiy rivojlanish davrida kirim va chiqim 
daftarlari o'rniga xirograf (tilxat) va singraflar vujudga keldi, ya'ni ular uchinchi 
shaxs nomidan tuzilardi.
 
Bu yozma shartnomalar guvohlar oldida tuzilgan va shartnomaning 
tuzilganligini guvohlar ham o'z imzolarini qo'yishlik bilan tasdiqlaganlar.
 
Real kontraktlar (shartonomalar).
 
Real shartnomalar deb, taraflarning o'zaro kelishuvi va shartnoma 
predmetining, ko'pincha ashyo(res-res)ning o'zini qo'ldan-qo'lga o'tkazishlikka 
tushuniladi. 
 
Rim quldorchilik davlatida real shartnomalar tizimiga qarz (mutuum), ssuda 
(commadatum) va omonat saqlash (derositum) shartnomalari kiritilgan.
 
Qarz (mutuum) shartnomasi  Rim quldorchilik tizimining asosiy o'rinni 
egallagan shartnomalaridan biridir. 
 
Rimliklar bu shartnomaga quyidagicha ta'rif berganlar:
 
Qarz shartnomasiga asosan bir taraf ya'ni qarz beruvchining ikkinchi taraf 
ya'ni qarz oluvchiga mulk huquqining egaligi asosida ma'lum summalarni (pulni) 
yoki almashtirilishi mumkin bo'lgan ashyolarni shartnomada ko'rsatilgan muddatga 
yoki talab qilib olish muddati asosida berishi, ikkinchi tarafning ushbu summani 
yoki jinsiy alomatlarga ega bo'lgan ashyoni kelishilgan muddatda qaytarib berish 
majburiyatini olishligiga tushunilgan.
 
Qarz shartnomasida aynan berilgan summa hajmida hamda aniq belgilangan 
alomatli ashyoni olgan bo'lsa, aynan shuning o'zini qaytarish lozim bo'lgan.
 
Qarz shartnomasi  tipik asosdagi real ravishda vujudga keladigan shartnoma 
bo'lib xisoblanib, u consensus ya'ni kelishuv hamda ashyoning yoki berilayotgan 
qarz predmetining qo'ldan-qo'lga o'tishligi bilan tuzilgan deb hisoblangan.
 
O'z zamonasining mashhur yuristlaridan Pavel shunday deydi: «agar ashyo 
yoki qarz predmeti o'z egasidan boshqa shaxsga o'tmasa, u qarz shartnomasi bo'lib 
hisoblanmaydi[1]».
 


Qadimgi Rim davlatining huquqshunoslari agar consensus (kelishuv) 
bo'lmasa, shartnoma yo'q deb talqin qilganlar.
 
Real shartnomalarni tuzishlikda eng avvalo, quyidagi munosabatlarga asosiy 
e'tiborni qaratganlar:
 
a) huquq va majburiyatlarning paydo bo'lishi uchun, taraflarning o'zaro 
kelishuvlarining mavjud bo'lishligi;
 
b) shartnomaning rasmiylashtirilishidan qat'iy nazar, shartnoma 
predmetining o'zi ashyo yoki ekvivalent sifatida topshirilishining talab qilinishi 
asos bo'lib hisoblanishi.
 
Ular faqat consensus Q ashyoning topshirilishi Q mulk egasining o'zgarishi 
formulasini ёqlab chiqqanlar.
 
Qarz shartnomasi Rim huquqining yuqori darajada rivojlanishi natijasida 
kelib chiqqan. Uning Rim davlatidagi dastlabki shakllari nexum (neksum) va 
stirulatio (stipulyasio) bo'lib, ular hatto XII Jadval qonunlarining vujudga 
kelishligidan ham oldin qo'llanilgan.
 
Qarz shartnomasining tasodifan nobud bo'lishlik xavf-xatari doimo qarz 
oluvchida bo'lgan. Unga bo'lgan mulkchilik huquqi qarz predmetining boshqa 
shaxsga o'tishidan boshlanib, ashyo, mulk kimga o'tsa, u mulk huquqining 
sub'yekti bo'lib hisoblangan.
 
Bu shartnoma qat'iy bir tomonlama shartnoma bo'lib, qarz bergan shaxs 
faqat o'zi bergan ashyoni, predmetni yoki o'sha sonda, kilogramda, metrda yoki 
og'irlikda talab qilishlikni amalga oshiradi. Qarz olgan shaxsning esa bu talablarni 
bajarishi majburiydir.
 
Rim quldorchilik davlatida qarz shartnomasini tuzishlikda foizlar olishlikka 
ham ruxsat etilgan. Foizlar olish bilan bog'liq shartnomaning eng qadimgisi fenus 
(fenus) deb atalgan.
 
Fenus - sinfiy davrda yoki huquqda 1 oyga 1 foiz, Yustinian 
kodifikasiyasida 1 yilga 6 foiz va savdogarlar uchun 8 foiz o'rnatilgan edi.
 
Greklar huquqining ta'siri ostida Rim huquqiga yuqorida qayd qilinganidek, 
xirograflar (tilxatlar) hujjatini tuzishlik kiritildi. Tilxat  olingan qarz uchun va 
qarzni olgan shaxsdan berilgan summani, ashyoni undirishda asosiy dalil, isbot 
bo'lib hisoblangan. U albatta yozma formada amalga oshirilgan.
 
Greklar huquqining ta'siri ostida «dengiz va kema» deb nomlangan qarz 
shartnomalari ham mavjud bo'lgan. Bu shartnomalar shartli asosda tuzilib, oxirgi 


tayinlangan joyga ya'ni Moskvadan Londongacha dengizlar orqali shartnoma 
tuzilsa, u faqat London portlariga yetgandagina, tuzilgan deb hisoblangan.
 
Yurist Modestinning ta'rificha bu shartnoma tayinlangan joyga yukning, 
ashyoning yetib borishligi bilan bog'liq bo'lib, yukning nobud bo'lish xavf-xatari 
ham qarz beruvchiga yuklatilgan. Bunday vaqtda bir marta borib kelishlik uchun 
12 foizgacha sug'urta olingan.
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin