|
-oq): bezak, taroq, o‘roq, ko‘rik, bezak, yutuq; -indi
|
səhifə | 2/5 | tarix | 04.10.2023 | ölçüsü | 26,75 Kb. | | #152222 |
| Derivatsiya
-oq): bezak, taroq, o‘roq, ko‘rik, bezak, yutuq; -indi: qirindi, chiqindi, oqindi va
shu kabi.
3. O‘rin-joy otini yasovchi qo‘shimchalar: -loq: toshloq, qumloq, toshloq;
-iston: guliston, O‘zbekiston, Turkiston; -goh: sayilgoh, oromgoh, janggoh; -zor:
gulzor, tokzor, anjirzor kabi.
4. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar: -lik: go‘zallik, yaxshilik, yomonlik,
eskilik; -chilik: pishiqchilik, arzonchilik, kamchilik; -garchilik: xafagarchilik,
sharmandagarchilik, serogarchilik; -ch: quvonch, ishonch, ovunch kabi.
II. Sifat yasovchi qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi. -li: aqlli, unumli,
hashamatli; -siz: kuchsiz, bilmisiz, uquvsiz; -gi (-ki, -qi): yozgi, kuzgi, ichki,
tashqi; -gin (-kin, -qin, -g‘in): g‘amgin, keskin, so‘lg‘in, jo‘shqin; -gir (-kir,-qir,-
g‘ir): sezgir, keskir, olg‘ir, chopqir; -q (-oq, -iq, -uk): qoloq, yaltiroq, siniq, yetuk;
-iy, -viy: zamnaviy, mafkuraviy, ilmiy, ommaviy; -chan: harakatchan, ishchan,
uyatchan; -qoq, -g‘oq: urishqoq, yopishqoq, toyg‘oq; -simon: tuxumsimon,
oltinsimon, odamsimon; -aki: qalbaki, yuzaki, zo‘raki: -ag‘on: bilag‘on, opag‘on,
yotag‘on; -kor, -gar: fidokor, isyonkor, javobgar, da’vogar; -cha: o‘zbekcha,
inglizcha, xitoycha; -don: qadrdon, bilimdon, gapdon; -dor: puldor, dimog‘dor,
salmoqdor kabi.
Ta’kidlash kerakki, faqat sifat so‘z turkumida old qo‘shimchalar uchraydi.
Masalan: bo+obro‘, no+mard, be+hayo, ba+savlat kabi.
III. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar quyidagilar: -la: yaxshila, yomonla, ishla,
sekinla; -lan: otlanmoq, ajablanmoq, taajjublanmoq; -lash: birlashmoq,
o‘rtoqlashmoq, salomlashmoq: -(a)r: yasharmoq, oqarmoq, qisqarmoq; -(a)y:
qoraymoq, ozaymoq, ko‘paymoq; -a: sanamoq, yashamoq, qonamoq; -sira:
xavfsiramoq,
gumonsiramoq,
sensiramoq;
Dostları ilə paylaş: |
|
|