So‘z yasalishi (derivatsiya). So‘z yasalishi haqida ma’lumot reja


-ira: yaltiramoq,  yiltiramoq,  qaltiramoq; -i



Yüklə 26,75 Kb.
səhifə3/5
tarix04.10.2023
ölçüsü26,75 Kb.
#152222
1   2   3   4   5
Derivatsiya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • -larcha
-ira:
yaltiramoq, 
yiltiramoq, 
qaltiramoq; -i: boyi, tinchi, changi.
IV. Ravish yasovchi qo‘shimchalar: -cha: yashirincha, o‘zicha, eskicha; -
chasiga: ochiqchasiga, harbiychasiga, chalqanchasiga; -larcha: yigitlarcha, 
qahramonlarcha, polvonlarcha; -lab: oylab, haftalab, yillab; -dek, -day: guldek, 
otdek, lochiday; -ona: do‘stona, mardona, kamtarona; -an: qalban, ruhan, 
qisman; -lay (in): butunlay, tiriklayin, yashirin va hokazo.
So‘z yasalishida so‘zlarni bir-biriga qo‘shib so‘z yasash usuli keng tarqalgan.
Tilimizda ot so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlarning quyidagi qoliplari uchraydi.
1. Ot+ot: qalampirmunchoq, oshpichoq, oshqozon, chumchuqko‘z, g‘ozpanja, 
qo‘ziqorin, oshqovoq, gulsafsar, ko‘zoynak, asalari kabi.
2. Sifat+ot: oqqush, oqsoq, qorayaloq, qizilmiya, olachipor, olako‘z, 
Kattaqo‘rg‘on, Yangiyer va hokazo.
3. Son+ot: sakkizoyoq, uchburchak, to‘rtburchak, qirqbo‘g‘im, mingoyoq, 
Uchko‘prik, o‘nboshi, beshyuzboshi singari.
4. Ot+sifatdosh yoki harakat nomi: o‘rinbosar, dunyoqarash, kungaboqar
otboqar kabi.
5. Fe’l+fe’l: iskabtopar, izlabtopar, olibsotar singari.
6. Son+fe’l shakli: beshotar, o‘zibo‘larchilik, o‘zibarmonlik va hokazo.
Qo‘shma sifatlar quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:
1. Sifat+sifat: olachipor, xomsemiz, qorasovuq.
2. Ot+ot: havo rang, jigar rang, bodomqovoq.
3. Ravish+ot: kamqon, kamchiqim, kamgap, hozirjavob. 
4. Ravish+fe’lning sifatdosh shakli: kechpishar, ertapishar, tezoqar.
5. Ot+aro: xalqaro, guruhlararo, maktablararo.
Qo‘shma fe’llarning ot+fe’l: imzo qo‘ymoq, javob bermoq, sakkiz bo‘lmoq, 
taq etmoq, g‘ayrat qilmoq, fikr qilmoq; fe’l+fe’l: olib bermoq, qaytarib olmoq, 
borib kelmoq ko‘rinishidagi holatlari uchraydi.
Ravishlar har so‘zi bilan o‘rin, payt ma’nosini bildiruvchi so‘zlarning
qo‘shilishi natijasida yasaladi: har lahza, har gal, har zamon. Shuningdek, bir
so‘zi bilan o‘rin, joy, miqdor bidiruvchi so‘zlarning qo‘shilishi natijasida ham hosil
qilinadi: bir mahal, bir zamon, bir yo‘la.
Birma-bir, dam-badam, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yuzma-yuz, qo‘lma-qo‘l, uchma-
uch ko‘rinishidagi ot, son so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘rtasiga -ma, ba-
qo‘shimchlarini qo‘shish orqali ham qo‘shma ravishlar yasaladi.

Bulardan tashqari, so‘z yasashning fonetik usuli ham mavjud. Bu usulda so‘z
tarkibidagi ba’zi tovushlar o‘zgarishi va urg‘uning o‘rni ko‘chishi natijasida
tug‘iladigan yangi ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi: ko‘r – ko‘z, bo‘r – bo‘z, buva – 
buvi, oq – oppoq va hokazo.
Semantik usul bilan so‘z yasashda tilning lug‘at fondida mavjud bo‘lgan so‘z
(so‘z formasi)ning ma’nosi o‘zgarishi natijasida yangi so‘z(ma’no) hosil bo‘ladi.
Bu usul ba’zi adabiyotlarda leksik-semantik usul deb ham yuritiladi. Masalan,
quloq, burun, tish, ko‘z, etak, bel, nur kabi so‘zlarni bunga misol qilib olishimiz
mumkin. Solishtiring: quyosh nuri – ezgulik nuri, beli og‘rimoq – tog‘ning beli
kabi.
Shuningdek, ot so‘z turkumida abbreviatura (so‘zlarni qisqartirib so‘z yasash)
usuli ham uchraydi: O‘zMU – O‘zbekiston milliy universiteti, DAN – Davlat 
avtomobil nazorati, MCHJ – mas’uliyati cheklangan jamiyat va hokazo.


Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin