So‘zning qanday shakli grammatik shakl hisoblanadi?



Yüklə 48,33 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü48,33 Kb.
#36824
test 154 ta kalitsiz


  1. So‘zning qanday shakli grammatik shakl hisoblanadi?

  1. Grammatik ma'no ifodalovchi kategorial va nokategorial affikslar, yordamchi so‘z, ko‘makchi fe'llar, juft va takroriy shakllar

  2. Grammatik ma'no ifodalovchi so‘z shakllari

  3. Ma'lum bir grammatik ma'no ifodalash uchun xizmat qiluvchi so‘z shaklsi

  4. Leksik ma'no ifodalay olmaydigan so‘z shaklsi



  1. Grammatik shaklning tiplari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?

  1. Affikslar bilan hosil bo‘luvchi sintetik shakl

  2. Sintetik, juft va takroriy shakl

  3. Takroriy shakl

  4. Sintetik, analitik, juft va takroriy shakllar



  1. So‘zlarning turkumlarga bo‘linishi qaysi javobda izchil bayon etilgan?

  1. Mustaqil va yordamchi so‘zlar

  2. Ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish kabi mustaqil so‘zlar, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar, shuningdek, modal so‘z, undov va taqlid so‘zlar.

  3. Umumiy kategorial ma'noga ega bo‘lgan so‘zlar, umumiy kategorial ma'noga ega bo‘lmagan so‘zlar.

  4. Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish;



  1. Otga xos muhim belgilar qaysi qatorda batafsi ko‘rsatilgan?

  1. Predmetni ifodalash, son, egalik, kelishik kategoriyalari va funksional shakllarga egalik

  2. Predmetni ifodalash, son, egalik, kelishik qo‘shimchalarini olish

  3. Predmetni ifodalash, son, egalik va kelishik kategoriyalari, barcha gap bo‘lagi vazifasida kela olish.

  4. to‘g‘ri javob yo‘q



  1. Otlar qanday semantik belgilariga ko‘ra turlarga ajratiladi?

  1. Faqat bir turdagi predmetlarning nomini bildirishiga ko‘ra

  2. Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra

  3. Turdosh predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirish, kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lish belgisiga ko‘ra

  4. Yakka va jamlovchi ekaligiga



  1. Otning birlik va ko‘plik shakllari qanday yasaladi?

  1. Birlik va ko‘plik shakl o‘rtasiga aniq chegara qo‘yib bo‘lmaydi.

  2. Ko‘plik shakl –lar affiksi orqali yasaladi, birlik shaklning maxsus affiksi yo‘q

  3. Takroriy shakllar ko‘plik hosil qiladi.

  4. Odatda nol ko‘rsatkichli shakl birlik, -lar affiksli so‘z ko‘plik sanaladi



  1. Egalik affikslarining ma'nosi qaysi javobda izchil yoritilgan?

  1. Qarashlilik, shaxs va son

  2. Shaxs va son

  3. Taalluqlilik

  4. Faqat qarashlilik

  5. Qarashlilik, shaxs va son



  1. Otning sintetik funksional shakllari qaysi javobda to‘liq ifodalangan?

  1. O‘rin belgisi, chegara, o‘xshatish

  2. Kichraytirish, erkalash, hurmat, qarashlilik

  3. Kichraytirish, erkalash, o‘rin belgisi, hurmat, qarashlilik, chegara, o‘xshatish

  4. Javoblar to‘liq emas.



  1. Sifatning orttirma daraja shakli qanday usullar bilan yasalishi qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?

  1. Maxsus kuchaytiruvchi so‘zlar, juft va takroriy so‘zlar, so‘z birikmalari va ideomatik iboralarni predmet bildiruvchi so‘zlar oldidan keltirish orqali

  2. Fonetik, leksik, morfologik, leksik-semantik usul orqali

  3. Asosan fonetik va leksik usul orqali

  4. Fonetik usul orqali



  1. Grammatik ma'no qanday ifodalanadi?

  1. So‘zning muayyan turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi umumiy kategorial va konkret grammatik shakllar orqali

  2. Shakl yasavchi vositalar, yordamchi so‘zlar orqali

  3. So‘zning shakll qismi orqali

  4. Grammatik shakllar orqali



  1. Faqat fe’lning munosabat kategoriyalari:

  1. Nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik

  2. Nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son

  3. Shaxs-son, zamon, mayl

  4. Nisbat, o‘zgalovchi, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, zamon



  1. Kesimlik qaysi turkumga xos?

  1. otga

  2. Songa

  3. Fe’lga

  4. Mustaqil so‘zga



  1. Shaxs-son:

  1. Kesimga xos

  2. Egaga xos

  3. Fe’lga xos

  4. Otga xos



  1. Grammatik kategoriya:

  1. Kamida ikki shakldan iborat bo‘ladi

  2. Kamida bir shakldan iborat bo‘ladi

  3. Kamida uch shakldan iborat bo‘ladi

  4. Kamida to‘rt shakldan iborat bo‘ladi



  1. Kelishik umumiy grammatik ma’nosi:

  1. Ot turkumiga oid so‘zni turlash

  2. Keyingi so‘zni oldingisiga bog‘lash

  3. Oldingi so‘zni keyingisiga tobelash

  4. Gap bo‘laklarini shakllantirish



  1. Kesimlik umumiy grammatik ma’nosi:

  1. Oldingi so‘zni keyingisiga tobelash

  2. Keyingi so‘zni oldingisiga bog‘lash

  3. Fe’l turkumiga oid so‘zni tuslash

  4. Gap markazini shakllantirish



  1. Fe’l nega tuslanadi?

  1. Fe’l bo‘lgani uchun

  2. Harakat bildirgani uchun

  3. Hokim bo‘lak bo‘lgani uchun

  4. Kesim bo‘lgani uchun



  1. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot demakdir?

  1. Morfologiya

  2. Grammatika

  3. Morfemika

  4. So‘z yasalishi



  1. Bilimdonlar so‘zining shakl yasalish asosini ko‘rsating

  1. Bil

  2. Bilim

  3. Bilimdonlar

  4. Bilimdon



  1. Bilimdonlar so‘zining asosini ko‘rsating

  1. Bil

  2. Bilimdon

  3. Bilim

  4. Bilimdonlar



  1. Bolalarni so‘zining yasalish asosini ko‘rsating?

  1. Bol

  2. Bola

  3. Yasalish asosiga ega emas

  4. Bolalar



  1. Egalik qo‘shimchalarining birlik shakli o‘rnida ko‘plik shakli qo‘llansa, ko‘pincha nimani bildiradi?

  1. Hurmat

  2. Ta’kid

  3. Istak

  4. Shaxs va son



  1. Egalik qo‘shimchalari shakllari ravishlar tarkibida yaxlitlanib kelib ko‘pincha nimani bildiradi?

  1. Taxmin va davomiylik

  2. Hurmat va ta’kid

  3. Istak

  4. Shaxs va son



  1. Qaysi javobda fe’lning o‘zgalovchi shakli berilgan?

  1. Mayl

  2. Sifatdosh

  3. Shaxs va son

  4. Nisbat



  1. Qaysi javobda fe’lning munosabat shakli berilgan?

  1. Ravishdosh

  2. Bo‘lishsizlik

  3. Shaxs-son

  4. Nisbat



  1. –in qo‘shimchasi ma’no va vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?

  1. O‘zlik va majhul nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimcha.

  2. Nisbat shaklini hosil qiluvchi va ot yasovchi qo‘shimcha.

  3. O‘zlik nisbatini hosil qiluvchi qo‘shimcha.

  4. Shakl yasovchi, ot, ravish va sifat yasovchi qo‘shimcha.



  1. Juft so‘zlar qatorini toping.

  1. savol/javob, do‘st-u/dushman, keldi/ketdi

  2. maktab/hovlisi, temir/yo‘l, qozon/tovoq

  3. daftar/qalam, sof/dil, aytdi/qo‘ydi

  4. Sap/sariq, oliy/goh, egar/jabduq



  1. Ko‘plik qo‘shimchasi chama, taxminni ifodalagan misolni toping.

  1. Kechqurunlari bo‘sh bo‘laman, keling, suhbatlashamiz.

  2. Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko‘k dengizda sadafdek yaltirardi.

  3. Quvnashdi havasdan dil bilan ko‘ngillar

  4. Vatandoshlarimiz yutuqlari bilan quvonaman



  1. Ko‘plik qo‘shimchasi ta’kidni ifodalangan misolni toping?

  1. Quvnashdi havasdan dil bilan ko‘ngillar

  2. Onda-sonda ochilgan chanoqlar ko‘k dengizda sadafdek yaltirardi.

  3. Kechqurunlari bo‘sh bo‘laman, keling, suhbatlashamiz.

  4. Vatandoshlarimiz yutuqlari bilan quvonaman



  1. Ko‘plik qo‘shimchasini olmaydigan so‘zlar qatorini belgilang?

  1. Siz, kitob, qalam

  2. Safar, oqshom, u, olim

  3. Quvonch, men, sen

  4. Kun, baliq, ishchi, kiyish



  1. Leksemaning nutqiy qo‘llanilishidagi varianti ...

  1. Sema

  2. Semema

  3. So‘z

  4. Nomema



  1. Makon-zamon kelishiklari qaysi javobda berilmagan?

  1. Jo‘nalish

  2. Tushum

  3. O‘rin-payt

  4. Chiqish



  1. Manmanlik qilib netarsan, obro‘yingdan ketarsan. Ushbu maqolda qo‘llangan yasama so‘zlarga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?

  1. Otdan qo‘shimcha orqali ot yasalgan

  2. Olmoshdan ot yasalgan

  3. Sifatdan ot yasagan

  4. Sifat yasovchi qo‘shimcha orqali ot yasagan


  1. O‘zak negizga qo‘shilib, ma’noni bir oz o‘zgartiradigan, qo‘shimcha ma’no orttirib, yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchalarning turi qaysi qatorda berilgan?

  1. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar

  2. Sintaktik shakl yasovchiqo‘shimchalar

  3. Shaxs-son qo‘shimchalar

  4. So‘z yasovchi qo‘shimchalar



  1. Oqarinqamoq, kulimsiramoq fe’llaridagi qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar turiga kiradi?

  1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar

  2. Shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar

  3. So‘z yasovchi va shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar

  4. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar



  1. Qaysi qatorda -lik qo‘shimchasi shakl yasovchi qo‘shimcha vazifasini bajaradi?

  1. Bormoqlik, aytishlik

  2. Tezlik, ko‘plik

  3. Qishlik, shaharlik

  4. Oylik, kattalik



  1. Ravishdosh:

  1. Lug‘aviy-sintaktik shakl

  2. Lug‘aviy shakl

  3. Sintaktik shakl

  4. To‘gri javob berilmagan



  1. Quyidagi gapda qo‘llangan o‘rin-payt kelishigidagi otning ma`nosini aniqlang.Shu-shu Anora har kuni avtobusda ishga qatnaydi.

  1. Payt

  2. O‘rin

  3. Vosita

  4. Atash



  1. Qaysi qatorda oy so‘zi ot turkumiga xos sintaktik vazifani bajargan?

  1. Uydan oy yuzli qiz chiqib keldi

  2. Oy borib, omon kel o‘g‘lim!

  3. Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi.

  4. Oy osmon dengizida suzib bormoqda



  1. Sonning qaysi turi gapda, asosan, hol vazifasida keladi?

  1. -ov, -ovlon qo‘shimchasini olgan jamlovchi sonlar

  2. -ovlab, -ovlashib qo‘shimchasini olgan jamlovchi sonlar

  3. Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi

  4. -lab, -ovlab qo‘shimchalarini olgan sonlar



  1. Bir so‘zi o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda qanday ma`nolarni ifodalaydi?




    1. O‘lchov, miqdor, vosita

    2. O‘xshashlik, hurmat

    3. Orttirma daraja, leksik usul

    4. Noaniqlik, hodisaning ketma-ketligi



  1. Qaysi gapda kasr son mavjud emas?

  1. Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi.

  2. Bu yarim yo‘lda yodiga tushdi.

  3. Hamma gapda kasr son bor.

  4. Anvar Sobirga oltita qo‘ydan bittasini berdi



  1. Predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiluvchi so‘zlar ...

  1. Belgilash olmoshlari deyiladi

  2. So‘roq olmoshlari deyiladi

  3. Ko‘rsatish olmoshlari deyiladi

  4. Gumon olmoshlari deyiladi



  1. Gumon olmoshi hosil qiluvchi – dir qo‘shimchasi qaysi qo‘shimchalardan so‘ng qo‘shilishi to`liq berilgan javob qaysi?

  1. So‘z yasovchi qo‘shimchalardan so‘ng

  2. Kelishik qo‘shimchalaridan so‘ng

  3. Ko‘plik qo‘shimchasidan so‘ng

  4. Kelishik, ko‘plik, egalik qo‘shimchasidan so‘ng



  1. Fe’lga xos grammatik kategoriyalardan qaysi biri sintaktik munosabat ifodalash uchun xizmat qiladi?

  1. Nisbat va mayl qo‘shimchalari

  2. Zamon qo‘shimchalari

  3. Shaxs-son qo‘shimchalari

  4. Fe’lning barcha kategoriyalari sintaktik munosabat uchun xizmat qiladi



  1. Ko‘makchi fe’l ishtirok etmagan qatorni toping.

  1. So‘zlaring yuragimni kemirib tashlayapti.

  2. O‘rnidan ko‘tarilib, tikilib qaradi.

  3. Nazarimda, siz ham qiynalibroq qolibsiz.

  4. Gap bilan uzib-uzib oldi.



  1. Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan?

  1. Bozorda qari cholni o‘g‘ri deya tutdilar, Ura-sura sho‘rlikni podsho sari eltdilar. (H. Olimjon)

  2. Agar Oftobxon kirib qolmasa, onangdan ajrala yozgan ekansan.

  3. Bitta emas qo‘ling, qizim, Ikkita-ku, sanab boq Sanab ko‘rar, yana jim ... (T.To‘la)

  4. Surishtirib qarasa, Jonfig‘on faqat o‘n etti kun ishlabdi, xolos. (A.Qahhor)





  1. Taqlidiy so‘zlardan yasalgan otlar berilgan qatorni toping.

  1. Xurrak, taqa

  2. Yaltiroq, dang‘illama

  3. Dag‘dag‘a, qarsak

  4. Dang‘illama, taqa



  1. Qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turi so‘zga qo‘shilib, uning turkumini o‘zgartira oladi?

  1. Shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar

  2. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar

  3. Dag‘dag‘a, qarsak

  4. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar



  1. Sinonim sifatlar berilgan qatorni aniqlang.

  1. cheksiz, behad, bardoshli, benihoya

  2. chopqir, chopag‘on, metin

  3. Dag‘dag‘a, qarsak

  4. uyat, nomus, g‘urur, hayo



  1. Antonim sifatlar ishtirok etgan qatorni aniqlang.

  1. Adolatli podsho hech vaqt mag‘lub bo‘lmas.

  2. Otabekka O‘zbek oyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi.

  3. Ish sur`ati tobora jadallashmoqda.

  4. Dag‘dag‘a, qarsak



  1. Sifat turkumining o‘ziga xos morfologik xususiyati qaysilar?

  1. Darajalanish xususiyatiga ega, sifatlar sodda va qo‘shma bo‘ladi

  2. Sifat aniqlovchilar o‘zlarining sifatlanmishlari bilan moslashmaydi

  3. Ma’no anglatishi jihatdan bir necha turlarga bo‘linishi

  4. Sifatlanmishlari bilan moslashadi



  1. Kishilik olmoshlari quyidagi qo‘shimchalardan qaysi birini odatda olmaydi?

  1. Egalik qo‘shimchalarini

  2. Kelishik qo‘shimchalarini

  3. So‘z yasovchi qo‘shimchalarini

  4. Ko‘plik qo‘shimchasini



  1. O‘zakning oldidan qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiluvchi qo‘shimchalar asosan qaysi so‘z turkumiga mansub?



  1. Sifat

  2. Ot

  3. Fe’l

  4. Ot va sifatga



  1. Berilgan gapda ajratilgan so‘z vositasida qaysi hodisa yuzaga chiqyapti? Odam olasi ichida.

  1. Otlashish

  2. So‘z tushish

  3. Sifatlashish

  4. Ravishga ko‘chish



  1. Numerativ (hisob) so‘zlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi?

  1. Sifatlar, asosan yasama sifatlar

  2. Gumon olmoshlari bilan

  3. Son

  4. Otlar bilan



  1. Tartib son berilmagan qatorni toping.

  1. Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi.

  2. Yettinchilar shanbalikka chiqdilar.

  3. Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi.

  4. Beshinchi, oldinga o‘t!



  1. Olmoshlarning qaysi turida kelishiklar belgisiz qo‘llanishi mumkin?

  1. O‘zlik va kishilik olmoshlarida

  2. Ko‘rsatish olmoshlarida

  3. Kishilik olmoshlarida

  4. Olmoshlarda kelishiklar belgili qo‘llanadi



  1. Qaysi qatordagi olmosh shaxsning tanholigini ta’kidlaydi?

  1. Hamma, barcha, bari

  2. Bu, shu, o‘sha

  3. Hech kim, hech nima, hech qanday

  4. O‘zim, o‘zing, o‘zi



  1. Fe’llarga qo‘shilib keladigan – qila, -moq, -(i)sh, -(u)v, -gan, -(a)r, -(i)b, -a, -y, -guncha, -gach, -gali kabi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turini aniqlang.

  1. sintaktik shakl shakli yasovchilar

  2. lug‘aviy shakl shakli yasovchilar

  3. So‘z yasovchilar

  4. Unumli qo‘shimchalar



  1. Quyidagi gapda fe’l nisbatini aniqlang.Bola barcha gapga tushundi.

  1. O‘zlik nisbati

  2. Majhul nisbat

  3. Bosh(aniq) nisbat

  4. Orttirma nisbat



  1. Yasama ravish qatnashgan qatorni toping.

  1. To‘rttalab, yuzlab

  2. Bittalab, yaxshilab

  3. Charaqlab, ertalab

  4. Tonnalab, portlab



  1. Payt ravishi qo‘llangan gapni aniqlang

  1. Ikki yil markazda ishladik.

  2. Qishloqdan stansiyaga o‘tayotganimda, yuragimda chiroyli hislar g‘alayon qiladi.

  3. Ertagayoq Abduxalilni Quvasoyga jo‘nataman.

  4. Pastda toshqin Amu pishqirib, shag‘illab, ko‘hna Orol tomon shoshilmoqda.



  1. Ravishning asosiy morfologik belgisi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. Ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda, o‘z shaklini o‘zgartirmaydi, hech qanday so‘z o‘zgartiruvchi affiks olmaydi.

  2. Ravish o‘ziga xos yasovchi affikslarga ega.

  3. Ravish gapda hol vazifasini bajaradi.

  4. Ravish gapda turli sintaktik vazifani bajaradi.



  1. Qo‘shma otlar berilgan qatorni toping.

  1. Temiryo`l, Markaziy Osiyo

  2. Toshyo‘l, tilla bola

  3. Devoriy gazeta, achchiq qalampir

  4. AQSH, MDH



  1. Fe’l asosli otni toping.

  1. Sharshara

  2. Yaxshilik

  3. Paxtazor

  4. Ochqich



  1. Predmetniig xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan?

  1. Kamtar, xushfe’l, sho‘x

  2. Devoriy, tonggi, xushbo‘y

  3. Ko‘k, sariq, yashil

  4. Novcha, og‘ir, katta

  1. O‘zlik olmoshi bog‘lanib kelgan ot tarkibida, asosan, qanday qo‘shimcha bo‘ladi?

  1. Ko‘plik qo‘shimchasi

  2. Kelishik qo‘shimchasi

  3. Egalik va kelishik qo‘shimchalari

  4. Egalik qo‘shimchasi



  1. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?

  1. Otga xos yasovchi qo‘shimchalarni qabul qiladi

  2. Otga xos egalik qo‘shimchasini qabul qiladi

  3. Otga xos ko‘plik qo‘shimchasini qabul qiladi

  4. Gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi



  1. Berilgan gapdagi olmoshning ma’no turini aniqlang. Xalq amaliy san’ati nihoyatda serjilo va sertarmoq ekanligiga shak-shubha yo‘q.

  1. So‘roq

  2. Ko‘rsatish

  3. Olmosh ishtirok etmagan

  4. Belgilash-jamlash


  1. Kishilik olmoshining I-II shaxs ko‘pligi nutqda I-II shaxs birligi o‘rnida qo‘llanganda, qanday ma’no ifodalanadi?

  1. Grammatik ma’no ifodalanadi

  2. Leksik ma’no ifodalanadi

  3. Olmoshlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no ifodalanadi

  4. Uslubiy ma’no ifodalanadi



  1. Qaysi qatordagi juft otlar sinonim so‘zlardan hosil bo‘lmagan?

  1. Kuch-quvvat

  2. Or-nomus

  3. Baxt-saodat

  4. Hovli-joy



  1. Qaysi qatorda sifat o‘rnida qo‘llangan otlar berilgan?

  1. Otning yaxishisi, bolalarning kattasi

  2. Kumush qoshiq, bolalarning kattasi

  3. Oltin uzuk, otning yaxishisi

  4. Asfalt ko‘cha, atlas ko‘ylak



  1. Quyidagi qo‘shimchalarning qaysilari yordamida ravishdan sifat yasash mumkin?

  1. -gi qo‘shimchasi yordamida

  2. be- va no- old qo‘shimchalari yordamida

  3. -lik qo‘shimchasi yordamida

  4. -li qo‘shimchasi yordamida




  1. Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan?

  1. Unga bergan va’damning ustidan chiqdim.

  2. "Mana bunisi Manzuraxonga", - deb uzatdi.

  3. Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman.

  4. Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat.



  1. Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo`llanmagan?

  1. Vaqt allamahal bo`lib qolgan edi.

  2. Ali Qushchi allanimalami o`ylab ketdi.

  3. Ot nimagadir o`rnidan jilmasdi.

  4. Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi.



  1. Qaysi gapdagi birov so`zini allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin?

  1. Uzoqdan birovning qorasi ko`rindi.

  2. Bu gaplarni birov eshitmasin.

  3. Bolalardan birovi ko`zlarini chirt yumdi.

  4. Botirlar birov eshitmasin deb, sekin-sekin qadam bosishdi.



  1. Qaysi qatorda qo‘shma sifat [ravish+ot] qolipidan tashkil topgan?

  1. Mushtumzo‘r

  2. Yolg‘izoyoq

  3. Xomkalla.

  4. Kamquvvat



  1. Ism bilan ismning grammatik aloqasini qaysi kelishik ko‘rsatadi?

  1. Bosh kelishik, tushum kelishigi

  2. Qaratqich va jo‘nalish kelishigi

  3. Bosh kelishik, qaratqich kelishigi

  4. Tushum va qaratqich kelishigi



  1. Grammatik ma’no hosil qiluvchi vositani aniqlang.

  1. Shakl yasovchi qo‘shimcha

  2. Ibora, sinonim

  3. So‘z

  4. Omonim, yordamchi so‘z



  1. Borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni bildirish yoki bildirmasligiga ko‘ra so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?

  1. Atoqli otlar va turdosh otlar mavhum otlar

  2. Narsa bildiruvchi, belgi bildiruvchi va harakat bildiruvchi so‘zlar

  3. Mustaqil so‘zlar va mustaqil bo‘lmagan so‘zlar

  4. Tub so‘zlar va yasama so‘zlar



  1. Qaysi javobda otga xos bo‘lgan sintaktik vazifa noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. Undalma vazifasida kelmaydi

  2. Ega vazifasida keladi

  3. Kesim vazifasida qo‘llanadi

  4. Hol vazifasida qo‘llanadi



  1. Hammasi faqat birlikda qo‘llanadigan otlar qatorini toping.

  1. Baxt, ko‘z, kitob

  2. Asal, daftar, go‘zallik

  3. Quyosh, sut, neft

  4. Ozodlik, bola, ko‘l



  1. Birlik sonda predmetlar to‘dasini anglatadigan otlar qatorini toping.

  1. Xalq, armiya, poda

  2. Qush, olma, shaxar

  3. Chet, ishchi, universitet

  4. Terak, yaproq, avtobus



  1. Turlanish hodisasi qaysi so‘z turkumiga xos?

  1. Sifat

  2. Son

  3. Ravish

  4. Ot



  1. Ot bilan ot, odatda, qaysi kelishik qo‘shimchasi bilan birikadi?

  1. Tushum kelishigi

  2. Qaratqich kelishigi

  3. Jo‘nalish kelishigi

  4. O‘rin-payt kelishigi



  1. Harakat-holat otini yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.

  1. -gir, -dor, -in

  2. -lok, -xona, -zor

  3. –k, -in, -k

  4. -gach dosh, -paz



  1. Quyidagi -cha qo‘shimchasi bilan shakllangan so‘zlarning qaysi qatorida kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan?

  1. Novcha, yangicha, o‘zgacha

  2. Qizcha, ko‘zacha, daftarcha

  3. Qushcha, bolgacha, zarracha

  4. Yulduzcha, bog‘cha, kitobcha





  1. Qaysi so‘z turkumlari turlanadi?

  1. Olmosh, ot, otlashgan so‘zlar

  2. Sifat, son, ko‘makchi

  3. Ravish, fe’l, boglovchi

  4. Mustaqil so‘z turkumlarining barchasi



  1. Fe’ldan yasalgan otlar berilgan qatorni ko‘rsating.

  1. Qisqich, kiyim, tepki, bezak

  2. Uloq, yo‘ldosh, pishiqchilik, qarsak

  3. Dardarak, qiziqchi, suyanchiq, qurilish

  4. Asrdosh, ginachi, oromgoh, misgar



  1. Faqat mavhum otlar berilgan qatorni aniqlang.

  1. Bola, daftar, qishloq

  2. Gul, zafar, qishloq

  3. Shodlik, sevgi, kulfat

  4. Yurak, ovul, bahor



  1. O‘rin-joy otlari berilgan qatorni aniqlang.

  1. Qo‘lyozma, otishma, qurilma

  2. Yozishma, eslatma, birikma

  3. Bostirma, pistirma, tortma

  4. Qovurma, cho‘zma, suzma



  1. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ot turkumiga mansub?

  1. Kelma, o‘kinma, tugma

  2. O‘chirma, kulma, bog`lama

  3. Yigirma, sekinlama, surma

  4. Gazlama, childirma, ko‘rsatma



  1. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat otlardan iborat?

  1. Tuyg`un, keskin, qumdon, xumdon

  2. So‘lg`in, turg`un, suvdon

  3. Yorqin, ozg`in, gapdon, qadrdon

  4. Yong`in , toshqin , tuzdon, kuldon



  1. Faqat birlikda qo‘llaniladigan otlar qatorini toping.

  1. Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi

  2. Bo‘ron, qo‘zg‘olon, kul, muallim

  3. Ko‘z, quloq, burun, g‘ildirak

  4. Ko‘mir, kerosin, benzin, sovg‘a



  1. O‘zbek tilida otning qaysi shakli sintaktik munosabatni ko‘rsatmaydi?

  1. Kelishik shakli

  2. Egalik shakli

  3. Egalik, birlik va ko‘plik shakllari

  4. Birlik va ko‘plik shakli



  1. Qaysi qatordagi gapda ko‘plik qo‘shimcha ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan?

  1. Tumanli kunlarda muzlar erib, suvlar oqa boshladi.

  2. Saodatning qo‘llari chaqqon harakat qilar edi.

  3. Ot turkumidagi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi.

  4. Yo‘q, akamdan naq balolarga qolaman.


  1. Ushbu gapda qo‘llangan jo‘nalish kelishigidagi otning sintaktik vazifasini aniqlang. Mungli ko‘zlari mehrga to‘la edi.

  1. Ega

  2. Kesim

  3. Aniqlovchi

  4. To‘ldiruvchi



  1. Quyidagi gapda qo‘llangan o‘rin-payt kelishigidagi otning ma’nosini aniqlang. Shu-shu Anora xar kuni avtobusda ishga qatnaydi.

  1. Vosita

  2. Payt

  3. O‘rin

  4. Atash



  1. Otlashuv qaysi so‘z turkumlariga xos?

  1. Berilganlarning barchasi to`g`ri

  2. Sifat otlashishi mumkin

  3. Son otlashishi mumkin

  4. Undovlar otlashishi mumkin



  1. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?

  1. Otga xos yasovchi qo‘shimchalarni qabul qiladi

  2. Otga xos ko‘plik qo‘shimchasnni qabul qiladi

  3. Otga xos egalik qo‘shimchasini qabul qiladi

  4. Gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi



  1. Kumush uyalgannamo yuzini chetga burdi. Ushbu gapda uyalgannamo so‘zn qaysi so‘z turkumiga mansub?

  1. Tub sifat

  2. Yasama sifat

  3. Ravish

  4. Fe’l



  1. Sifat turkumiga oid so‘zlar qaysi javobda berilgan?

  1. Chiniqqan, o‘qigan, esayotgan

  2. So‘nmas, oqar, sehrlovchi

  3. Tushunadigan, ishlaydigan, o‘lmas

  4. Mayin, yoqimli, quvnoq



  1. Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan?

  1. Shirin, achchiq, nordon

  2. Novcha, og‘ir, katta

  3. Kamtar, xushfe’l, sho‘x

  4. Ko‘k, sariq, yashil



  1. Oddiy darajadagi sifatlar qaysi qatorda berilgan?

  1. Silliqroq, novcharoq, baxtliroq

  2. Go‘zal, hushyor, odobli

  3. Yam-yashil, oppoq, ko‘m-ko‘k

  4. Juda yaxshi, nihoyatda baland, g‘oyatda qo‘rqinchli



  1. Otlashgan sifat qaysi gapda qo‘llangan?

  1. Ichki go‘zallik bilan yo‘g‘rilmagan har qanday tashqi husn mukammal bo‘la olmaydi.

  2. Otning yaxshisi uloqda bilinadi.

  3. Izchil mehnat hamma to‘siqlarni yengadi.

  4. Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir.



  1. Gapda kesim bo‘lib kelgan sifat qaysi qatorda berilgan?

  1. Buyuk ishlar birdan qilinmaydi.

  2. Go‘zallikdan ezgulik yaxshiroqdir.

  3. Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

  4. Topshiriq yaxshi bajirildi.



  1. O‘zakning oldidan qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiluvchi qo‘shimchalar asosan qaysi so‘z turkumiga mansub?

  1. Ot

  2. Fe’l

  3. Sifat

  4. Barcha mustaqil so‘z turkumlariga



  1. O‘zbek tiliga fors-tojik tilidan o‘zlashgan old qo‘shimchalar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarni hosil qilishda ishtirok etadi?

  1. Ot

  2. Fe’l

  3. Sifat

  4. Ravish



  1. Fe’ldan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.

  1. Harakatchan, ishchan

  2. Tinchliksevar, savlatli

  3. Sezgir, uchqur

  4. Bexabar, sabrsiz



  1. Narsa-buyumlardagi belgining ortiq-kamlik jihatidan farqlanishi…

  1. Nisbiy sifat deyiladi

  2. Tub sifat deyiladi

  3. Sifat darajasi deyiladi

  4. Qo‘shma sifat deyiladi



  1. Ki hisob ichra bor edi o‘n lak, Har laki o‘n tuman kelib beshak.(Navoiy) Navoiy misralarida qo‘llangan o‘n lak nechaga teng?

  1. Yuz

  2. Ming

  3. Bir million

  4. O‘n ming



  1. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. Ushbu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini belgilang.

  1. Aniqlovchi

  2. Kesim

  3. Hol

  4. To‘ldiruvchi



  1. Jamlovchi son qaysi qatorda qo`llangan?

    1. Shunday qilib, to‘rtala nomzod ham ro‘yxatda qoldi.

    2. So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi.

    3. Saida uyiga kech soat o‘n birda qaytdi.

    4. Patnisda to‘rtta kulcha, ikki sof qizil chillaki va bir bosh oq uzum bor edi.



  1. Sonlarning ma’no va grammatnk jihatdan qaysi turi kirish so‘z vazifasida ham qo‘llanishi mumkin?

  1. Miqdor sonlar

  2. Chama sonlar

  3. Jamlovchi sonlar

  4. Tartib sonlar



  1. -lar qo‘shimchasi sonlarga qo‘shilganda sonlarning qaysi turi hosil bo‘ladi?

  1. Kasr son

  2. Tartib son

  3. Jamlovchi son

  4. Chama son



  1. Sonlarning ma’lum turlarini hosil qiluvchi –ta, -tacha, -ov kabi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar hisoblanadi?

  1. Shakl yasovchi

  2. Son turkumidagi so‘zlardan son yasovchi

  3. So‘z yasovchi

  4. So‘z o‘zgartiruvchi



  1. Sonning qaysi turi gapda, asosan, hol vazifasida keladi?

  1. -ov, -ovlon qo‘shimchasini olgan jamlovchi sonlar

  2. -ovlab, -ovlashib qo‘shimchasini olgan jamlovchi sonlar

  3. Barcha son turlari

  4. Barcha son turlari asosan sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi.



  1. Numerativ (hisob) so‘zlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi?

  1. Son, sanoq sonlar

  2. Sifatlar, asosan yasama sifatlar

  3. Gumon olmoshlari bilan

  4. Otlar bilan



  1. Son otlashganda, qanday sintaktik vazifada kela oladi?

  1. Kirish so‘z

  2. Kirish so‘z, ikkinchi darajali bo‘lak

  3. Kirish gap

  4. Undalma, ikkinchi darajali bo‘lak, bosh bo‘lak



  1. Numerativ (hisob) so‘zlar sonlar bilan qo‘llanganda, qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

  1. Tire, vergul

  2. Ikki nuqta

  3. Tinish belgisi qo‘yilmaydi

  4. Nuqtali vergul



  1. Tartib son berilgan qatorni toping.

  1. Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi

  2. Onasi tokchadagi yettinchi lampani yokdi.

  3. Yettinchilar shanbalikka chiqdilar.

  4. Beshinchi, oldinga o‘t!



  1. Qaysi gapda kasr soni mavjud emas?

  1. Anvar Sobirga oltita qo‘ydan bittasini berdi.

  2. Ikki yorti – bir butun.

  3. Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi.

  4. Hamma gapda kasr sonlar bor.



  1. Sonning morfologik xususiyatlari berilgan javobni toping.

  1. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar sonning hamma turlariga ham qo‘shila bermaydi.

  2. Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi.

  3. Sondan turli so‘z turkumlari yasalishi mumkin.

  4. Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi.



  1. Sonning sintaktik xususiyatlarini aniqlang.

  1. Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi.

  2. Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobe qilib kelmaydi

  3. Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi

  4. Sonlarning ma’no jihatdan turlari shakl yasovchi qo‘shimchalarni oladi



  1. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni aniqlang.

  1. Majlisga besh-olti ota -ona keldi.

  2. Karima to‘rt -besh yil sabr qildi.

  3. O‘n beshinchi kuni hovlimizga ko‘chgan edik.

  4. Yigirmanchida oxirgi imtihon bo‘ladi.



  1. Jamlash, umumlashtirish ma’nolarni ifodalovchi olmoshlar berilgan qatorni aniqlang.

  1. Barcha, hamma, bari

  2. Har kim, har qaysi, har qanday

  3. Qay bir, hech nima, allakim

  4. Har doim, ba’zi, butun



  1. Ko‘makchi fe’lli so‘z berilgan qatorni toping.

  1. Harakat qilmoq

  2. Yozib ko‘rmoq

  3. Sotib olmoq

  4. Kasal bo‘lmoq


  1. Shart maylidagi fe’llar kerak so‘zi bilan birga qo‘llanganda qanday ma’noni anglatadi?

  1. Istak ma’nosini

  2. Maslahat ma’nosini

  3. Faraz ma’nosini

  4. Bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni



  1. Fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib, turli ma’nolar ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo‘llanuvchi fe’llar qanday nomlanadi?

  1. Mustaqil fe’llar

  2. To‘liqsiz fe’llar

  3. Ko‘makchi fe’llar

  4. Harakat nomi



  1. Qaysi qatorda qo‘shma fe’llar berilgan?

  1. Taklif qildi, olib keldi

  2. O‘qib chiqdi, so‘ray boshladi

  3. Yozib turdi, kuray boshladi

  4. Yiqila yozdi, ko‘rinib turibdi



  1. Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan?

  1. Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi.

  2. Erkin yosh havaskorlar to‘garagiga yozildi.

  3. O‘qituvchimiz ko‘rsatmasi bilan safga tizildik.

  4. Uylar, klublar, kutubxonalar qurildi.



  1. O‘tgan zamon sifatdoshi berilgan so‘zlar qatorini aniqlang.

  1. Qizil, pushgi, oq

  2. Bilimli, siniq, torgina

  3. Gapirmoq, bormoq, aytmoq

  4. Kechikkan, qo‘rqqan



  1. Yasama fe’llar berilgan qatorini aniqlang.

  1. Tinchi, guldura, qisqardi

  2. O‘qigan, yozilgan,

  3. Yuborilgan olgan, qoramtir, to‘kilgan

  4. Guvillab, borgan, yodlaguncha



  1. Harakat nomi berilgan qatorini aniqlang.

  1. Boshqaruv, o‘lchash, tinglash

  2. Yaylov, bormoq, hikoya qilmoq

  3. Ko‘chish, o‘qish, turmush

  4. O‘tov, yaylov, qatnov



  1. Otlashgan sifatdosh qatnashgan gapni aniqlang.

  1. Kerilganning to‘yiga bor, maqtanganning uyiga.

  2. Qochoqqa shafqat yo‘q, qo‘rqoqqa hurmat.

  3. To‘g‘riga zavol yo‘q.

  4. Egilgan boshni qilich kesmas.



  1. Uchinchi shaxsni qaysi vositalar ifodalay olmaydi?

  1. Kishilik olmoshlarining ba’zilari

  2. Egalik qo‘shimchalarining ba’zilari

  3. Shaxs-son qo‘shimchalarining ba’zilari

  4. Kelishik qo‘shimchalarining ba’zilari



  1. Qaysi so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar doim ajratilib yoziladi?

  1. Qo‘shma otlar

  2. Qo‘shma sifatlar

  3. Qo‘shma ravishlar

  4. Qo‘shma fe’llar



  1. Ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga asosan qanday shakl yordamida birikadi?

  1. Ohang yordamida

  2. Tuslovchi qo‘shimchalar yordamida

  3. Turlovchi qo‘shimchalar yordamida

  4. Ravishdosh qo‘shimchasi yordamida



  1. Harakatning kuchsiz darajasi ma’nosini ifodalovchi -(i)sh qo‘shimchali so‘z berilgan qatorni aniqlang.

  1. To‘lishdi

  2. Boshqarishni

  3. Sevishganlar

  4. Uchrashdi



  1. Qaysi qatorda (oy) so‘zi ot turkumiga xos sintaktik vazifani bajargan?

  1. Uydan oy yuzli qiz chiqib keldi.

  2. Oy borib, omon kel, o‘glim!

  3. Oy osmon dengizida suzib bormoqda.

  4. To‘g‘ri javob yo‘q.



  1. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi (k) yoki (g) tovushi bilan tugagan otlarga qo‘shilgan qatorni aniqlang.

  1. Chelakda, o‘rdakda, terakda

  2. Elakka, idrokka, bargga

  3. Qarsakdan, balandlikdan, darslikdan

  4. Jimlikni, xashakni, o‘zlikni



  1. Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda ishlatilgan?

  1. O‘rdakcha, baliqcha, qizaloq

  2. Ko‘chagacha, yoshgacha, markazgacha

  3. Dadamlar, tog‘amlar, ammamlar

  4. Osmondagi, qirdagi, qishloqdagi



  1. Qismlari turdosh otlardan bo‘lgan qo‘shma otlar qatorini aniqlang.

  1. Tovoq-qoshiq, ko‘rpa-yostiq, o‘g‘il-qiz

  2. Kungaboqar, beshiktervatar, molboqar

  3. Laylakqor, oybolta, o‘qilon

  4. Achchiqtosh, sassiqpopishak, qoraqurt



  1. Otning undalma vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?

  1. Shunday payt ham o‘zing aylagin shafqat, Ona bo‘la qolgin menga, tabiat.

  2. Unutma faqat, azizim, yolgizim...

  3. Ezgulikni qadrlang, odamlar.

  4. Inson yuz yil yashashi mumkin.



  1. Otga xos to‘g‘ri hukm qaysi qatorda berilgan?

  1. Hamma gap bo‘lagi vazifasida kela oladi.

  2. Ega vazifasida keladi.

  3. Kesim vazifasida kela oladi.

  4. To‘ldiruvchi vazifasida keladi.




  1. Otlardagi egalik kategoriyasi bilan qarashlilik shaklining farqi…

  1. Ikkalasi xam qarashlnlikni bildiradi.

  2. Qarashlilik shaxs-son qo‘shimchalarini oladi.

  3. Ular umuman farqlanmaydi.

  4. Egalik shaxs va sonni ko‘rsatadi, qarashlilik esa ko‘rsatmaydi.



  1. Ikkinchi shaxsning birlik va ko‘pligi jonlantirish yo‘li bilan predmetlarga nisbatan ishlatilgan gapni toping.

  1. Qizim bir kun maktabdan juda quvonch bilan keldi.

  2. Daryolardan kuylab o‘tardim.

  3. Quyosh chiqdi, daraxtlar gulladi.

  4. Ukraina yellari, yuragimga olam-olam ilhom soldingiz.



  1. O‘rin-joy otlari berilgan qatorni toping.

  1. O‘tloq, gulzor, sahro

  2. Maysa, tog‘, ko‘l

  3. Daryo, adir, tohloq

  4. Andijon, Farg‘ona, dengiz



  1. Aqliy faoliyat fe’li berilgan qatorni toping.

  1. Xayol surdi

  2. So`radi

  3. Sog‘indi

  4. Yig‘ladi



  1. Harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradigan so‘z turkumini ayting.

  1. Ot

  2. Sifat

  3. Son

  4. Ravish



  1. Gapda ifodalangan fikr taxminiy, gumon, noaniq ekanini ifodalovchi modal so‘zlarni toping.

  1. Albatta, xullas, demak

  2. Aftidan, avvalo, chunonchi

  3. Ehtimol, chamasi, shekilli

  4. Masalan, umuman, xususan



  1. Sifat so‘z turkumining o‘ziga hos muhim jihatini ayting.

  1. Turlanishi

  2. daraja kategoriyasiga ega ekanligi

  3. Tuslanishi

  4. Unday xususiatga ega emas



  1. Sonlar qachon gapda ega, to‘ldiruvchi, kesim va qaratuvchi vazifalarini bajaradi?

  1. Gap boshida kelganda

  2. otlashganda va abstract son tushunchasini ifodalaganda

  3. Gap oxirida kelsa

  4. Otlashganda

Yüklə 48,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin