Sport pedagogikasi fanining tarmoqlari.
Tarixiylik tamoyili har qanday fan rivojlanishining zarur tamoyili hisoblanadi. Zero o‘tmishni hozirgi davr bilan qiyoslash faqat hozirgi hodisalarning asosiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi kuzatib borishga yoki o‘tmishning bebaho tajribasi hamda erishilgan yutuqlardan foydalanishga yordam berib qolmay, shu bilan birga, bu sohada xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaydi va kelajakka yo‘naltirilgan amaliy takliflar, maqsadli izlanishlarni amalga oshirishga ko‘p darajada asos bo‘ladi. Jamiyat hayotini qayta qurish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shuningdek, hamma mehnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda pedagogikaning tadqiqot sohalari doirasi kengayadi. Hozirgi kunda pedagogikani asosiy tarmoqlari sifatida kuyidagilarni keltirib o‘tamiz.
Sport pedagogikasi - jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish va shu jarayonlarni boshqarishda ta’lim va tarbiyaning maqsadi, mazmuni va qonuniyatlarini o‘rganadi.
Yosh davrlari pedagogikasi - mazkur guruhlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy-tashkiliy ishlarning qonuniyligini tadqiq etadi hamda eng avvalo ularni tarbiyalanuvchilarning o‘quv muassasalari shart-sharoitlarida amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi.
Katta yoshdagilar pedagogikasida - oliy o‘quv yurti shart-sharoitlarida yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari va metodikasini ishlab chiqadigan pedagogika tarmog‘i sifatida oliy o‘quv yurti pedagogikasining shakllanayotganligi, uning aniqlashib borayotganligi ko‘zga tashlanadi.
Milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy o‘quv yurtlarida yoshlarga ta’lim berish hamda tarbiyalash muammolari bilan harbiy pedagogika sohasi shug‘ullanadi.
Bulardan tashqari oila pedagogikasi bugungi kundagi dolzarb vazifalardan birini tashkil etib, oilalarda, oila markazlarida, mahallalarda, jamoat tashkilotlarida, oila - nikoh muassasalarida amalga oshirilayotgan tadbirlarda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |