Ma’ruza 18. Sport o‘yinlarining fiziologik tasnifi.
Reja:
1.Sport uyinlarining fiziologik tasnifi
2.Basketbolning fiziologik tasnifi.
3.Basketbolchilarning somatik va vegetativ o‘zgarishlari.
V.S.Farfelning (1969) jismoniy mashklarning fiziologik tasnifiga kura sport uyinlari vaziyatga boglik, nostandart xarakatlarga yoki sport turiga kiritiladi. Sport faoliyatining bu turlari bajarilish sharoitining turgun emasligi bilan farklanadi, unda bajariladigan steriotipli bulmasligi, bir xilda takrorlanmasligi, vaziyatning tinimsiz uzgarishi ularga xos buladi.
Sportchining xarakatlari eng avvalo rakib bilan yoki uzining jamosi bilan uzaro munosabat orkali belgilanadi., oldindan aytilmaydi va sportchining sheriklari va rakibining xarakatlariga xos xolda uzgartiriladi. SHu bilan birga sport uyinlari davomida sportchining xarakatlari ma’lum darajada steriotipli, siklik (yurish, yugurish va xakoza) xususiyatga ega buladi. Lekin xarakatning kupchilik kismi akiklik xarakterli va tezlik-kuch bilan bajariladigan (kaptokni tashlashlar, sakrash, zarba erish) xarakatdan iborat. Bu ma’lum vaziyatlarni uyin paytlari va usullarni takrorlanish extimolini kursatadi. Birok sportning bu turlarida katnashadigan sportchilar xarakatining asosida vaziyatni, sport kurashining uzgarishiga karab javob berishi yotadi. Sportchining xamma shakldagi xarakatlari doimo ekspropolyasiyadan foydalanishni talab etadigan vaziyatga boglik xarakatlar vazifasini xal etish bilan boglik buladi.
Ekstropolyasiya, sportchining xotirasida bulgan turmush yoki maxsus axborati asosida buladigan xodisani oldindan kurish uyinchining nerv sistemasi ishining muxim mexanizmidir.
Ekstropolyasiya sportkurashi sharoyitida tez yuzaga keogan murakkab vaziyatlarni samarali xal etish imkonini beradi. Uyinchining ekstttropolyasiya kobiliyati kup darajada uning sport tajribasiga boglik. Odatda yukori malakali sportchilar rakibning xarakatlarini oldindan biladi va ularga karshi taktik va texnik usullarni uylab topadi.
Turli kishilarda ekstropolyasiya kobiliyati xar xil bulib u kup jixatdan irsiyat omillari bilan belgilanadi (bu tugrida mutaxasislarning mikdor baxolari turli - tuman). SHu bilan bir vaktda ekstropolyasiya mashk kilinadi.
Sport uyinlarining ikkinchi xususiyati ularning yukori darajada xayojon bilan kuzatilishidir. Xatto odatdagi, yuzlab takrorlangan mashklarda xam, ertam-kechmi sportchi xayajonlanishini faollashtiradi.
Mashk kilish sharoitlarida, aynksa musobakalar utkazilishida sportchidagi xayajonlanish aynan stress reaksiyaga yakin boradi.
Xayajonlanish xolati organizmning moslashish reaksiyalarining muxim shakli bulib, kishining urab turgan muxitga samarali moslashishida juda katta axamiyatga ega. Xayajonlanish xolatining muxim xususiyati uning umumiyligidir. (P.K.Anoxin, 1970; K.V.Sudakov,19760. Mashk ilishda umumiy adaptatsiya mexanizmlarning farklanishi, fakat energiyani emas, balki organizmning plastik zaxiralarini safarbar etilishini ta’minlaydilar, gormonal faolligining uzgarishiga olib keladi.sport uyini bilan shugillanuvchi sportchi organizmdagi vegatativ uzgarishlar sportchining fakat xarakatlari uchun sarflanadigan energiyaga nisbatan olganda ancha ortik buladi. Masalan,A.b.gandelsman, R.R.Kim 91985) larning dalillari buyicha bokschilarning olishuv paytida yurak urish soni dakikasiga 200 ga etadi. Bunday kislorod uzlashtirish 3 l/dak.ni tashkil etadi, kachonki bunday kislorod uzlashtirish yurakning bir dakikada 160 marta kiskarishiga tugri keladi. Bunday ishda yurak-tomir ishining kayd etilgan tafavuti (yurak urishining 50 taga ortikligi) sportchining gormonal mexanizmi faollashishi bilan xayajonlanish reaksiyasi ta’siri deb karalishi mumkin. SHunday kilib sport uyinlaridagi xayajonlanish sportchining uyinda vegatativ reaksiyalarning ifodalanishini kuchaytiradi.
Sport uyinlarini boshka sport turlaridan uchunchi tafovuti malaka ortgan sayin sensor sistemalar funksiyasining ancha ortishidir. Bu sport kurashi borishida kup sonda axboratni, shuningdek uyin maydonidagi va sportchi uzining xolatidagi uzgarishlarni kabul kilishi va ularni samarali kayta ishlashlash zaruratidir.
Sport uyinchilarida kurish sensor sistemasi birinchi navbatda takomillashadi, bu sistema orkali axboratning 80% ni kabul kilinadi. Sportchilarda oddiy va murakkab reaksiyalar kechishida axboratlarni kayta ishlash tezligi ortadi, bulayotgan xodisani kurish va baxolash kobiliyati yaxshilanadi, shuningdek sportchining kurish maydoni kengayadi. Boshka analizatorlarning ishlashida xam ijobiy uzgarishlar buladi. Ayniksa vestibulyar analizator faoliyatida sezilarli uzgarish yuzaga keladi. Sportchining uyin maydonida tez surilishlari keskin burilishlar, yikilish va zarba berishlar bu sensor sistemani tinimsiz ta’sirlaydi. Bu analizatorning etarli turgunlikka ega bulmasligida sportchi xarakatlarining (kaptokni tashlashlar, uzatish unga zarba berishlar) anikligi yomonlashadi, vegatativ reaksiyalar buziladi.
Sport uyinlari bilan muntazam shugillanishda uyinchilarda sensor axboratlar asosida uziga xos sintetik sezgi, «koptokni sezish», «boshni sezish» va xakozalar shakllanadi. Kursatilgan «sezgilar» ayniksa yaxshi sport formasiga ega sportchilarda kuchaygan bulib, etarli jismoniy chinikmagan yoki zurikishlarda sunadi.
Sport uyinlaridagi funksiyalarning boshka xususiyatlari sport yuinlarining xar bir turida ancha batafsil va anik karab chikilishi maksadga muofik buladi.
B A S K E T B O L
Boshka sport turlarining vakillariga nisbatan yukori klassli basketbolchilar buyining 180-190 sm va undan ortik, kukrak kafasining nisbatan tor, shuning uchun ogir vaznli bulishi bilan farklanadi. Bu sport faoliyatida ma’lum darajada ta’sir kursatadi.
Basketbol sporti uyinlarning aerob imkoniyatlariga yukori talab kuyadi. SHu bilan birga basketbol uyinida 4-8 litrgacha ximoya kislorod karzi yuzaga keladi. Bu ancha darajada anaerob jarayonlarga talabni tasdiklaydi. Basketbolchilarda uyin vaktida 900-1200 kkal energiya sarflanadi.
MNS. Basketbolda xarakatlarni katta tezlikda bajarilishi ularning shakli va yunalishining tez-tez almashinishi, shuningdek muskul faoliyati shiddatining tez-tez uzgarishlari MNSiga katta talablar kuyadi. Mashk kilish jarayonida uyinchilarda nerv jarayonlarining kuchi va xarakatchanligi ortadi. 1-razryadlibasketbolchilarda xarakat reaksiyasining vakti 0.140-0.160 soniyani tashkil etadi.
Analizatorlar.basketbol kupchilik analizatorlarga yukori talab kuyadi. Sport maydonchasini kurish, kalla suyagining yuz kismi, kuz olmasi tur kavatining tuzilishi va uning kuzgaluvchangligi, shuningdek kuz muskullarining rivojlanishi darajasiga boglik buladi.
Basketbolchilarning uyin vaktida fazoni kurishi katta axamiyatga ega bulib, boshka sport turi vakillariga nisbatan ularda kuzning kurish maydoni ok rangga urtacha xisobda 9% ga, yashil rangga urtacha 32% ga kattalashgan buladi.(12-rasm).
YUkori malakali basketbolchilarda xarakat analizatori yaxshi rivojlangan.U bajaradigan xarakatlarning kuchi, ampilitudasi, yunalishi xakida axborat beradi.
Xarakat analizatorining funksional xolati berilgan xarakatlarning kanday aniklikda bajarilishi, kaptokni uzatish, tashlash anikligi bilan baxolanadi. Kaptokni xalkaga anik tashlash va uzatish uchunayniksa bilak kaft bugimlaridagi propioretseptiv sezuvchanglik aloxida axamiyatga ega. Sportchining muffakiyatli faoliyati uchun vestibulyar apparat turgunligi muxim axamiyatga ega. Vestibulyar pparatning chidamsizligi kaptokning anik uzatish imkonini bermasligi mumkin.
NAFAS. Uyin jarayonida nafasning bir dakikadagi soni 50-60, nafasning dakikalik xajmi120-150 l.ni tashkil etadi. Erkaklarda uyin vaktida kislorodni maksimal uzlashtirilishi 5,54 l/dak. /59 ml/dak/kg/; ayoyollarda 4.37 l/dak. (54,6 ml/dak/kg)ni tashkil etadi. Uyin jarayonida kislorod uzlashtirishning maksimal mikdoridan 72,3-96,6% ni tashkil etadi. Buyi 200 sm dan ortik bulgan basketbolchilarda ish davrida kislorod kup uzlashtirilishiga karamay 1 kg vaznga aerob yul bilan energiya xosil bulishi /45 ml /dak/kg/ buyi 180 sm li basketbolchilarga nisbatan past, ya’ni keyingilarda /63 ml/ dak/ kg buladi.
KON AYLANISH. Mashk kilish va musobaka vaktlarida yurakning vakt birligidagi kiskarish soni turgun bulmaydi. Mashk kilish davrida urtacha xisobda yurakning bir dakikada 130-160 gacha, uyin vaktida 150-180 gacha, sakrash va startdagi tezlanishlarda 200 gacha kiskaradi. Arterial kon bosimi 180-200 mm.s.u.gacha, konning dakikalik xajmi 24 l gacha, sistolik xajmi 167 ml .gacha etadi.
AYIRUV FUNKSIYASI. Uyin vaktida ayiruv jarayonlari asosan ter bezlari , buyraklar orkali amalga oshib, siydik ajralishining kamayishi, uning solishtirma ogirligining ortishi yuzaga keladi. Uyindan keyin siydikda sut kislotasi, siydik kislotalari konsentratsiyasi kupayadi, kupayadi, oksil paydo buladi. Sportchi vaznining uyin shiddatiga boglik bulib, urtacha xisobda 2-3 kg teng buladi.
TANLANISH JARAYONLARINING TA’RIFI. Basketbolchi faoliyatining uzgaruvchan tezlik bilan bajarilishi uyin paytida fuksiyalarning ancha tebranishiga sabab buladi. YUkori malakali jismoniy yaxshi chinikkan basketbolchida uyin orasidagi dam olishlarda yurakning dakikalik kiskarishi ishgacha bulgan darajaga yakinlashishi mumkin. SHu bilan birga ularda butun uyin davomida yaxshi tiklanish reaksiyasi saklanadi. YUkori klassli basketbolchilarda yurak kiskarish soning fiziologik tremor kabi moslashish reaksiyalarining tiklanishi 6-9 soat atrofida buladi. (A.V.Romashov, G.S.Fomin).
Past klassli basketbolchilarda mashk kilish mashgulotlaridan keyin 12 soat davomida tashki nafas, kislorod uzlashtirish tinch xolatidagidan ancha yukori darajada buladi. SHu bilan bir vaktda kislorod etishmasligiga moslashish uncha yaxshi bulmaydi, bu konning kislorodga boyish darajasining pasayishida, tashki nafasning kompensator ortishida , gipoksemiya rivojlanishida ifodalanadi, funksiyalarning normal xolatga kaytishi 12-24 soatga chuziladi.
Foydalinilgan asosiy adabiyotlar:
1.Sport fiziologiyasi. I.G. Azimov.SH.S. Sobitov.Tashkent 1993
2.Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar I.G. Azimov, A.K. Xamrakulov, SH.S.Sobitov,Toshkent,»Ukituvchi» 1992.
Kushimchalari:
1.Fiziologiya cheloveka. Pod.obщ.red.prof. N.V. Zimkina, M. FiS 1975.
2.Sportivnaya fiziologiya. Pod red.prof. YA.M. Kotsa.M.,FiS, 1986.
3.Fiziologiya sporta. Farfel V.S. M.,FiS, 1960.
4.Problemы fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., FiS, 2003 g.
Dostları ilə paylaş: |