Sport fiziologiyasi fanidan ma’ruzalar matni
Ma’ruza 1. Kirish.
Reja:
Sport fiziologiyasi predmeti, uning maksadi va vazifalari.
Adaptatsiya xakida tushuncha.
Adaptatsiya tiplari.
Umumiy adaptatsiya sindromi.
Sport fiziologiyasi - umumiy fiziologiyaning bir kismi bulib, jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishda organizmda yuzaga keladigan fiziologik uzgarishlarni aniklash va muskul faoliyatining organizmga ijobiy ta’sir kursatish yullarini belgilash bilan shugullanadi.
Sport fiziologiyasi fiziologik konuniyatlar asosida jismoniy tarbiyaning turli shakllari sportda mashk kilish usullarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Sport fiziologiyasining vazifalari kuyidagilardan iborat:
Xar xil yoshdagi va turli ixtisosdagi kishilarning jismoniy tarbiyasi ishini asoslash.
Jismoniy mashklar bilan shugullanish va u mashklarning organizmga umumiy rivojlantiruvchi ta’sirlari mexanizmlarini ochish.
Sport faoliyatining xar xil turlari uchun ayrim sistemalar va butun organizmning fiziologik reaksiyalarini mikdor jixatidan ta’riflash.
Organizmning fiziologik adaptatsiyasi xakida tushuncha berish.
Sport fiziologiyasi uz tadkikotlarida odam umumiy fiztiologiyasi fanida keltirilgan dalillarga asoslanib va uning usullarini kullaydi.
Sport soxasida,fiziologlar organizmning jismoniy ishga reaksiyasini tabiy xolatda urganadilar.Bunday yondoshish maxsus axamiyatga ega,chunki organizm reaksiyasining ba’zi xususiyatlarini,masalan xayajonlanish reaksiyasini laboratoriya sharoitida yuzaga chikarish kiin,xatto mumkin xam emas,ayini payitda,xama reaksiyalarni jismoniy tarbiyani tabii sharoitlarida tulik urganib bulmaydi.SHuning uchun organizm faoliyati bilan boglik bir kator masalalar laboratoriyalarda utkazilgan tajribalarda muvaffvkiyatli xal etiladi.
Sport fiziologiyasi pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kabi fanlarning, shuningdek, tibbiy nazorat, gigiena, anatomiya, bioximiya va barcha fanlarning masalalari bilan shugullanadi.
Mashk bilan shugullanishda xarakat malakasining xosil bulishi, jismoniy mashklarning umumiy ta’rifi, charchash, start xolati va shunga uxshash masalalarni karab chikishda sport fiziologiyasining vazifasi juda katta. Sport fiziologiyasi bulmasa maxsus sharoitlarda sportchi ish kobiliyatining uzgarishi, masalan, yukori xarorat va kuyosh nuri ta’sirida organizmda yuzaga keladigan uzgarishlar va ularga moslashishni engillashtiruvchi omillar, past atmosfera bosimida yoki bulmasa suv muxitida sportchi ish kobiliyatining uzgarishi va shunga uxshash masalalarni karab chikish sport fiziologiyasining vazifasidir.
Adaptatsiya xakida tushuncha
Adaptatsiya-moslashish tushunchani bildirib - bu muxitning uzgaruvchan sharoitlariga organizmning moslashish jarayonidir. Adaptatsiya muxit sharoitlarida gomeostaz turgunligini saklaydi, ish kobiliyatining, xayotning maksimal muddatini va ishlab chikarishni ta’minlaydi. Lekin xamma kishilar xam muxitning ayni sharoitlariga bir xilda va tulik adaptatsiya kilolmaydi, bunda kishining jinsi, yoshi, nerv sistemasining tipi, salomatlik darajasi, jismoniy chinikkanligi axamiyatga ega buladi.
Adaptatsiya ikkiga bulinadi: tezlik bilan yuzaga keladigan (takomillashmagan) va uzok muddatli (takomillashgan).
Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya reaksiyasi ta’sir boshlangan zaxoti xosil bulib, oldin shakllangan tayyor fiziologik mexanizm orkali amalga oshadi. Masalan, ogrikli ta’sir berilganda undan ximoyalanish, kutschli sovuk ta’sirida organizmda issiklik ishlanishining ortishi va issiklik yukotilishining kamayishi, tashki muxitning yukori xaroratiga javoban issiklik yukotilishining kuchayishi, kon aylanish va nafas sistemalari funksiyasining ortishi, funksional sistemalar ishining bunday uzgarishlari natijasida organizm yuzaga kelgan omillar ta’siriga moslashadi, ya’ni tiriklik
jarayonining izdan chikishini oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: |