| Tinch xolatda | Ish bajarishda | 1-daq | 2-daq | 3-daq | 4-daq | 5-daq | Nafas soni
(daq/s)
| 17 | 26 | 35 | 38 | 41 | 40 | Nafas chuqurligi(l) | 0,47 | 1,28 | 1,52 | 1,62 | 1,64 | 1,53 | Upka Ventilyasiyasi
(daq/l)
| 8,1 | 33,2 | 53,2 | 61,5 | 67,2 | 61,2 |
R A Z M I N K A
Razminka maxsus tanlangan jismoniy mashklar kompleksi bulib, xar kanday sport trenerovkasi va sport musobaka oldidan utkaziladi. Razminka mashklari sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini oshiradi, uni buladigan ishga tayyorlaydi, maksimal ish kobiliyatini yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya darsida kirish kismini utkazilish, ish kuni boshlanish oldidan gimnastika utkazilishi xam shu maksadga ososlangan.
Organizmning funksional sistemalari, ayniksa vegetativ organlar kishi ishni bajara boshlashi Bilan birdaniga eng yukori darajada ishlay olmaydi. Ularning ishi maksimal darajaga kutarilishi uchun ma’lum vakt (3-4 dak.gacha) talab kilinadi, shundan keyingina ishga tulik kirishib ketadi. Razminka mashklari organizmning sistemalari ishni kuchaytirish, rivojlantirish bilan uni ishga kirishib ketish vaktini kiskartiradi, ya’ni organizm ishga tezrok kirishib ketadi.
Razminka mashklari ta’sirida markaziy nerv sistemasining kuzgaluvchanligi optimal xolatgacha kutariladi: asta-sekin moddalar, gazlar almashinuvi kuchayadi, oksidlanish va kaytarilish reaksiyalari tezlashadi,
Kon depolaridan kon aylanish sistemasiga kon chikishi natijasida kon tarkibida kon tanachalarining soni ortadi, gemoglobin mikdori kupayadi, nafas sistemalarining funksional xolati kuchayadi, ter bezlarining ishi ortadi, nerv sistemasi va xarakat reaksiyasining vakti kiskaradi, mashk yukori darajada moxirlik, katta kuch, yukori tezlik, chakkonlik va chidamlik bilan bajariladi.
Razminka mashklarning organizmga ta’siri bajariladigan mashklar xarakteriga (masalan, xarakat tezligi, muddati, ogir-engilligi va xokazo), sport turiga, sportchining jismoniy chinikkanligiga, metereologik sharoitlar va sportchining individual xususiyatlari kabi bir kancha faktorlarga boglik buladi. SHuning uchun xam razminkaning muddati va kanday mashklar kompleksidan tashkil topishi sportchining individual xususiyatlariga karab tanlanishi kerak, ayniksa ma’lum sport turi buyicha utkaziladigan trenerovka va musobakalar oldidan razminka utkazishda bunga axamiyat berish lozim.
Razminkani ikkita turga ajratiladi: umumiy razminka. Umumiy razminka organizmning umumiy ish kobiliyatini oshirishga karatilgan bulib, asosan vegetativ funksiyalarni kuchaytirishi bilan xarakterlanadi. Ayniksa yukori tezlik bilan bajariladigan xarakatlar uchun yurak-tomir, nafas organlarining funksiyasi va tana temperaturasining bir oz kutarilishi muxim axamiyatga ega. Tana temperaturasining
bunday ortishi skelet muskullari ishini kuchaytiradi, moddalar parchalanishida xosil bulgan maxsulotlarini, kupincha sut kislotasini tulik oksidlanishini ta’minlaydi, muskullar faoliyatining foydali koeffitsentini oshiradi, charchashga moyilliginit kamaytiradi.
Tana temperaturasining bir oz ortishi bilan xarakat apparatida yuzaga keladigan uzgarishlar shundan iboratki, eng avvalo muskul tukimalarining kuzgoluvchanligi, labilligi (funksional xarakatchanligi), ortadi,
kolaversa, ulardagi yoglarning oshishi bilan muskul elastikligi ortadi, murtlik kamayadi, buginlardagi suyukliklar yopishkokligi kamayadi, buginlar xarakatchanligi yaxshilanadi, ulardagi paylarning chuziluvchanligi ortadi. SHuning uchun xam yaxshi tashkil etilgan razminka bilan bajarilgan trenerovka mashgulotlarida razminkasiz bajarilgan muskul ishidagiga nisbatan muskullarning, paylarning xaddan tashkari chuzilishi, travmalanishi (shikastlanishi) kam buladi. Bundan tashkari gavdaning bir oz kizishi bilan tukimalardagi fermentlarning aktivligi ortadi,
natijada ximiyaviy reaksiyalar tezlashadi, parchalanash va tiklanish reaksiyalari tezrok utadi, bu muskul ishining bajarilishida, uning energiya bilan ta’minlanishida muxim rol uynaydi.
Razminka mashklari ta’sirida nerv xujayralarining kuzgoluvchanligi va labilligi, nerv jarayonlarining dinamikasi ortadi. Nerv jarayonlarining xarakatchanligini ortishi xarakat aktlarini yukori tezlik bilan bajarilishini ta’minlaydi. Razminka mashklari ta’sirida nerv xujayralarida yuzaga kelgan uzgarishlar izi asosiy ishga utishda zarur axamiyatga ega, ya’ni ishga kirishib ketishni tezlashtiradi.
Maxsus razminka xar bir sport turi uchun xos bulgan mashklar kompleksidan iborat bulib, Ayni sport turi Bilan shugillanishda trenirovka va musobaka oldidan utkaziladi.
Xush nima uchun maxsus razminkani utkazish zarur, nega umumiy razminka bilan chegaralanib bulmaydi?
Xar bir sport turida bajariladigan mashklar uziga xosligi bilan farklanadi, ya’ni sport turida bajariladigan mashklar ma’lum muskullar gruppasini, ma’lum organlar, ma’lum sistemalarni aktivrok ishlashini talab etadi. Umumiy razminka bajarilganda bu elementlar ishga unchalik jalb etilmasligi mumkin. Kiskacha kilib aytganda, maxsus razminka organizmni ma’lum sport turi buyicha bajariladigan ishga tayyorlaydi, shu ishni bajarishda ishtirok etadigan organlar, sistemalar va tukimalar funksiyasini etarli darajada rivojlantiradi.
YUkorida kursatilganlar bilan bir katorda shuni aytish kerakki, razminka mashklari charchashga olib bormaydigan darajada ya’ni ter ajrala boshlaguncha (odatda 10-30 min.) davom etishi kerak. Sungra razminka tugaganidan keyin 3-10 min. ichida asosiy ishni boshlash zarur. Agar razminka bilan asosiy ish oraligi 10 min.dan kupga chuzilsa, asosiy ishni boshlash oldidan kiska muddatli razminka mashklari utkazish zarur, chunki
razminka ta’sirida rivojlangan fiziologik funksiyalar mashklar tugashi Bilan asta-sekin organizmning tinch xolatidagi darajasiga, organizmning ishga tayyorligi pasaya boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |