FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
I.G. Azimov Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi (ukuv kullanma) Toshkent - 1994 yil
I.G. Azimov ,SH.Sobitov. Sport-fiziologiyasi Toshkent -1993 y.
L.S. Kklemesheva.M.S. Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent -1991 y
YU.A.Ermolaeva. Vozrastnaya fiziologiya.-M.,2001.
A.S.Solodkov, E.B.Sologub. Fiziologiya cheloveka. Obщaya. Sportivnaya. Vozrastnaya –M.,2010.
B.A.Sodыkov,A.S.Kuchkarova,SH.K.Kurbanov.Bolalar va usmirlar fiziologiyasi va gigienasi.Tashkent-2005y.
Ma’ruza 7. Tiklanish xolati va uning fiziologik axamiyati.
Reja:
1.Tiklanish boskichlari.
2.Funksiyalar tiklanishining geteroxronligi.
3.Tiklanish va dam olish jarayonlari samarasini oshirish
vositalari.
4.Ish kobiliyatini tiklaydigan xar xil yunalishdagi
komplekslarnning variantlari.
Tiklanish boskichlari
Organizmda jismoniy mashklarni bajargandan keyin undagi funksional uzgarishlarni ishdan oldingi xolatga kaytish jarayoni yoki shunga uxshash xolatga kaytish tiklanish deb ataladi. CHarchash yuzaga kelgandan keyin organizmning dam olish vaktida tiklanish jarayonlari utadi, ya’ni muskul ishi ta’sirida fiziologik funksiyalar (tomir urish soni, kon bosimi, upka ventilyasiyasi, kislorod uzlashtirilishi, tana xarorati, organizmdagi turli sistemalarning kuzgaluvchanligi va boshkalar ) ma’lum vakt utgandan keyin ishdan oldingi xolatga kaytadi, ya’ni tiklanish yuzaga keladi. Tiklanish uchun ketgan vakt tiklanish davri deb ataladi. A.Korobkov tiklanishni 4 boskichlarga buladi:
1.Davriy.
2.Ishdan oldin.
3.Ish vaktidagi.
4.Ishdan keiyngi tiklanishlar.
Tiklanish davrining muddati bajariladigan ishning xarakterig, tezligiga, muddatiga, sportchining jismonan chinikkanligiga boglik buladi. Tiklanish jarayonlari ba’zi muskul ishlarida sportchining fakat dam olish vaktidagina yuzaga kelmay, balki ishning bajarilish vaktida xam sodir buladi. Lekin ish bajarilayotgan vaktda energiya resurslarining sarflanishi uning tiklanishidan yukori buladi. Dam olish vaktida esa aksincha organizmning energiya sarfi uning tuplanishidan kam buladi.
Tiklanish jarayonlarining borishi bir tekis emas, balki tulkinsimon buladi, ya’ni dam sekinlashadi, dam tezlashadi va yana sekinlashadi, yana kutarilib ishdan oldingi xolatga kaytadi. Tiklanish jarayonlarning borishi mos xolda organizmning ish kobiliyatini uzgartiradi. Muskulning ish bajarishida sarflangan moddalar tiklanish davrida ishdan oldingi xolatdan birmuncha yukori darajada tuplanadi.
Bu muskul ishini tugaganidan keyin ma’lum vakt utishi bilan yuzaga kelib tiklanishidan yukori faza deb ataladi (superkompensatsiya). Superkompensatsiyadan keyin tulkinsimon shaklda ishdan oldingi xolatga keladi. Superkompensatsiya fazasi bir necha soatdan keyin 1-2 kungacha davom etishi mumkin. Agar takroriy ish xar gal superkompensatsiy fazasida boshlansa energiya manbalarining darajasi orta boradi, chunki energiya sarfi xam yukori darajada buladi va nixoyat doimiy tiklanish yukori darajada buladi. Jismoniy mashklardan keiyn tiklanish organizm funksiyalarining fakat ishdan oldingi xolatga yoki unga yakin darajaga kaytishdan iborat bulmaydi. Agar mashklardan keyin sportchi organizmning funksional xolati ishdan oldingi xolatga kaytishi bilangina tugalanadi, tanglangan sport turi buyicha xech kanday takomillashi sodir bulmagandi.
Sportchining jismonan chinikkanligi ortsa, bu mashklardan keyin sportchi organizmida koladigan reaksiya izlarining okibatidir. Bu reaksiyalar yukolmaydi, aksincha puxtalanadi. .
Tiklanish jarayonlari ba’zi muskul ishlarida faqat sportchining dam olish vaqtida yuzaga kelmay, balki ishning bajarilish vaqtida ham bo‘ladi. Lekin ishning bajarilish vaqtida dissimilyasiya jarayonlari ustun turadi, ya’ni energetik resurslarni sarflanishi uni to‘planishidan yuqori bo‘ladi. Dam olish vaqtida esa, aksincha, organizmning energiya sarfi uning to‘planishidan kam bo‘ladi, ya’ni assimilyasiya jarayonlari dissimilyasiya jarayonlaridan ustun turadi.
Funksiyalar tiklanishining geteroxronligi
Tiklanish jarayonlarining borshi bir tekis bo‘lmay u to‘lqinsimon bo‘ladi, ya’ni bir sekinlashadi keyin tezlashadi va yana sekinlashadi, yana ko‘tarilib nihoyat ishdan oldingi holatga keladi. Tiklanish jarayonlarining borishiga mos holda organizmning ish qobiliyati o‘zgaradi. CHarchashda pasaygan ish qobiliyati sekin-asta tiklana boradi va ma’lum vaqtdan keyin ishgacha bo‘lgan darajadan ham ortadi, so‘ngra sekin-asta pasayadi va yana ko‘tariladi,nihoyat ishdan oldingi holatga qaytadi .
Organizmning ish qobiliyatini ishgachabo‘lgan darajadanko‘tarilishi ortiqcha tiklanish fazasi deb yuritiladi. Jismoniy mashqlar trenerovkasini bu fazada o‘tkazish sportchining jismoniy chiniqishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jismonimy mashqlaldan keyin tiklanish organizm funksiyalarini faqat ishdan oldingi holatga yoki unga yaqin darajaga qaytishdan iborat bo‘lmaydi. Agar trenerovka ishlaridan keyin sportchi organizmning funksional holati ishdan ishdan oldingi holatga qaytish bilangina tugaganda tanlangan sport turi bo‘yicha hech qanday takomillashish bo‘lmas edi.
Sportchilarning jismoniy chiniqqanligini ortishi trenerovka ishlaridan keyin sportchi organizmida qoladigan reaksiya izlarining oqibatidir. Bu reaksiyalar yo‘qolmasdan, aksincha, puxtalanadi. Sportchi
organizmida tiklanish davrida bo‘ladigan funksional sistemalar konstruktiv chiniqqanlik ortishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. SHu sababli ishdan keyingi holatini analiz qilishda kkita faza ajratish zarur bo‘ladi: 1.Muskul ishi ta’sirida somatik va vegetativ funksiyalarning o‘zgarish fazasi: bu faza bir necha minut va soatlar bilaan hisoblanadi (tiklanishning kechiktirilgan davri), bu davrda organ va to‘qimalarda funksional va struktura o‘zgarishlari shakllanadi.
Tiklanish jarayonlarining muhim hususiyati ish bajarishdan keyin turli ko‘rsatkichlarning ishdan oldingi holatga qaytishini bir hil muddatda bo‘lmasligidir,ya’ni geteroxron tarzda o‘tishidir.
1930 yildayoq M.E.Marshak kislorod o‘zlashtirilishi, o‘pka ventelyasiyasi,puls soni, arteriya qon bosimi va teri temperaturasining ishdan oldingi holatga qaytishi har hil muddatda bo‘lishini ko‘rsatgan.(6-rasm).
30 sekund davom etadigan maksimal teo‘likdagi trenerovka mashqlaridan keyin ish qobiliyatining tiklanishini 90 foizi odatda 90-120 sek. davomida bo‘ladi. Vegetativ nerv sistemasining ayrim ko‘rsatkichlari 30-60 sek.dan keyin ishdan oldingi holatga keladi, boshqa ko‘rsatkichlari 3-4 min. va undan ko‘p vvaqtdan keyin tiklanadi. Kislorod tashuvchi sistemasining asosiy ko‘rsatkichlarini tiklanishi energetik resurslar tiklanishidan oldin yuzaga keladi.
Bajarilgan muskul ishi ta’sirida organizmda yuzaga kelgan o‘zgarishlarning ishdan oldingi holatga qaytishi hamma organ va sistemalarida bir vaqt davomida bo‘lmay ba’zilarida tez, boshqalarida sekin ya’ni geteroxron tarzda bo‘ladi
Masalan,tiklanish davrida kislorod o‘zlashtirilishi, o‘pka ventilyaiyasi, arteriya qon bosimi va pulsning ishdan oldingi holatga kelishi bir vaqtda
bo‘lmasligi tekshirishlarda aniqlangan. O‘rtacha o‘g‘irlikdagi ishdan keyin kislorod o‘zlashtirilishini ishgacha darajaga qaytishi sut kislotasining miqdorini normaga kelishidan tez bo‘ladi. Qonning ishqor rezervi esa yana ham kechroq qaytadi. Kurashchilarning 40min. olishuvidan keyin oldin nafas,keyin puls ishdan oldingi darajaga keladi. Muskl kuchi esa uzoq vaqt (bir sutkadan ortiq) kamayganligicha qoladi.
Skelet muskullaridagi energetik resurslarninng tiklanishi ham har xil muddatda bo‘ladi. Masalan, ATF miqdorin ishdan oldingi darajaga kelishi kreatin fosfatga nisbatan tez (bir necha sekund. Minut ichida), glikogen yana ham sekin (bir necha minut hatto), oqsillar tiklanishi esa eng keyin bo‘ladi. Bundan tashqari glikogen miqdorini tiklanishi turli organlarda, turli vaqt ichida bo‘ladi. Masalan oldin bosh miyada, keyin yurak muskullarida, so‘ngra skelet muskullarida va kech jigarda tiklanadi.
Energiya manba’larnini eng zarur organ va sistemalarda boshqalardagiga nisbatan tezroq tiklanishi funksiyalarning umumiy sistemasida eng muhim va asosiy bog‘lanishlar tezroq tiklanishini ko‘rsatadi, chunki bu organ va sistemalar butun tiklanish jarayonlarining tezligini belgilaydi.
Ayniqsa funksiyalar tiklanishida geteroxronizm og‘ir jismoniy ishlar tugashi bilan sezilarli bo‘ladi. Keyincha bo‘ladigan tiklanish davri minutlar va soatlar davomida emas, balki kunlab davom etadi.
Tiklanish jarayonlarining shtangachilarda, suzuvchilarda, engil atletikachilarda shiddatli trenirovka siklllardan keyin tiklanish sikli ikki hatto uch sutkaga cho‘zilishi mumkin. Bunda oldin puls siydikning bioximik ko‘rsatkichlari (R va kreatik, qonning R pirouzum va sut kislotasi) tiklanadi, keyin yurakning sinov ishga reaksiyasi, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasi nerv-muskul apparatining labilligi va kuch ko‘rsatkichlari, eng oxirida esa asosiy almashinuv tiklanadi. YA.M.Kots tiklanishni 4ta fazaga ajratadi:
1. Tez tiklanish fazasi;
2. Sekin tiklanish fazasi;
3. Ortiqcha tiklanish (supperemensatsiya) fazasi;
4. Kechki (uzoq muddatdan keyin) tiklanish fazasi;
Uning fikriga ko‘ra birinchi va ikkinchi fazalar charchatarli mkskul ishidan keyin ish qobiliyatining pasaygan davriga to‘g‘ri keladi.
Tiklanish jarayonlarining o‘tishiga organizmning yoshi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Qisqa muddatli, ayniqa, shiddatli jismoniy mashqlardan keyin bolalarning ish qobiliyati, ulardagi vegetativ funksiyalarning ishdan oldingi holatga qaytishi va yuzaga kelgan kislorod qarzining yo‘qotilishi kattalardagiga nisbatan qisqa vaqt ichida o‘tadi. Lekin ularda yuzaga kelgan kislorod qarzining absolyut va nisbiy miqdori (gavda vaznining 1kg.ga) kam bo‘ladi. Masalan, 8-7 yoshli bolalarda muskul ishi ta’sirida yuzaga kelgan kislorod qarzining 60-70%i yo‘qotilganda, kattalarda shu vaqt davomida atigi 40% kislorod qarzi yo‘qotiladi.
11-14 shli bolalarda maksimal tezlikdagi ishlarni bajarishdan keyin kislorod o‘zlashtirilishining tiklanishi 12-14-nchi minutlarda kattalarda esa 16-18-nchi minutlarda yuzaga keladi.
Uzoq muddatli yoki charchashga olib boradigan jismoniy mashqlardan keyin tiklanish jarayonlari kattalarga nisbatan yoshlarda sekin bo‘ladi. Masalan: 16-18 yoshli velosipedchi yosh sportchilar 50km masofani o‘tganlaridan keyin arteriya qon bosimi 6-24 soat ichida ishdan oldingi holatga qaytadi, kattalarla esa 3-4 soat davomida bo‘ladi. 25 kmlik poygadan keyin yosh sportchilardagi tiklanish
jarayonlarining muddati kattalarda 50 km poygadan keyingi muddatiga yaqin bo‘ladi.
Statik kuchlanishlar va kuch bilan bajariladigan mashqlardan keyin (har bir sinaluvchining muskul kuchini 50%iga teng kuchlanishda) ish qobiliyati, muskul kuchi nafas va qon aylanish funksiyalarining eng kam tiklanishi 11-12 yoshli bolalarda aniqlangan. SHu bilan birga jismoniy chiniqish va ko‘p ish bajarish imkoniyati, tiklanish vaqtini ortishi kuzatilgan.
YOsh engil atletikachilarda tezlik va kuch bilan bajariladigan trenerovka mashg‘ulotlaridan keyin puls soni, arteriya qon bosimi va muskul ishiga bo‘lgan reaksiyalarning to‘lik tiklanishi bir sutka davomida ham kuzatilmaydi. Ana shu “to‘liq tiklanmagan” holatda ular yugurish va sakrash bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatganlar. Sport o‘yinlari bilan mashq qilishdan keyin yush engil atletikachilarda qon aylanish ko‘rsatkichlari, ish qobiliyati esa sekin tiklanadi. “V.V. Valik, L.I.Strogova,1964”.
SHunday qilib yosh sportchilarda vegetativ funksiyalarning to‘liq tiklanmagan holatlarida takroriy trenerovka qilish, yuqori sport natijalariga erishishda halaqit berishi mumkin. Bu asosan chiniqishni rivojlantirishga qaratilgan katta hajmli trenerovka ishlaridan keyin kuzatiladi (Z.M.Ryabenka, V.V.Vrjeevskiy,1964).
13-14 yoshli bolalarda mashqlarni ko‘p marta takrorlanishidan keyingi tiklanish jarayonlari har bir keyingi sinovdan keyin 18-20 yoshlilargacha nisbatan ko‘proq yomonlashib boradi.
YOsh sportchilarning balog‘atga etish davrida neyro-endokrin funksiyalarining qayta qurilishi oqibatida tiklanish jarayonlari individual harakterga ega bo‘ladi. Masalan, 13-16 yoshli balog‘at cho‘qqisidagi o‘smirlarda ko‘pincha muskul ishlaridan keyin tiklanish jarayonlarining yomonlashishi ko‘rildi.Bolalardagi tiklanish jarayonlari, nafas va qon aylanish funksiyalarining ancha tejamsizligi bilan harakterlanadi. Masalan, kattalarga teng miqdorda kislorod o‘zlashtirilishi uchun bolalarda nafas harakatlari ko‘proq bo‘lishi zarur. 11-12 yoshli bolalarning bitta nafas siklida ( bir marta nafas olish va chiqarishda) 17.8 ml kislorod o‘zlashtiriladi, kattalarda esa 35.8 ml kislorod o‘zlashtiriladi. (V.M.Volkov, 1964).
12-16 yoshli suzuvchi va basketbolchilarda trenerovka mashg‘ulotlaridan keyin tashqi nafas, kislorod o‘zlashtirilishi yuqori darajada bo‘lib, tez gipoksemiya rivojlanishi bilan kuzatiladi. Trenerovkadan keyin 12-24 va 36 soat o‘tganidagina tashqi nafas va kislorod o‘zlashtirilishi mashg‘ulotgacha belgilangan darajaga etadi. (V.M.Volkov, E.G. Sumak, 1968). Funksiyalarning oldingi holatga qaytishini yana ham ko‘pga, 6-7 kunga cho‘ziladi, yosh suzuvchilarda ish qobiliyatining tiklanishini tezlashtirish maqsadida bir qancha usullar qo‘llanilib, ularga aktiv dam olish suv muolajalari, massaj, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan choy, kofe kabi ichimliklar, kislorod bilan boyitilgan havo bilan nafas oldirish , autogen trenerovka kabi choralar qo‘llanadi.
Tiklanish va dam olish jarayonlari samarasini oshirish vositalari
Trenirovka va musobaqa sharoitlarida sportchi og‘ir ishlarni boshdan kechiradi. Ayniqsa, bu sportda yuqori darajadagi natijalarga erishish uchun tiklanish jarayonlarini tezlashtirish borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Trenirovka va musobaqalardagi ishlar tezligi va hajmining ortib borishi, sportchining psixologik holatini ayniqsa musobaqa davrida zo‘rayishi sportchilarni tayyorlashdaturli tibbiy-biologik choralar qo‘llashni taqazo etadi.
SHiddatli trenirovka va musobaqa ishlaridan keyin organizmning energiya sarfini tiklamay turib jismoniy chiniqishni va ish qobiliyatini oshirib bo‘lmaydi.
Pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik usullarni o‘zida mujassamlashtirgan tiklanish vositalarini sistemasini to‘g‘ri qo‘llash trenirovka jarayonlarini tezlashtirishi va sport natijalarini oshirish imkonini beradi.Tiklanishni tezlashtiradigan choralardan biri aktiv dam olish birinchi marta I.M.Sechenov tomonidan 1903 yili aniqlangan bo‘lib, o‘rtacha charchashdan keyin uni qo‘llash yaxshi natija beradi. I.M.Sechenov ergografda bir qo‘lning barmog‘i bilan charchashgacha yuk ko‘tarish ishini bajargandan keyin tinch o‘tirib dam olmasdan ikkinchi qo‘l bilan o‘sha ishni bajaradi. Bunda charchagan birinchi qo‘lning ish qobilyatini tiklanishi passiv dam olishdagiga nisbatan tezroq bo‘ladi . SHunday qilib, I.M. Sechenov aktiv dam olish passiv dam olishga nisbatan charchashning tezroq yo‘qotishini ko‘rsatadi. Aktiv dam olishning mexanizmi ishlayotgan qo‘l muskullari markazidagi tormozlanishni kuchaytirishdan iborat bo‘lib, u nerv hujayralarining, ya’ni ularning ish qobilyati ishdan oldingi holatiga qaytishini tezlashtiradi. Bunday markazlararo nisbatlar odatlanilgan ishlarni bajarishga tayyorlangan kishilarda namoyon bo‘ladi. Agar bajariladigan ish odatdagidan tashqari bo‘lsa va kishi unga tayyorlanmagan bo‘lsa, unday holatlarda aktiv dam olish ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bunday sharoitlarda qo‘zg‘alish ishlayotgan markazlarga tarqaladi. A ktiv dam olish ta’siri kishining yoshiga ham bog‘liq bo‘ladi. Kattalarga nisbatan yoshlarda aktiv dam olish yaxshi natija beradi, ya’ni charchatarli muskul ishidan keyin ish qobilyatini tiklanishi yoshlarda ko‘pchilik holatda ijobiy bo‘ladi. Qariyalarda esa, aksincha, charchatarli ishlardan keyin aktiv dam olish salbiy ta’sir etishi mumkin. SHuning uchun aktiv dam olishni qo‘llashda sharoitni hisobga olish zarur. Qator holatlarda, ayniqsa, qattiq charchatarli sport kuchlanishlardan keyin passiv dam olish o‘rniga aktiv dam olishni qo‘llashdan cheklanish kerak. Sport amaliyotida aktiv dam olishni qo‘llash bo‘yicha ancha ma’lumotlar to‘plangan. (Krestovnikov). Masalan, shtangachilar oyoq mashqlari bajarganda qo‘l kuchini ko‘payishi, bir qo‘l bilan ishlashni ikkinchi qo‘l bilan almashtirganda birinchi qo‘lning dam olishini tezlashishi. Futbolda o‘yinning birinchi yarmidan keyin 6-8 minut davomida gavdaning elka kamarini harakatlantiruvchi mashqlar bilan shug‘ullanish organizmning fuksional holatini yaxshilaydi va muskul kuchi va puls sonini tiklanishiga sharoit yaratadi.(Narikashvili). Aktiv dam olishni qo‘llash shiddatli mashq qilish va musobaqa davrlarida keyingi o‘tish davrida ham yaxshi natija beradi.Huddi shunga o‘xshash aqliy mehnat ta’sirida charchash yuzaga kelganida sport o‘yinlari (voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol) kabi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish ish qobilyatini tiklanishiga olib keladi. Bunday aktiv dam olish mexanizmi huddi I.M.Sechenov ko‘rsatgan aktiv dam olishdagiga o‘xshash bo‘ladi. SHuni unitmaslik kerakki, aktiv dam olish faqat o‘rtacha charchashdan keyin efektli bo‘ladi. Haddan tashqari charchatarli ishlardan keyin aksincha aktiv dam olish tiklanishning kechikishiga
sabab bo‘ladi.
Ish qobilyatining tiklanishini tezlashtiruvchi faktordan suv muolajalari (dush, vanna va hokazo) teridagi retseptorlarni ta’sirlash bilan markaziy nerv sistemasiga afferent impulslar borishni yuzaga keltiradi. Bu impulslar tegishli nerv hujayralarini qo‘zg‘atish bilan markaziy nerv sistemasini optimal qo‘zg‘alishini ta’minlaydi. Kimyoviy tarkibi har xil vannalar ayrim organlar ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, karbonad vannalar yurak-tomir ishini, oltingugurtli, rodonli vannalar nerv-muskul apparati ishini yaxshilaydi. Vannalprni oxirgi trenirovkadan keyin xaftasiga 3-4 martadan ortiq bo‘lmagan holda kun ora qo‘llash zarur.
Sauna haftasiga 1-2 martadan oxirgi trenirovkadan 1,5-2 soat keyin qo‘llashni tavsiya etiladi.
Fizik faktorlarni qo‘llash yillik trenirovka sikli davriga bog‘liq. Masalan, tayyorlanish davrida umumiy va zarur bo‘lsa, mahalliy ta’sir etadigan faktorlar qo‘llanishi mumkin. Musobaqa davrida charchagan muskullarga umumiy emas, balki mahalliy ta’sir ko‘rsatadigan vannalar qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi, shu bilan birga har xil dush turlarini tavsiya etishi mumkin.
Suv muolajalarini qo‘llashda ayniqsa suv temperaturasiga alohida e’tibor berish kerak. Qo‘zg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatish uchun ertalab trenirovkagacha va kunduzgi uyqudan keyin sovuq muolajalar(33S dan past vannalar, 20Sdan pastdush) issiq vannalar va dushlari (37-38S) trenirovkadan keyin qo‘llash lozim. Kuchli charchashga trenirovkadan keyin eng kamida 15-30 minut o‘tgach fizik faktorlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Massaj ham huddi suv muolajalariga o‘xshash markaziy nerv sistemasiga qo‘shimcha afferent impulslar borishini va markaziy nerv sistemasida yangi markazlar qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradi, natijada nerv jarayonlarining nisbati. Dinamikasi yaxshilanadi. Bu o‘z navbatida ish qobilyatining tezroq tiklanishiga sabab bo‘ladi.
Tiklanish jarayonlari natijasini oshiradigan aktiv dam olishga katta ahamiyat berish bilan birga passiv dam olish rolini unutmaslik kerak. Aktiv dam olishning tiklanishni kuchaytiruvchi ta’siri hamma vaqt ham yuzaga qichavermaydi. Aktiv dam olish bilan bir qatorda passiv dam olish tiklanish jarayonlarining aktivatori bo‘lib, uning ta’siri jismoniy chiniqqan kishilarda, tashkil etilgan mehnat va dam olishda kuchli ortadi. Passiv dam olishning eng keng tarqalgan turiga uyqu kiradi. Hozirgi zamon tushunchasiga ko‘ra uyqu bir xil holat emas. Bunda ikkita faza farqlanadi:
sekin va tez. Bu fazalar bir kecha davomida 4-5 marta almashinadi. Uyquning sekin fazasi vaqtida nafas va yurak urishi sekinlashadi. Uyquning sekin fazasi vaqtida nafas va yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, ayniqsa miya, jigar, buyuraklar kabi organlarda qon oqishi sekinlashadi, moddalar almashinuvi va tana temperaturasi pasayadi, muskullar ancha to‘liq bo‘shashadi.
Uyquning tez fazasi harakat aktivligini ortishi bilan harakterlanadi. Bu fazada yurak urishi tezlashadi, arteriya qon bosismi ko‘tariladi., nafas tezlashadi. Uyquning sekin va tez fazalarini almashinuvi to‘liq dam olishning muhim sharti bo‘ladi. Uyquning buzilishi ish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi.
CHoy, kofe yoki sharbatlar kabi ichimliklarni iste’mol qilish nerv sistemasi va yurak-tomir kabi vegetativ organlar funksiyasini kuchaytirishi va organizmning ichki muhitini qandaydir darajada yaxshilash bilan ish qobiliyatining tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kislorodga boy bo‘lgan havo bilan nafas olish muskul ishi ta’sirida to‘plangan kislorod qarzini yo‘qotish, ichki muhit reaksiyasini normallashtirish uchun muhim
ahamiyatga ega, bu jarayonlani ancha tezlashishini ta’minlaydi.
Autogen trenirovka sportchini ma’lum so‘zlar bilan ishontirish orqali markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan. Bunday yo‘l bilan tiklanish jarayonlarini kuchaytirishda sportchining oliy nerv faoliyati tipi muhim ahamiyatga ega. Autogen trenirovka olib boruvchi kishining so‘zlariga beriluvchan kishilarda sezilarli darajada funksiyalarning o‘zgarishi yuzaga keladi. Masalan, gavdaning ma’lum qismlarini qon bilan ta’minlanishini o‘zgarishi, muskullarning bo‘shashishini kuchayishi va hokazo.
ISH QOBILIYATINI TIKLAYDIGAN HAR-XIL YO‘NALISHDAGI KOMPLEKSLARNING VARIANTLARI
1-jadval
Global (keng) ta’sir ko‘rsatadigan komplekslar
|
Tanlab ta’sir etadigan komplekslar
|
|
Tezlik bilan bajariladigan ishdan keyin
|
Anaerob harakterli ishdan keyin
|
Aerob harakterli ishdan keyin
|
1- kompleks
|
|
1. Sauna
|
1. Zaytunli iliq vanna
|
1. Igna barglari (xvoy) dan issiq vanna
|
1.Iliq dengiz vannasi.
|
2. Qo‘l bilan umumiy massaaj
|
2.Zangori spektorning ko‘rinadigan nurlari bilan ta’sir etish.
|
2. Ultrabinafsha nur bilan nurlantirish.
|
2. Itqalanish bilan tetiklashtirish.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
2-kompleks
|
|
1. Bo‘gxili massaj
|
1. Sauna
|
1. Kislorodli vanna
|
1. Karbonat angidridli vanna.
|
2. Qo‘l bilan umumiy massaj
|
2. Ultra binafsha nur bilan ta’sir etish
|
2. Ultra binafsha nur bilan ta’sir etish
|
2. Gidromassaj
|
3. Ultra binafsha nur bilan ta’sir etish
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3-kompleks
|
|
1. Igna barglari (xvoy) dan iliq vanna
|
1. Illiq yomg‘ir dush
|
1. Igna barglaridan iliq vanna
|
1. Iliq yomg‘ir dush
|
|
2. Gidromassaj
|
2.Ultra binafsha nur bilan ta’sir etish
|
2.Ko‘p kislorodli (giperoksik) muolaja
|
2.Ishqalash bilan tetiklantirish
|
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Aeroionizatsiya.
|
3. Ultra binafsha nur bilan ta’sir etish
|
3. Ultra binafsha nur bilan ta’sir etish
|
|
Dostları ilə paylaş: |