Sport fiziologiyasi fanidan ma’ruzalar matni Ma’ruza Kirish


Ma’ruza 13. Xarakat tezligi rivojlanishining fiziologik



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə14/35
tarix17.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#61710
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
спорт физ

Ma’ruza 13. Xarakat tezligi rivojlanishining fiziologik
mexanizmi

Reja:
1.Tezkorlik rivojlanishining fiziologik mexanizmi


2.Tezlik - kuch sifatlari rivojlanishining fiziologik asoslari.
3 CHakkonlik, egiluvchanlik va unga ta’sir etadigan omillar
4.CHidamlilik,uning turlari.Anaerob va aerob sharoitdagi ishlarini
bajarishda chidamlilikni rivojlanishining fiziologik asoslari.
.
Tezkorlik rivojlanishining fiziologik mexanizmi

Jismoniy sifatlardan biri bulgan tezkorlik xarakatning bajarilish vakti bilan ifodalanib, u yukori tezlikda bajariladigan jismoniy mashklar ijro etilganda rivojlanadi, masalan; siklik xarkterli ishlarni bajarishdagi kiska musobakalar 100-200 m ga yugurish,20-50 m suzish,200 m ga velosiped poygasi kabi mashklar tezlik va kuch bilan bajariladigan ulok-


tirish va uzunlikka,balandlikka sakrash,boks,klichbozlik,sport uyinlari kabi sport turlari bilan shugullanish tezkorlik sifatlarini rivojlantiradi.Xarakatning bajarilish tezligi fiziologik nuktai nazardan asosan kuyidagi omillarga boglik;
1.Xarakat apparatining kuzgaluvchanligi ya’ni lotent (yashirin) reaksiya davriga,
2.Muskullarning kiskarishi va bushashish vaktiga,
3.Muayan xarakatda ishtirok etadigan asab, muskul tukimasining labilligiga (funksional xarakatchanligiga).
Tukimalarning kuzgaluvchanligi ularning reobzasi va xronaksiyasi bilan ulchanadi.Sportchining xarakat tezligini baxolashda bukursatkichlar muxim axamiyatga ega birok tezkorlik sifatini aniklashda xozirgi paytda, asosan reaksiya vaktini aniklash keng tarkalgan. Buning uchun maxsus apparatlar, masalan, miorefleksometr (IPR) kullaniladi. Tezkorlikning rivojlanishi ayniksa sprinterlar va tezlik kuch bilanbajariladigan mashklarni ijro etuvchi sportchilar uchun muxim axamiyatga ega.Masalan; kiska masofaga yugurishda sportchi xar bir soniya 10 m atrofida masofani bosib utishi kerak.Xozirgi dalillarga kura sprinter 100 m masofani 8-9 soniyada utishga erishadi.Bunday tezlikni amalga oshirishda sportchi xarakat reaksiyasining latent davri muxim rol uynaydi,chunki
sportchi startdan kanchalik tez otilib chiksa xarakat kanchalik tez bosh-lansa,masofani shunchalik tez bosib utadi.Siklik xarakterda dinamik ishlarni yukori tezlik bilan bajarilishida ontogonist muskullarining urin almashinish tezligi xam zarur axamiyatga ega. Masalan; oyoklarni bukuvchi va yozuvchi muskullarning ketma-ket yukori tezlik bilan ishlayotgan muskullarning ishini boshkarayotgan markazlardagi asab jarayonlarining kuzgalish va tormozlanish urin almashinish vakti bilan belgilanadi.Bu jarayon kanchalik tez utsa,muskullarning kiskarishi va bushashish vakti shunchalik kiska buladi.Xarakatning yukori tezlik bilan koordinatsiya kilinishi muskullarda energiyaning xosil bulish tezligi kabi omillar xam ma’lum rol uynaydi.
Xarakat bajarilishida tez kuzgaluvchan yoki sekin kuzgaluvchan xarakat birliklari larining nisbati xarakat tezligiga max’lum mikdorda ta’sir kur-satadi.agar bajariladigan xarakatda tez kuzgaluvchan birliklari kanchalik kup bulsa xarakat tezligi shuncha yukori buladi.YUkori tezlikda bajariladigan mashklar bilan shugullanish natijasida tez kuzgaluvchan va sekin kuzgaluvchan xarakat birliklarining nisbati uzgaradi.
Xarakat koordinatsiyasining xarakat tezligi uchun axamiyati xakida shuni
aytish kerakki, muskul tolalari va muskul guruxlari urtasidagi funksional boglanishlar ularning kelishib ishlashining yukori darajada takomillashishi xarakat tezligi ancha yukori bulishini ta’minlaydi.Ma’lumki,kiska masofalarga yugurish,suzish kabi mashklar anaerob sharoitda bajariladi.Bunday mashklarni bajarish uchun zarur bulgan energiya asosan ATF va KRF (adenalin fosfat va kreatin fasfat) ning parchalanishi xisobiga olinadi.SHuninguchun bu moddalarning mikdori kancha kup bulsa, ishning kuvvati yukori shunchalik buladi.
Tezkorlik kup jixatdan irsiyatga boglik deb xisoblanadi.Ba’zi mualliflar keltirgan dalillarga kura tezlikni yuzaga chikishida uning 80-90% irsiyat omillariga tegishli deb kursatiladi.
Tezkorlik kobiliyatining oddiy va tuplam (kompleks) shaklida nomayon bulish turlari mavjud.Oddiy shaklga oddiy va murakkab reaksiyalarning latent (yashirin) davri, maksimal soni kiradi.Tezlikni yuzaga chikaruvchi kompleks shakli startda shiddatli tezlanish kobiliyati xarakatni yukori tezlik bilan bajarish kurashda siljish va uloktir,gimnastikada sakrash,boksda zarba berish va shunga uxshashlardan iborat.Turlicha nomayon bulgan tezlik rezervlari xar xil xajmda safarbar etiladi.mashk kilish natijasida tezkorlik sifatining takomillashishi xarakat apparatida muskullar va boylam apparatlari elastikligining ortishi,ularning chuziluvchanligining bushash kobiliyatining kuchayishi uzgarishlar bilan ifodalanadi.Xarakat texnikasining sifati kutariladi.Anaerob yul bilan energiya beradigan manbalarning tez safarbar etilishi va kayta tiklanishining biokimyoviy mexanizmlar imkoniyati ortadi.Xarakat tezligi muskullardagi energiya tuplamlari (odinoziluchfasfot va kreatinfosfat) xamda ularning kimiyoviy kuvvatining safarbar etilishi tezligiga ayniksa kuprok boglik buladi.
SHunday kilib xarakat tezligi kuch bilan bajariladigan jismoniy mashklar kuvvati,xarakat apparatining funksional marfologik va biokimiyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi.YUkori kuvvat bajariladigan jismoniy mashklar bilan muntazam shugullanganda bu xususiyatlar takomillashadi va xarakat tezligining ortishiga sabab buladi.
Tezlik-kuch mashklari

Tezlik va kuch bilan bajariladigan xarakatlarda maksimal kuvvatining yuzaga chikishini,rivojlantirgan kuch va tezlik natijasida sodir buladi.Ishning kuvvvati kanchalik yukori bulsa,sportchi snaryad yoki uz gavdasini shunchalik katta tezlik bilan siljitadi.Xarakatlarda rivojlanadigan kuch va tezlikning uzaro munosabati ogirligi ortib boradigan snaryadlar bilan utkazilgan tajribalarda tekshirilgan.


Energiya bilan ta’minlanish mexanizm buyicha tezlik va kuch bilan bajariladigan mashklar anaerob ishlarga kiradi.Bu mexanizm ikkita kursatkich; anaerob kuvvat va anaerob sigimi ta’riflaydi.
Anaerob mexanizm kuvvatining rivojlanishiga boglik bulgan xakikiy mashklarga kiska masofalarning yugurib utishi va sakrash kiradi.Bunday kuvvatdagi ishlar AUF va KF ning anaerob yul bilan sarflanishidagi energiya xisobiga ta’minlanadi.SHuning uchun anaerob mexanizi kuvvati bu moddalarning muskullardagi tuplami va ularning parchalanishi xamda kayta sintezlanish tezligi bilan belgilanadi.Sportchining vakt birligida erishgan mexanik kuvvati anaerob kuvvat kursatkichi buladi.Anaerob sigimi kursatkichi bulib, tezlik va kuch bilan bajariladigan ishda muskulga berilgan xamma energiya xajmi xisoblanadi.U kislorod karzi bilan ifodalanadi.

Tezkorlik-kuch sifatlari rivojlanishining fiziologik asoslari


Jismoniy sifatlardan biri bulgan tezkorlik -xarakatning bajarilish vakti bilan ifodalanib, u yukori tezlikda bajariladigan jismoniy mashklar ijro etilganda rivojlanadi.
Xarakatning bajarilish tezligi fiziologik nuktayu nazardan, asosan kuyidagi omillarga boglik buladi:
1.Xarakt apparatining kuzgaluvchanligi ya’ni, latent davriga.
2.Muskullarning kiskarish va bushash vaktiga.
3.Muayyan xarakatda ishtirok etadigan asab muskul tukimasining labilligiga. Tezkorlikning rivojlanishi sprinterla va tezlik - kuch bilan bajariladigan mashklarni ijro etuvchi sportchilar uchun muxim axamiyatga ega, chunki sportchi sportdan kanchalik tez otilib chiksa, xarakatni xanchalik tez boshlasa,masofani shunchalik tez bosib utadi. Xarakatni yukori tezlik bilan bajarilishida asab-muskul xarakat birliklarining turi, xarakatni koordinatsiya kiliщi,muskullarda energiyasini xosil bulish tezligi kabi omillar rol uynaydi. Xarakat bajarilishida tez kuzgaluvchan eki sekin kuzgaluvchan xarakat birliklarining nisbati xarakat tezligiga ma’lum miktorda ta’sir kursatadi. Agar bajariladigan xarakatda tez kuzgaluvchan xarakat birliklari kanchalik kup bulsa, xarakat tezligi shunchalik yukori buladi. YUkori tezlikda bajariladigan mashklar bilan shugullanish natijasidatez kuzgaluvchan va sekin kuzgaluvchan xarakat birliklarining nisbati uzgaradi. Tezkorlik kup jixatdan irsiyatga boglik deb xisoblanadi. Tezkorlik kobiliyatining oddiy va tuplam shaklida namoen bulish turlari mavjud. Oddiy shaklga - oddiy va murakkab xarakat reaksiya .
Tezlik - kuch sifatlari xarakat texnikasini rivojlanishining ayrim muskularning kuchlanishi darajasiga xamda ularning kushilishiga boglik buladi, unda yangilaydigan karshiliik musobakadagi ishdan 10% kup farklanmasligi kerak. Bunday sharoitlarda muskullararo uygunlik eng kup darajada rivojlanadi, bu maksimal xam, minimal xam bulmagan kuchlanishdagi uygunlashgan xarakatlar rivojlanishiga mos buladi. Tezkorlik kuch rivojlanishida (ketma ket) ikkita asosan vazifa xal etilishi kerak:
1.Tezkorlik kuch imkoniyatlari tuplamini ortishi.
2.Bu sifatlarni uzlashtir ish kobiliyatini rivojlanishi.
Birinchi vazifani xal etish uchun maxalliy (lokal) va regional axamiyatga ega bulgan mashklar kullanishi kerak. Bu mashklarda kullanadigan kitoblar xajmi bir martadan 8-10 martagacha takrorlanish zarur. Ikkinchi vazifa maxsus regional va global mashklarni kullash orkali bajariladi, bunda karshilik musobakadagi karshilikka teng, tezlik esa maksimal bulishi lozim. Asosiy usul tebranuvchan bulib, unda mashklarning chorak kismi yon beruvchi bulishi va izometrik rejimda bajarilishi kerak. Tezlik kuch mashklari, ayniksa tusatdan yuzaga keladigan mashklarning bajarilishi kuchanish va nafasni ushlash kabi xususiyatlar bilan boglik buladi. Xarakatlarning kiska vakt ichida, yukori kuvvatga xos vegetativ reaksiyalarni yuzaga keltiradi.
Tezkorlik kuch sifatlari xarakat texnikasining va ayrim muskullarning kuchlanish darajasiga xamda ularning kushilishiga boglik buladi.Mashk kilishning asosiy usuli aksimal kuchlanishlar metodi bulib, unda engiladigan karshilik musobakadagi ishdan manfiy va musbat 10 % kup farklanmasligi kerak.Bunday sharoitlarda muskul aro uygunlik eng darajada rivojlanadi.Bu maksimal xam minimal xam bulmagan kuchlanishdagi uygunlashgan xarakatlar rivojlanishiga mos buladi.

CHakkonlik


Jismoniy sifatlar urtasida chakkonlik aloxida urin egallaydi.U boshka jismoniy kobiliyatlarning xarakat malakalari bilan kattik boglangan bulib, juda murakkab mexanizmga ega.CHakkonlik bu yuzaga kelgan xarakat vazifasini tugri,tez maksadga boglik xolda topkirlik bilan xal etish kobiliyati chakkonlik sifatidagi kuch va tezlikning rivojlanishi bilan yakin alokada buladi.CHunkt xar kanday xarakatning chakkonlik bilan bajarishda sportchining tezkorligi,kuchning darajasi muxim rol uynaydi.SHuning bilan birga,chakkonlik sifatining fiziologik mexanizmi boshka jsimoniy sifatlar (kuch,tezkorlik,chidamlilik,egiluvchanlik) mexanizmidan ancha murakkab bulib, oddiy reaksiyaning borish tezligi bilan emas, balki bir kancha asab markazlarining, bir kancha fiziologik sistemalarning ishini uygunlashish tezligi asab jarayonlarining utish jarayonlari bilan boglikdir.Kiskacha kilib aytganda,chakkonlik ma’lum muskul guruxlarini ishga tushurishi bilan bir vaktda, ularning urnini almashtirishni ular faoliyatini maksadga muvofik yunaltirishni iloji boricha tezlik bilan malga oshirish demakdir.SHunday kilgandagina, sportchi berilgan vazifani rakibidan oldinrok xal etadi.


CHakkonlikning rivojlanishida kishining tugma xususiyatlari bilan bir vaktda individiual xayotda orttirgan tajribalar ishini bajarish sharoitlar va yuzaga keladigan vaziyatlarma’lum axamiyatga ega chakkonlikni talab etadigan jismoniy mashklar bilan muntazam shugullanishda markaziy tizimini ayniksa,uning yukori bulimi bosh yarimsharlar pustlogidagi neyronlarning kuzgaluvchanligi ulardagi asab jarayonlarining dinamikasini xususiyatlari,kuzgalish va tormozlanish jarayonlarining urin almashinish tezligi muskullardagi energiya xosil bulish jarayonlari fermentlar aktivligi kabi kator fiziologik xodisalar uzgarishining yuzaga kelishi chakkonlikning rivojlanishida fiziologik asas buladi.
CHakkonlik yuzaga chikishida topkirlik asosiy omillardan biridir.Buning uchun ya’ni topkirlik omilining darajasi kup jixatdan sportchining tajribasiga boglik bulishi ya’ni ekstroplyasiya xodisasi tufayli tusatdan yuzaga kelag vaziyatga javob berish uchun sportchining boshidan kechirgan tajribalari zarur axamiyatga ega.SHu bilan birga yukorida kursatilgandek chakkonlik rivojlanishida tusatdan yuzaga keladigan vazift omillari muxim rol uynaydi.Xarakat vazifasini xal etishda sodir buladigan bunday omillar chakkonlikning fiziologik mexanizmlarini takomillashishida chakkonlikning rivojlanishi boshka jismoniy sifatlar rivojlanishiga nisbatan ancha sekin buladi.CHunki chakkonlik organizmning individual orttirilgan malakalariga nisbatan irsiyat omillariga kuprok boglik buladi.SHuning uchun sportda tanlov utkazilayotgan kursatilgan fikrga amal kilinsa foydadan xoli bulmaydi.
Egiluvchanlik

Egiluvchanlik tayanch xarakat apparatining morfoldogik va funksional xususiyati bulib, xarakat amplitudasining ulchovi buladi.Egiluvchanlik ikki turga bulinadi:aktiv va passiv.Aktiv egiluvchanlik deganda tashki yordamsiz uzi mustakil yuzaga chikara oladigan xarakatning maksimal amp-litudasi tushuniladi.Bunda egiluvchanlikning yuzaga kelishida buginlarning xarakatchanligi yuzaga kelishida muxim rol uynaydi.Bugin ya’ni kanchalik xarakatchan bulsa, egiluvchan yukori xarakat amplitudasi shunchalik katta buladi.


Passiv egiluvchanlik sport uskunasi yoki sportchining sherigi yoxud ustozi yordamida erishiladigan urinlardagi xarakatchanlikdir. Passiv egiluvchanlik aktiv egiluvchanlikka nisbatan yukori buladi.Amalda turli jismoniy mashklarni bajarishda aktiv egiluvchanlik safarbar etiladi. Bu jixatdan passiv
egiluvchanlikka nisbatan egiluvchanlik yukori buladi.Egiluvchanlik kishining yoshiga,jinsiga buginlarining xarakatchanligiga tashki muxit omillariga bajariladigan mashkning turiga va boshka omillarga boglik buladi.Masalan; 10-14 yoshli bolalarda egiluvchanlik kattalardagiga nisbatan yukori buladi.Bunday yoshdagi bolalarda egiluvchanlikni rivojlantirish buyicha olib boriladigan ishlar katta maktab yoshidagi bolalar bilan ishlash usuliga nisbatan ikki marta samarali buladi.Erkaklarga karaganda ayollarda egiluvchanlik ancha yukori buladi.
Jismoniy sifatlardan biri bulgan tezkorlik -xarakatning bajarilish vakti bilan ifodalanib, u yukori tezlikda bajariladigan jismoniy mashklar ijro etilganda rivojlanadi.
Xarakatning bajarilish tezligi fiziologik nuktayu nazardan, asosan kuyidagi omillarga boglik buladi:
1.Xarakt apparatining kuzgaluvchanligi ya’ni, latent davriga.
2.Muskullarning kiskarish va bushash vaktiga.
3.Muayyan xarakatda ishtirok etadigan asab muskul tukimasining labilligiga. Tezkorlikning rivojlanishi sprinterla va tezlik - kuch bilan bajariladigan mashklarni ijro etuvchi sportchilar uchun muxim axamiyatga ega, chunki sportchi sportdan kanchalik tez otilib chiksa, xarakatni xanchalik tez boshlasa,masofani shunchalik tez bosib utadi. Xarakatni yukori tezlik bilan bajarilishida asab-muskul xarakat birliklarining turi, xarakatni koordinatsiya kiliщi,muskullarda energiyasini xosil bulish tezligi kabi omillar rol uynaydi. Xarakat bajarilishida tez kuzgaluvchan eki sekin kuzgaluvchan xarakat birliklarining nisbati xarakat tezligiga ma’lum miktorda ta’sir kursatadi. Agar bajariladigan xarakatda tez kuzgaluvchan xarakat birliklari kanchalik kup bulsa, xarakat tezligi shunchalik yukori buladi. YUkori tezlikda bajariladigan mashklar bilan shugullanish natijasidatez kuzgaluvchan va sekin kuzgaluvchan xarakat birliklarining nisbati uzgaradi. Tezkorlik kup jixatdan irsiyatga boglik deb xisoblanadi. Tezkorlik kobiliyatining oddiy va tuplam shaklida namoen bulish turlari mavjud. Oddiy shaklga - oddiy va murakkab xarakat reaksiya .
Tezlik - kuch sifatlari xarakat texnikasini rivojlanishining ayrim muskularning kuchlanishi darajasiga xamda ularning kushilishiga boglik buladi, unda yangilaydigan karshiliik musobakadagi ishdan 10% kup farklanmasligi kerak. Bunday sharoitlarda muskullararo uygunlik eng kup darajada rivojlanadi, bu maksimal xam, minimal xam bulmagan kuchlanishdagi uygunlashgan xarakatlar rivojlanishiga mos buladi. Tezkorlik kuch rivojlanishida (ketma ket) ikkita asosan vazifa xal etilishi kerak:
1.Tezkorlik kuch imkoniyatlari tuplamini ortishi.
2.Bu sifatlarni uzlashtir ish kobiliyatini rivojlanishi.
Birinchi vazifani xal etish uchun maxalliy (lokal) va regional axamiyatga ega bulgan mashklar kullanishi kerak. Bu mashklarda kullanadigan kitoblar xajmi bir martadan 8-10 martagacha takrorlanish zarur. Ikkinchi vazifa maxsus regional va global mashklarni kullash orkali bajariladi, bunda karshilik musobakadagi karshilikka teng, tezlik esa maksimal bulishi lozim. Asosiy usul tebranuvchan bulib, unda mashklarning chorak kismi yon beruvchi bulishi va izometrik rejimda bajarilishi kerak. Tezlik kuch mashklari, ayniksa tusatdan yuzaga keladigan mashklarning bajarilishi kuchanish va nafasni ushlash kabi xususiyatlar bilan boglik buladi. Xarakatlarning kiska vakt ichida, yukori kuvvatga xos vegetativ reaksiyalarni yuzaga keltiradi.
CHidamlilik. Jismoniy mashklarni bajarishda kishining chidamliligi uning uzok vakt davomida ish tezligini pasaytirish kobiliyatidir.CHidamlilik organizmning funksional rezervlariga jismoniy chinikkanlik darajasiga ish

Bajaradigan muxit bilan boglik buladi.Muntazam mashklar bilan shugullanish organizmning shu ishlarga chidamliligini oshiradi.CHidamlilik organizmda charchashga karshi layokatning ortishi bulib, organizmning ish kobiliyatining pasayishiga olib boradigan jismoniy mashklar bilan shugullanishda rivojlanadi. CHidamlilik ortishi bilan organizmda yukori darajali ish kobiliyatini saklash muddati uzayadi.


CHidamlilik bir kancha turlarga ajratiladi: umumiy chidamlilik,maxsus chidamlilik,dinamik ishlarni bajarishga chidamlilik,statik kuchlanishlarga chidamlilik,anaerob sharoitdagi ishlarni bajarishga chidamlilik,gipoksiyaga chidamlilik,issik sovukka chidamlilik va x.k. CHidamlilik rivojlantirish organizm a’zolari va tukimalarning morfalogik biokimiyovi va funksional uzgarishlari okibatida sodir buladi.Masalan xaddan tashkari uzok masofaga yugurish, veloseped poygasi,suzish kabi siklik, dinamik ishlar bilan muntazam shugullanishda xarakat apparati faoliyati uygunligining takomillashishi ishlayotgan tukimalarning energiya taminlaydigan vegetativ organlar ishining uzaro moslashishi natijasida bu organlarning uzok muddat davomida yukori darajada ishlashi yuzaga keladi.
Okibat xarakat apparati ishini boshkaradigan mexanizm takomillashadi, bu xol asab markazlaridagi asosan xarakat markazidagi funksional uzgarishlar bilan boglik.Xarakat markazi uzok muddat davomida bir xildagi impulslarni yuborish va kabul kilishga moslashadi.
Uzok muddatli ishlar bilan muntazam shugullanish natijasida muskul-larda yuzaga keladigan uzgarishlar morfologik va biokimiyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi.Ulardagi moddalar almashinuvi jarayonida bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi.Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan uzgarishlar ayniksa, yurak tomir va nafas organlari ishi termoregulyasiyaning takomillashishi kuzatiladi.
Kiska masofani bosib utishda,masalan; 100 m ga yugurish bilan shugullanishda rivojlanadigan chidamlilik organizmda uziga xos uzgarishlarni yuzaga keltiradi.Bunday xolatdagi mashk anaerob sharoitda bajariladi, ya’ni organizmning ichki muxitida chala oksidlangan maxsulotlar mikdori tez ortadi.Organizmning ish kobiliyatini xarakat tezligining pasayishiga sabab buladi.SHuning uchun bunday ishlar bilan shugullanishda chidamlilik asosan xarakatning yukori tezligini uzokrok saklashga yunaltirilgan buladi.Bundan, tashkari ma’lumki, anaerob sharoitda bajariladigan ishlarga sarflanadigan energiya asosan ATF va KRF xisobiga olinadi, ya’ni bu moddalarning parchalanishida vujudga kelgan energiya ish bajarish uchun ketadi.
Demak, maksimal tezlikdagi yoki anaerob sharoitlarda bajariladigan siklik dinamik ishlarda muskullarda ATF va KRF kanchalik kup bulsa ishlayotgan muskullarning energiya bilan ta’minlanishi shunchalik kuprok vaktga chuziladi.
Bundan tashkari kiska masofalarni utishda charchashni yuzaga keltiradigan omillardan yana biri kislorod karzining tuplanishidir. Organizmda kislorod karziga chidamlilikning ortishi ish muddatini uzaytirish imkonini beradi.
YUkori malakali sprinterlar kislorod karzi 20 l ga etganda xam ish kobiliyatini saklash imkoniyatiga ega buladilar, ya’ni ularda kislorod karziga chidamlilik past malakali sportchilarga nisbatan yukori buladi.
CHidamlilik turlaridan yana biri bulgan gipoksiyaga chidamlilikning fiziologik asoslari bilan tanishib chikaylik.
Tog sporti bilan shugullanuvchilari, ayniksa, alpenistlar baland tog chukkilarni zapt etishda kuchli kislorod tankisligiga duch keladilar.CHunki dengiz satxidan balandlikka kutarilgan sari atmosfera xavosining bosimi kamayib boradi,uning tarkibiy kismi bulgan kislorod xam atmosfera bosimiga
mos xolda kmayib boradi.Tog sharoitlaridagi kislorod tankisligi ayniksa dengiz satxidan 3000 m dan baland joylarda sezilarli bulib,yanada kutarilgan sari u kuchayib boradi.
Alpenizm bilan muntazam shugullanishi organizmning kislorod tankisligi (gipoksiya) ga chidamliligini rivojlantiradi.Bunday xolatda,asosan organizm tukimasi va xujayralarning kislorod bilan ta’minlaydigan sistemalar funksiyasi uzgaradi va gipoksiyaga chidamlilikni ortishiga imkon beradi. Kon tarkibida eritrotsitlar soni,gemoglabin mikdori kupayadi.YUrakning dakikalik xajmi ortadi,upka ventelyasiyasi kupayadi tukimalarning kislorod uzlashtirishi yaxshilanadi va x.k.Tog sharoitida bajariladigan muskul ishlarida organizmda yuzaga keladigan uzgarishlar mazkur kullanmadagi, past atmosfera bosimining sportchi ish kobiliyatiga ta’siri xakida bayon kiluvchi bobda ancha tulik yoritilgan. Tog sharoitida utkaziladigan sport musobakalarida sportchining soglikka chidamliligining ortishi xam zurur axamiyatga ega.Masalan; tog changisi buyicha sport musobakalarda sportchining sovukka chidamliligi uning
ish kobiliyatini yukori darajada saklash uchun muxim omillardan biri buladi.
Ma’lumki past xaroratli sharoitlarda tana xaroratini normal xolatda saklash uchun kimiyoviy termoregulyasi (issik ishlanishi) bir muncha ortadi.Bu xol moddalar almashinuvining tezlashishi okibatida organizm kuprok energiya sarflashini takoza etadi.Demak,organizm ish bajarishi uchun sarflanadigan energiyaning tana xaroratini doimo saklash uchun sarflanadi.Natijada organizmning ish kobiliyati ma’lum darajada kamayadi.
Tashki muxit xarorati past bulgan sharoitlarda sport bilan muntazam
shugullanish okibatida organizm sovukka chidamliligi ortadi.Bunday chidamlilikning rivojlanishida asosiy fiziologik mexanizm bir tomondan,organizmda issiklik yukolishining kamayishi, ikkinchi tomondan,asosiy almashinuvning (xayotiy jarayonlarni) saklab turishi uchun sarflanadigan energiya mikdorining ortishidan iboratdir.
CHidamlilikning turlaridan yana biri, organizmning yukori xaroratli sharoitda uz ish kobiliyatini yukori darajada mumkin kadar kuprok vakt saklay olishidir.
Kuch bilan bajariladigan ishga chidamlilik.CHidamlilikning bu turi xarakatning optimal kuch xususiyatlari uzok vakt davomida ushlab turish kobiliyatidir.Kuchning chidamli bulishi uzok vakt davomida xarakatga bulgan yukori darajadagi karshilikni engish uchun zarur bulgan sport mashklarida, masalan; suzish, eshkak ortish, tog changisi va elka sporti kabi sport ishlarida yukori natijaga erishish uchun muxim axamiyatga ega.
Statik ishlarni bajarishga chidamlilik-chidamlilikning bu shakli uzok vakt davomida statik kuchlanishlarni,masalan; ogirliklarni kutarib turish gavdaning kuzgalmas xolatini saklab turish, burchak ushlab turish kabi ishlarni bajarish kobiliyatidir.Bunday ishlarni bajarishda muskulning tarangligi muxim axamiyatga ega buladi.
Kutarilib turadigan yuk bilan statik kuchlanish muddati urtasidagi boglanish giperbal-egri chizik orkali ifodalanishi mumkin.Ushlab turiladigan yuk kanchalik kup bulsa, uni ushlab turish vakti shunchalik kiska buladi.
Anaerob sharoitida ish bajarish

Anaerob ish unumi organizmda anaerob,ya’ni energiyaga boy moddalarning kislorod ishtirokisiz parchalanishi xisobiga energiya xosil bulishidir.Anaerob energiya manbalari alaktat va laktat kismiga bulinadi:anaerob alaktat energiya manbalariga muskullardagi makroergli fofor birikmalari (AUF,KRF) shuningdek,muskul ishi vaktida xosil buladigan energiyali moddalar


kiradi.Tukimalardagi AUF tuplamlari,shuningdek fosfor birikmalari ishtirokida yuz beradigan reaksiyalar juda kiska vakt ichida ishlayotgan organlarni juda kup xajmdagi energiya bilan ta’minlash kobiliyatiga egadirlar.Sport faoliyatida engil atletika,sakrashlar,uloktirishlar,ogir atletikada-shtangani kutarish,kiska masofalarga yugurish,trekta veloseped poygasi kabi ishlar asosan yukoridagi mexanizm buyicha energiya bilan ta’minlanadi.
Anaerob laktat (sut) manbalari,muskullar va jigardagi glikogen tuplamlarining sut kislotasigacha parchalanishi va AUF xamda kreatin fosfat xosil bulishi bilan boglik buladi. Bunday yul bilan energiya xosil bulishi anaerob alaktat yulga nisbatan ancha sekin boradi va uzok muddatga chuziladi,lekin kam kuvvatga ega buladi.Anaerob laktat energiya manbalari urta masofalarga yugurish,eshkak eshishi,kurashning xar xil turlari,boks kabi sport faoliyatida energiya bilan ta’minlashda axamiyatga ega.
Organizmda energiya xosil bulishining kursatilgan ikkita mexanizmi organizmning kislrod bilan etarli mikdorda ta’minlamagan sharoitda ish bajarishida kuzatiladi,shuning uchun xam ularning anaerob ish unumi deb yuritiladi.Bunday sharoitda kislorod karzi yuzaga keladi.Kislorod karzi,ishning bajarilishiga talab etilayotgan mikdordan kam kislorod uzlashtirish okibatida etishmagan kislorod mikdoridir.Anaerob ish unumi kislorod karzining maksimal mikdori bilan belgilanadi.Kislorod karzining mikdori organizmning anaerob imkoniyatlar kursatkichi xisoblanadi.Organizmning faoliyatida kanchalik kislorod karzi kup bulsada, organizm kislorod etishmagan sharoitda shunchalik kup vakt ish bajarish kobiliyatiga ega buladi.Sport faoliyatidagi tekshirishlarda, kislorod karzi 20-25 l ga etguncha xam sportchilarning shiddatli ish bajarishi mumkinligi aniklangan.Lekin shunday kislorod karzi fakat yukori darajada chinikkan sportchilarda kuzatiladi.Xalkaro klassdagi sport ustalarida kislorod karzi 22,8 l gacha etadi,sport bilan shugullanmaydigan shaxslarda esa 4-7 l dan oshmaydi.
Energiya anaerob manbalari,aerob manbalarga nisbatan ancha kup marta tejamli bulib, ularda ishlayotgan organlarga kislorod etishmagan sharoitlarda foydalaniladi.

Aerob sharoitida ish bajarish


Organizmning aerob reaksiyalari deganda, kislorod ishtirokida utadigan ovkat moddalarining parchalanish reaksiyalari xisobiga energiya xosil bulishini tushunamiz.


Aero jarayonlar rivojlanishi asta-sekin boshlanib, maksimal darajaga kutarilishi uchun odatda shiddatli ish boshlanganidan keyin,2-5 dakika kerak buladi.Organizmda glyukoza va yoglar tuplamining ancha kup bulishi va atmosferadan kislorod uzlashtirishi tufyli anaerob energiya manbalari organizmning uzok vakt davomida ish bajarishiga imkon beradi.
Energiya xosil bulishining xar xil yullari urtasidagi nisbat ishning davom etish muddatiga boglik buladi,ish muddatining ortishi bilan anaerob yul bilan energiya xosil bulishining axamiyati xam ortadi.
Uzok muddatli shiddatli ish bajarilganda glikogen va uglevodla almashinuvi muxim axamiyatga ega, birok shu bilan birga kup mikdorda yoglar xam oksidlanadi.Uglevodlarning tuplamlariga muofik ularning aero parchalanishidan 1600-1800 kkal,energiya xosil bulishi mumkun.
YOglarning oksidlanishida esa, ularning tuplamlariga muofik (gavda vaznining 10 foizi) 400 kkal xosil bulishi kerak.Bunday xolatda organizmdagi glikogen tejami 2-3 soat davomida ishlashni,yog tejami esa,(3-4kg), bir kancha kun davomida

ish bajarishni ta’minlashga etgan bulardi.Lekin ish bajarishda yoglarning energiya materiali sifatida ishlatilishi chegaalangan bulardi.Buning sababi xozircha aniklanmagan siklik xarakterli dinamik ishlarni bir necha dakika yoki soatlab davom etishi,masalan veloseped sporti,suzish,yugurish kabi ishlarda energiya xosil bulishi asosan aerob yul bilan buladi.


Aerob ish unumi (AIU)-deb muskul faoliyatida organizmga kislorod kirishini,uni tashilishini va uzlashtirilishini ta’minlaydigan xamma funksional xususiyatlar tushuniladi.
AIU turtta gurux omillariga boglik.
1.Organizmga kirishiga javobgar omillar (ventelyasiya sistemasi).
2.Kon bilan boglanishni belgilaydigan omillar (kon sistemasi).
3.Tukimalarga tashilishini ta’minlaydigan omillar(kon aylanish sis-
temasi).
4.Tukimalarninguzgarish omillari (tukimalar).
Energiya xosil bulishida aerob usullarning birgalikda utishi yakkama yakka olishuvlarda,sport uyinlarda,murakkab uygunlikdagi xarakatlar bajariladigan sport turlarida muxim axamiyatga ega buladi.SHunday kilib,organizmning energiya bilan ta’minlanishi anaerob va aerob yullar orkali amalga oshadi.

Maksimal kislorod uzlashtirish (MKU).


Xar bir shaxs uzlashtira oladigan kislorodning maksimal mikdori mazkur shaxs organizmning aerob imkoniyatini belgilaydi:


1.Dakika uzlashtirilgan kislorodning maksimal mikdori maksimal kislorod uzlashtirish deyilib,l/dak. bilan ifodalanadi yoki uning nisbiy kurrasi nisbiy kursatkichi 1 dak.da 1 kg vaznga ml.xisobiga (ml,kg,dak) belgilanadi.
Organizmning MKU ga erishganini bildiruvchi kursatkichlarga nafas koeffitsienti (NK) ning 1,1-1,2, yurakning 1 dak.dagi kiskarish sonining 190-200 ga etishi, arteiya kon bosimining 180-200 mm.s.u. ga tenglashishi kiradi.MKU ning kattaligi kuprok (80 % gacha) irsiyatga boglikligi kursatilgan.
Butun dunyo soglikni saklash tashkiloti (DSST) ning dalilariga kura,sport bilan shugullanmaydigan katta yoshli erkaklarda MKU urtacha xisobda 3.1 l/dak yoki 42-44 ml/kg/dak./, ayollarda ularga nisbatan 17-26 % ga kamrok buladi.Odamning jsimoniy aktivligi uning anaerob ish unumigata’sir etadi.Xar kanday shiddatli faoliyat bilan shugullanadigan ser xarakat kishilarda MKU, shu yoshdagi sust xayot kechiradigan kishilarga nisbatan yukori buladi.SHuning uchun, xamma mamlakatlarda MKU darajasi buyicha kishilarning jismoniy ish kobiliyati belgilanadi.
Sportning siklik turlari buyicha shugullanuvchi xar xil jismoniy tayyorgarlik kurgan sportchilar bilan utkazilgan tekshirishlar,ularning kup yil davomida muntazam shugullanishi natijasida MKU ini 30-35 % ga oshganini kursatgan.Ayni vaktda ularda ish kobiliyati xam ortgan.
Aerob jara jarayoni kuvvatining ishonchli kursatkichi shuki, organizmdagi asosiy funksional sistemalarning,birinchi navbatda nafas,yurak-tomir va kon
sistemalarining uzaro munosabati samarali buladi.Bu sistemalar ishining maksimal safarbar etilishi natijasida maksimal kislorod uzlashtirishga erishiladi.Jismoniy ish bajarilganda organizmning kislorod bilan ta’minlanishining ortishi, eng avvalo tashki nafas apparatining funksiyasi darajasiga yuoglik buladi.Sport faoliyatida nafas organlari organizm uchun zarur bulagan mikdorda kislorod etkazib berish kerak buladi.Bunday vazifani bajarish uchun nafas tezligi va nafas chukurligi ortadi,ayniksa nafas chukurligining ortishi muxim axamiyatga ega buladi.Nafas tezligining minutiga 60-80 ga etganida va nafas olish xavosi xajmining 2-3 l ga ortganida, kislorod
uzlashtirilishining yukori darajada bulishi aniklangan.Nafas organlari funksiyasining bunday uzgarishi yukori darajada jismoniy rivojlangan,chidamlilikka chinikkayotgan malakali sportchilarda kuzatiladi.Jismonan chinikmagan kishilarda nafas organlari ishining kuchayishi asosan nafas tezligining ortishi xisobiga buladi.Nafasning minutlik xajmi yukori malakali sportchilarda 120-180 l/dak. Va undan ortik bulishi mumkin.Nafasning muniutlik xajmining xaddan tashkari ortishi xam kislorod uzlashtirilishining kupayishiga olib kelmaydi.CHunki kislorod uzlashtirilishi upka orkali utayotgan konga,undagi gemoglabin mikdoriga boglik.
YUrakning xar bir kiskarishida arteriyaga okib chikayotgan kon, jismoniy mashk bajarishda 180-200 ml ga yurakning 1 dakikadagi kiskarish soni 180-200 martaga,konning dakikalik xajmi esa 30-35 l ga etishi mumkin.Bunday xajmdagi konning minutlik xajmini ta’minlash uchun yurak yaxshi rivojlangan bulishi kerak.CHidamlilikni rivojlantiradigan mashklar bilan muntazam shugullanish, yurak xajmining ortishini ta’minlaydi.Bunday mashklar bilan shugullanuvchi yukori malakala sportchilarda yurakning absalyut va nisbiy xajmi yanada ortik buladi.YUrakning vakt birligidagi kiskarish soni tinch xolatda yana kam buladi.YA’ni ularda bradikardiya yuzaga keladi.Bradikardiya sportchining umumiy jismoniy chinikishi ortganligi natijasi deb karaladi.Bunday xolat kupincha yuguruvchilarda, velosepedchilarda,changichilarda va shunga uxshash mutaxassislarda kuzatiladi.
Maksimal kislorod uzlashtirilishida konning axamiyati uning kislorod sigimi,ya’ni 100 ml.konning biriktirma oladigan kislorod mikdori bilan belgilanadi.Konning kislorod sigimi undagi gemoglabin mikdoriga boglik buladi.Sportchilarda xar bir litr kon 230-250 ml.kislorodni biriktiradi,sport bilan shugullanmaydiganlarda esa, bu kursatkich 170-190 ml. ni tashkil etadi.SHunday kilib, sportchilarda konning kislorod sigimi 20-25% xajmga teng buladi.Tinch xolatda arteriya-vena konidagi kislorod farki 100 ml.konda 6 ml. bulib, jismoniy ish bajarishda 15-16 ml. ga etishi mumkin.Demak,ish bajarganda tukimalar tinch xolatdagiga nisbatan 25 marta kup kislorod bilan ta’minlanadi.Kislorodning kondan tukimalarga utishi oksi gemoglabinning parchalanish tezligiga boglik.Oksigemoglabining tana xarorati ortganda va kon reaksiyasi kislotoli tomonga surilganda tezlashadi.Maksimal kislorod uzlashtirishga erishilganda shunaday sharoit yuzaga keladi,ya’ni xarorat kutariladi va kon reaksiyasi kislotoli
tomonga siljiydi.Demak,oksigemoglabin parchalanishi tezlashadi,tukimalar kislorod bilan kuprok ta’minlanadi.
Sportning xar xil turlari bilan shugullanuvchi sportchilarda bajariladigan mashklarning xususiyatlariga karab,kislorodag talab turlicha buladi.Sportning siklik turlari buyicha chidamlilikka chinikayotgan yukori malkali sportchilarning ayrimlarida MKU 6,5 l xatto 7,1 l gacha etishi yoki uning nisbiy mikdori 90 ml/kg/dak. ga borishi mumkin.
Aerob yul bilan energiya xosil bulishi fakat sport turiga boglik bulmasdan,
sportchining jinsiga,yoshiga va boshka omillariga xam boglik buladi.SHuni kursatish kerakki,MKU ning absalyu mikdori gavda vazni bilan bevosita boglik bulsa,uning nisbiy mikdori yukkori malakali sportchilarda gavda vazni bilan teskari belgilanishda buladi.

Foydalanilgan asosiy adabiyotlar:


1.Sport fiziologiyasi. I.G. Azimov.SH.S. Sobitov.Tashkent 199


2.Problemы fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., 2003
3.A.S.Solodkov, E.B.Sologub. Fiziologiya cheloveka. Obщaya. Sportivnaya.
Vozrastnaya –M.,2010



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin