Foydalanish xarakteri va xususiyatiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: O‘quv-sport inshootlari, faqat o‘quv – sport protsessii uchun mo‘ljallangan.
Namoyish inshootlari, tomoshabinlar ishtirokida musobaqa o‘tkazishga mo‘ljallangan.
Axoli dam olishi uchun mo‘ljallangan.
O‘quv sport inshootlariga o‘quv yurtlari, maktablar, litsey, kollejlar, institutlar va katta sportchilar tayyorlash o‘quv sport markazlari bazalari kiradi.
Tomoshabinlar uchun maxsus joylar mavjud inshoot namoyish (demonstratsion) inshootlari deb ataladi. Bularga stadionlar, sport saroylari, universal maydonlar, velotrenlar va boshqa o‘tirish uchun tribuna, skomeyka, stullar, shuningdek, turib tomosha qiladigan joylari bo‘lgan bazalar.
Aholli aktiv dam oladign sport inshootlariga dam olish zonalari, istiroxat bog‘lari, o‘rmonlar qoshida, tog‘lar etagida tashkil qilingan sog‘lomlashtirish sport bazalari kiradi. Bulardan tashqari maxsus davolash sog‘lomlashtirish, bolalar sport mashg‘ulotlarini o‘tkazadigan inshootlar ham bo‘ladi. Sport inshootlarini arxetiktura reja va konstruktiv hajmiga qarab hajamlik (obyemniye) va tekislik (ploskosnoye) inshootlariga bo‘linadi. Hajmlik inshootlariga sport zallari sport saroylari, yopiq basseyn va manejlar, tekislikdagi esa futbol maydonlari, sport o‘yinlari maydonchalari, yengil atletika va konkida uchish yo‘laklari, changi va tog‘ chang‘isi trassalari, kross chopish masofalari va boshqalar.
Sport inshootlari klassifikatsiyasi O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan klassifikatsiyasiga muvofiq sport inshootlari, ularning quvvatini hisobga olgan taqdirda maxsus, ayrim sport turlari uchun mo‘ljallangan (faqat suzish basseyni, sportzal, velotrek, maydonlar yo‘laklar va x.k) va kompleks sport inshootlari (bir necha mustaqil, lekin bir joyda joylashgan yoki bir binoda joylashgan inshootlardan iboratdir (stadionlar, sport saroyi, bir necha xovuzlik basseyin, bir necha zalga ega bino va x.k.).
Sport inshootlari rejalashtirish hajmiga qarab ochiq va yopiq bo‘ladi.Yopiq inshoot bu o‘quv sport ishlari, musobaqalar yopiq zallarda sport saroylari va x.k. o‘tkaziladi. Ochiq inshootga barcha ochiq havoda ya’ni binodan tashqarida joylashgan sport bazalari kiradi.
Har bir sport inshooti o‘z strukturasiga ko‘ra uchta elementdan iborat:
Asosiy inshoot.
Yordamchi sport inshooti.
Tomoshabinlar uchun qurilma.
Asosiy inshootlarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Agarda sport inshootlari faqat o‘quv sport ishlarida mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda tomoshabinlar maxsus joy bo‘lmaydi.
Asosiy inshoot hajmi, kengligi, balandligi, jixozlari davlat standart normalariga mos sport turlari qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart.
Yordamchi binolar shug‘ullanuvchilar va musobaqa qatnashchilariga xizmat qiladi. Bunga: garderoblar, yechinish xonasi, yuvinish, massaj, murabbiy – o‘qituvchilar, vrach xonalari, metodik kabinet, xakamlar xonasi, sportchilar uchun xamom va boshqa xonalar.
Bundan tashqari sport inshootlaridan foydalanishni ta’minlovchi xizmat uchun , ya’ni ma’muriyat, xo‘jalik, injener-texnik xodimlar, isitish, yoritish va radio eshittirish xizmati uchun xonalar.
Tomoshabinlar uchun tribuna (doimiy va ko‘chma) skameykalar, stullar turish uchun joy. Vestibyul, foyye, bufetlar, dam olish xonalari, xojatxona kioskalar va x.k.
Sport inshootlari klassifikatsiyasida yagona terminlar qabul qilingan. Quyidagi qisqacha namunaviy xarakteristikani keltiramiz.
1. Ochiq maxsus sport inshooti. Basketbol maydoni maxsus tekislangan to‘g‘ri burchakli maxsus ishlangan va belgilangan maydoncha bo‘lib, belgilangan va jixozlangan bo‘ladi.
2. Ochiq kompleks sport inshooti, stadion kompleks inshooti bo‘lib, sostavida tribunallik sport arenasi, maydonchalar, futbol maydoni, yengil atletika yo‘lagi va sakrash sektorlari. Maxsus yopiq sport bazalari ham bir joyda joylashgan bo‘ladi.
3. Yopiq maxsus sport inshooti: Sportzal ayrim sport turiga mo‘ljallangan sport mashg‘ulotlari va musobaqalarni ayrim turlari bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘lgan bino.
4. Yopiq kompleks sport inshooti, kompleks basseyn, maxsus qurilgan bir necha hovuzga ega bo‘lib, o‘zining injener texnik ko‘rsatkichi va jixozlari bilan sport mashg‘ulot va musobaqalari o‘tkazishga mo‘ljallangan baza. Bunda suzish, suvga sakrash, suv polosidan musobaqa o‘tkazish, bolalarga suzishni o‘rgatish uchun sharoit yaratish.