Vertikal rejalashtirish. Sport maydoni asosi uchun yerning notekisligidan maksimal foydalanilgan holda kerakli qiyalik tan- lanadi. Yerning relyefini hisobga olgan holda sport maydonlarini qurishning bir nechta varianti berilgan.
Sport maydonlarining qoplama konstruksiyasiga ko‘ra sirtini nishab kattaliklari
Variant «b» juda ko‘p ish kuchi talab qiladi, chunki yer kovlash ishlari hajmi katta.
Variant «d» qulay deb hisoblanadi. Lekin «d» variantida vo- leybol maydoni pastlikda joylashganligi sababli zaxob suvlarini tushishi uchun drenaj sistemasi ishonchli bo‘lishi kerak. Ishni boshlanishida vertikal planirovkadagi ishlar qanday olib borilishi aniqlanadi, oldin yer qazish ishlarini kartogrammasi tuziladi va qurilish maydonlari kvadratlarga bo‘linib (2x2 yoki 3x3 metr) ish ko‘riladi. Qoziqlar yordamida reja ipi tortilib yer tekkislanadi.
Maydonlarning qoplamalarining konstuksiyasi quyidagicha bo‘ladi:
Tekis, zich va elastik bo‘lishi shart, chunki koptokning sakrashi ta’minlanishi, suvni yaxshi shimadigan va namlikni ichi- da saqlaydigan bo‘lishi kerak.
Оb-havo ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy tomondan ijobiy bo‘lishi kerak.
Maxsus qoplamali maydonlar konstruksiyasi gidrogeologik va ob-havo sharoitlari bilan uzviy bog‘liq. Suvni yomon o‘tkazadigan tuproqli va soz tuproqli yerlar nobob qoplamalarga kiradi. Bu turdagi qoplamalarning ustidan shag‘al yotqiziladi. Suvni yax shi o‘tkazadigan qoplamalar qum ustidan yotqiziladi va may- donchalarning konstruksiyasini soddalashtirish maqsadida pastki qatlamlarning qalinligi kamaytiriladi yoki bir qatlamli qilinadi. Maydonchalarda suv to‘planib qolmasligi uchun sathi nishabli va maydon atrofi bo‘yicha ariqchalar qoplangan bo‘ladi. Suvni yaxshi o‘tkazgan qoplamlar sun’iy yoki tabiiy qoplamalardan tayyorlanadi.