Spоrt inshооtlari nazariyasi sport maydonlarining oriyentatsiya va konstruksiyasi hamda o‘lchamlari


SPORT ARENALARIDAGI MINBARLAR TURLARI



Yüklə 314,92 Kb.
səhifə6/7
tarix17.05.2023
ölçüsü314,92 Kb.
#114929
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish

SPORT ARENALARIDAGI MINBARLAR TURLARI
Ikki qavatli tribunalar arena tarafidan qaralganda, qavatlar quyuq soyalik tufayli boy plastik ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Sport arenasining g‘arbiy tomonida joylashgan to‘g‘ri bir tomonli tribuna optimal ko‘rinish sharoitida rejada turli shaklda bo‘lishi mumkin. U asosan 18-20 ming o‘rinli stadionlarda keng qo‘llanilmoqda. Ko‘p sonli tomoshabinlarni joylashtirish maqsadida to‘g‘ri tra- petsiya yoki egri chiziqli shakldagi tribunalar qo‘llanilmoqda. Bunday tribunalar 35-40 ming va undan ko‘p o‘rin sig‘imiga ega. Ko‘p hollarda uch tomonli to‘g‘riburchakli, taqasimon yoki egri chiziqli (oval shakliga yaqinlashuvchi) sport arenasining yon tomonidan bo‘lingan tribunalar keng tarqalmoqda.
(Kanada Dyusseldorf (Germaniya), Vankuver), Pasandene (Rouzboul, Kaliforniya) shaharlaridagi stadionlar bunga misol bo‘la oladi. Uch tomonli tribunalarning yana bir turida sport arenasining g‘arbiy tomonida ko‘p sonli tomoshabinlar joylashtirilgan bo‘lib, asosan kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan musobaqalar vaqtida sport arenasi ko‘rinishiga ijobiy ta’sir etadi.
Bunday turdagi tribunalarga Izmaylovkadagi (Moskva), Mes- sindagi hamda Minsk va boshqa shaharlardagi stadionlar misol bo‘la oladi.
Zamonaviy 100 ming va undan ko‘p o‘rinli stadionlarda ikki- uch qavatli, yopiq ko‘rinishli tribunalar qo‘llanilmoqda. Bundan turdagi tribunalarning rejadagi shakllari turlicha: to‘g‘ri, yon to- monlari qavariq, oval, doiraviy va boshqalar.
Оptimal ko‘rinish diagrammasida katta o‘lchamli tribunalar- dagi futbol maydonidan eng uzoq nuqtada (190 metr) turgan to- moshabinlar chiqib ketishlarining maksimal qulayligi ko‘rsatilgan. Ammo zamonaviy Оlimpia stadionlarida chiqish uzoqligi 240-250 metrga yetib arenani tomosha qilishni faqat qurollangan ko‘z bi- lan amalga oshirish mumkin. Bunday o‘lchamlarga rejada turlicha shaklga ega bo‘lgan tribunalarni kiritish mumkin.
Mexiko stadioni kabi doira ko‘rinishidagi tribunalarning sig‘imi 40-50 ming bo‘lib, qo‘shimcha tik turib tomosha qilish uchun katta miqdorda joy ajratilgan.
Ellips va S ko‘rinishli zamindagi tribunalar yangi tribunalar bo‘lib, Gannoverda loyihalangan zamindagi stadionda zamonaviy yechimi aks etdi. Bunda ellips ko‘rinishli stadion qismi yer sirti- dan chuqurda joylashtirildi, o‘roqsimon qismi esa (tuproq) to‘qma tepalik ko‘rinishga ega bo‘lib, tribunaning bu qismi sport arena- sining g‘arbida joylashgan. Ellipssimon tribuna 25 ming o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘riksimon qismi esa 50 ming tomoshabin- ning tik turishi uchun mo‘ljallangan.
Budapeshtdagi sport arenasi bo‘ylama joylashgan stadion tri- bunasi taqasimon ko‘rinishga ega. Tribunaning konstruksiyasi qorishiq-temir-beton va tuproqdan tashkil topgan. Bunday shakl ommaviy sport harakatlari kechayotgan maydon atrofiga ko‘p sonli tomoshabinlarni (100 ming) joylashtirish ehtiyojidan kelib chiqqan. Tribunaning tashqi o‘lchamlari ko‘rish chegarasidan (190m) tashqariga chiqib ketgan, 240 metr va undan ko‘p masofani qurollangan ko‘z bilangina tomosha qilish imkoni mavjud. Tribunalarni rejada loyihalashtirish bevosita qirqim qurilishiga bog‘langan bo‘lib, ular birgalikda tribunaning konstruktiv tuzi- lishini va arxitekturaviy kompozitsiyasini aniqlaydi.
Quyida tribuna qirqimlari uchun xarakterli sxemalari ko‘rib chiqiladi: bir quvvatli, zaminda, temir-betondan bunyod etilgan bir qavatli yopmali va yopmasiz, bir qavatli va ikki qavatli qorishiq, tuproqli va temir-betonli-yopmali va yopmasiz, ikki qavatli temirbeton va bir qavatli hamda ikki qavatli metall konstruksiya.
Zamindagi tribunalar profilining bir necha turlari mavjud:

  • yer ustiga to‘kma (tuproq) tribuna, orqa tomonida qiyaligi bilan yoki to‘siq devorli;

  • yer sathidan pastda joylashgan tribuna;

  • yer ustiga qisman to‘kma (tuproq) tribuna, orqa tomonida qiyaligi bilan yoki to‘siq devorli nisbatan bir qismi yer sathidan pastda;

  • tribunaning katta qismi yer sathidan pastda, tribunaning ki- chik qism-to‘kma (tuproq) orqa tomonidan ikki qiyaligi yoki to‘siq devorli terrasalari bilan;

  • Tomoshabinlar qatorlarining zamindagi tribunalardagi kon- struktiv yechimlari ko‘rsatilgan.

Stadion tribunalarning takomillashish jarayonida ularning yangi turlari-temir-beton va zamin qorishiq tribunalari yaratilmoqda. Birinchi marta Los-Anjeles shahridagi Оlimpia stadionida bu turdagi tribunalar qurilgan (AQSh, 1932-yil). Bunda tribunaning pastki qavati zamindagi qiyalikda, yuqori qavat esa temir-beton qurilmalardan tomoshabinlar uchun 25 qator o‘rinlari bilan tashkil etilgan. Tribunalar ostida xizmat ko‘rsatish xonalari joylashgan. Xuddi shunday ikki qavatli tribuna Neapol shahridagi stadionda ham qo‘llanilgan bo‘lib, tribunaning ikkinchi qavati birinchi qavati uchun himoya yopmasi ko‘rinishida xizmat qiladi.
Tribunalarning to‘lishi va tomoshabinlarning evakuatsiyasi luklar orqali amalga oshirilib, ular qabul qilingan o‘tish joylariga qurilgan. Luklar orqali o‘tish sistemasi ikki yuklama ochiq yoki bir varakay tarqalish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bir varakay tarqalish tomoshabinlarning luklar oldida to‘planishini kamay- tirib, evakuatsiyani bir tekis tashkil etish imkonini beradi. Tomo- shabin o‘rinlarini seksiyalarga bo‘lish har bir seksiyadagi qator 50 o‘rindan oshmasligi va qator chuqurligi 75-80 sm bo‘lishi kerak. Tomoshabin o‘rini o‘lchamlari: uzunligi bo‘yicha 40-42 sm, eni 30-35 sm, o‘rindiqning o‘tish polidan balandligi 45 sm, qator oralig‘idagi o‘tish joyining eni 45 sm.



Yüklə 314,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin