Musobaqadan oldingi mezotsikllar. Bu tipdagi mezotsikllar yuqoridagi aytilgan mezotsikllar bilan ma’lum o‘xshashliklarga ega bo‘lishi bilan birga farqlari ham mavjud. Asosiy farq shundaki bu mezotsiklda bo‘ladigan musobaqalarning dasturi va tartibi, to‘liq shakli bo‘lishi hal qilinuvchi lahzalarda sportchini optimal holatda tayyorlashga kafolat beradi.
Musobaqali mezotsikllar. Asosiy musobaqalar davrida bu forma mosdir. Bu tipdagi har bir mezotsikl keltiruvchi mikrotsikldan va asosiy musobaqani o‘z ichiga olgan mezotsikldan ibo rat bo‘ladi. O‘zining turlariga, dastur xususiyatlariga, qatnashuvchilar soniga qarab munosabat mezotsikllari, bir necha variantlarga bo‘linadi.
Qayta tiklovchi-tayyorlovchi va qayta tiklovchi-ushlab turuvchi mezotsikllar. Birinchi turdagi mezotsikl asosan bazali yoki shli fovkali mezotsikl kabi tuzilsada lekin dastlab bir-ikkita qayta tiklovchi mezotsikllarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa yanada yumshoqroq mashg‘ulot rejimi va qayta ulanish effektidan to‘laroq foydalanish bilan xarakterlanadi. Agar bu mezotsikllar asosiy musobaqalar orasida bo‘lsa bularni yana oraliq mezotsikl deyiladi.