2.3. Mashg‘ulotning makrostrukturasi
Sport mashg‘ulotini davrlashtirish asoslari. Yillik va yarim yillik mashg‘ulot sikllari asosan 3 davrga bo‘linadi:
Tayyorlov.
Musobaqaviy.
O‘tish davri.
Sport formasi pedagogik nuqtayi nazardan qaraganda sportchining yutuqqa erishishiga optimal tayyor ekani hamma tomonlarning (komponentlarning) psixik, jismoniy, sport-texnik va taktik jihatdan tayyor ekanining garmonik birligidan iboratdir. Ilmiy tekshiruvlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Bu jarayon 3 fazadan formaga kirish, uni saqlash (nisbatan stabillashtirish) va sport formasini vaqtincha yuklatishdan iboratdir. Sport shakli, rivojlanish fazoviyligi mashg‘ulot davrlarining tabiiy asoslaridir.
Katta, masalan yillik, vaqt bo‘limlaridagi mashg‘ulot jarayoni ma’lum davrlar bo‘yicha tuziladi, boshqacha aytganda qonunqoidalarga bo‘ysunadigan davriy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, ular mashg‘ulot tuzilishi va mazmunining hamma elementlari: uning yo‘nalishi, vositalari, metodlari, umumiy va maxsus tayyorgarlik munosabatlarining jismoniy yuklanish dinamikasi va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Sport shaklini biz optimal (eng yaxshi) tayyorgarlik holati sifatida aniqlab u sportchi tomonidan takomillashuvining har bir yangi bosqichda mos holda bo‘lgan tayyorgarligi natijasida egallanadi. Sport shakli ko‘p qirrali hodisalardir. Fiziologik nuqtayi nazardan bu maxsus mu shak ishlarini sport formasida bo‘lmagan paytda yuqori funksional saviyada baja rish qobiliyatidir. Funksiyalarni tejash ya’ni bir qator fiziologik o‘zgarishlarni chegara bo‘lmagan standart ishlarni bajarishda kamaytirish yuksak stabillik va shu bilan birga sport harakat malakalari dinamik stereotiplarining va refaolligi (o‘zgaruvchan moslashuvchi); yuqori darajada, ya’ni organizmning tez ishlab chiqishligi va harakat faoliyat jarayonida almashinishi takomillashgan qobiliyati; tiklanish jarayonining tezlashuvi; sport formasi tog‘risidagi psixologik tasavvurlar hozircha to‘liq bo‘lmay yetarli darajada aniqlashtirilmagan. Shunday bo‘lsa ham quyidagilarni ajiratish mumkin: ayrim maxsuslashtirilgan qabul qilishlarni yaxshilash (chang‘ichilarda chang‘i sezgisini, suzuvchilarda suv sezgisini va h.k); harakatni ongli ravishda boshqarish imkoniyatini va sporttaktik fikrlashning ijodiy namoyon bo‘lishini oshirish; irodaviy kuchlanishlarning oshirilgan diapozonini, ya’ni chegaraviy-irodaviy kuchlanishlarni bajarish imkoniyatlari.
Dostları ilə paylaş: |