Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


To’psiz o’yinchi uchun to’siqlarni qo’llash



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

To’psiz o’yinchi uchun to’siqlarni qo’llash
, to’pli o’yinchiga 
qo’llashga nisbatan, ba’zan taktik jihatdan maqsadga muvofiqroq, 
chunki e’tiborsizroq ta’qib qilishadi (1-rasm). 
To’siqqa to’qnashtirish
. Hujumchi ma’lum vaqtda static 
holatda turgan o’z sheriklarining hoxlaganidan, ta’qib qiluvchi 
himoyachi yo’lida to’siq sifatida foydalanishi mumkin. Sherikning 
yo’nginasidan katta tezlik bilan yugurib o’tayotib, hujumchi uni 
ta’qib qilayotgan himoyachini sherigiga yoki himoyachiga 
to’qnashishga majbur qiladi. Bu bilan hujumchi huddi uni ta’qib 
qilayotgan himoyachini ko’zlagan pozisiyada turgan sherigiga 
to’qnashtiradi.
1-rasm.
To’psiz harakat qilayotgan basketbolchilar tomonidan 
qo’yiladigan to’siqlar. 
To’qnashtirishni to’psiz hamda to’pli o’yinchilar bilan amalga oshirish 
mumkin. To’p olib ketayotgan o’yinchi to’pni uzatib, himoyachini sherigiga 
to’qnashtirishga erishganidan keyin, undan to’pni qaytarib olish yo’li bilan 
savatga hujum qilishni yakunlash
i mumkin. Bunday holda, to’qnashtirishni 
uyushtirayotgan o’yinchi to’qnashtirish amalga oshgan zahoti raqib shchiti 
tomonga tezda chiqishi kerak. 


42 
2-rasm.
To’p bilan harakat qilayotgan basketbolchilar 
tomonidan qo’yiladigan to’siqlar. 
To’qnashtirishning hamma variantlarida asosiysisi – raqibni 
to’qnoshtirmoqchi bo’lgan o’yinchi o’z jamoadoshi yonidan unga 
juda yaqinlashib tez o’tishdir. Bu o’zaro harakatni qiynalmasdan 
amalga oshirish uchun bir oz oldinroq keskin yugurish finti bajariladi 
va bu bilan lozim bo’lgan yonalishni (bo’shatib) ozod qilib, 
himoyachiga yaqinlashadi. Boshqa qator hollarda himoyachilar, 
to’qnashish natijasida hujumchining savat tomonga yo’lini to’sishga 
harakat qilib, ilgariroq o’z shchiti tomon chekinishadi. Unda 
to’qnashtirishning shchit ostiga chiqish bilan yakunlash ma’noga ega 
bo’lmaydi. Ikkilanmasdan o’rta masofadan to’pni savatga otish 
kerak. 


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin