45
albatta, to’pni sherigi egallashiga ishonch bo’lsa, u to’pni egallashga
tayyorlanayotganda, oldinga harakat qilishni boshlashi bilanoq,
o’yinchilar raqiblardan uzoqlashadi. Odatda, yo’rib o’tishda,
himoyaning birinchi chizig’ida joylashgan 2-3 o’yinchi faol
qatnashadilar, to’rtinchi o’yinchi ularga ko’mak beradi, beshinchi
o’yinchi esa orqa tomonni straxovka qilishni ta’minlaydi. Bu
o’yinchilarning harakat yo’nalishi ularning maydonda joylashganiga
va jamoa to’pni egallay olgan joyiga bog’liq. To’psiz o’yinchilar
keskin yugirgan vaqtda, ularning to’p egallagan sherigi raqibdan
oldinda paydo bo’lgan o’yinchiga to’pni tezda uzatishi kerak (3-
rasm).
Jamoa o’yinda tez yo’rib o’tishdan foydalanishga harakat qilsa, u
buning uchun kerakli zamin yaratishi kerak. Gap to’pli o’yinchiga
qarshi himoyada doim faol ta’sir qilish to’g’risida, o’zining shchiti va
oldida sapchigan to’p uchun yaxshi tashkil qilingan kurash
to’g’risida, to’pni olib qo’yish uchun bo’ladigan harakatchanlik
to’g’risida ketyapti.
Tez yo’rib o’tishning ikkinchi qismi – rivojlanish, o’yinchilar
keyingi to’g’ri yo’l bo’ylab harakat qilishlarini, to’pni urib yurishni
va maydonning o’rta qismini tezroq o’tish uchun hujumchilar
o’rtasidagi to’pni bir-ikki uzatishni o’z ichiga oladi. Vaqt bo’yicha
bu qism 2-3 soniyagacha cho’ziladi.
Dostları ilə paylaş: