38
vaqtning o’zida tayangan markaziy o’yinchilar sonini hisobga olib,
bu sistema uchta variantga ega bo’lishi mumkin: bitta markaziy
o’yinchi orqali, ikkita va uchta markaziy o’yinchilar
orqali hujum
qilish.
4.3. HUJUM TAKTIKASI
To’pni egallagan jamoa hujum qiluvchi jamoa bo’lib
hisoblanadi. Hujum qilish jamoaning o’yindagi asosiy vazifasidir.
Hujum harakatlari yordamida jamoa tashabbuskorlikni qo’lga kiritadi
va raqibni o’ziga bo’lgan taktik reja qabul qiishga majbur qiladi.
Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi raqib savatiga to’p
tashlashdir. 30 soniya ichida bunga erishish uchun uyushtirilgan
ilgaridan o’ylab qo’yilgan va to’pni raqib shchitiga yaqinlashtirishga
mo’ljallangan yaxshi tayyorlangan yo’llardan, hujumni bevosita
o’tkazish va shchitdan qaytgan to’p
uchun kurash imkoniyatini
taminlash uchun, shu yakunlovchi kurash uchun qulay sharoitlar
tuzishdan foydalanish kerak. Hujum taktikasi,
jamoani aniq raqibga
qarshi va musobaqaning har xil vaziyatlarida muntazam hujum olib
borishning maqsadga muvofiqroq tadbir,
usul va formalarini tanlab
olish va ulardan foydalanishga imkon beradi. Hujum qilishning
hamma harakatlari o’zining xarakteriga qarab yakka (individual) va
jamoali hujumga bo’linadi. Taktika tasnifiga muvofiq harakatlar
guruhli va jamoaliga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: