DISTANTSIYALAR, TUSIQLAR VA ESTAFETA ETAPLARIDA TURADIGAN HAKAMLAR
1. Distantsiya va tusiqlardagi hakamlar:
a) qatnashuvchilarning yugurish qoidalariga rioya qilishlarini
(distantsiyani to’g’ri bosib o’tishlarini) tekshirib turadilar va bu qoida
buzilsa, darhol katta hakamga habar qiladilar. qoidani buzganlik
haqida faktni talabnomada ko’rsatadilar;
b) bar’erlar osha va to’siqlar osha (stipel-chez) yugurishda ular
ustida qay yo’sinda oshib o’tayotganligini kuzata borib, yiqilib tushgan
bar’erlarni o’z vaqtida va to’g’ri o’z o’rniga qo’yilishini tekshirib
turadilar;
2. Ayrim yo’lkachalardan yugurish musobqasi o’tkazilayotganda har bir
qayrilishda kamida ikkita hakam turishi lozim.
3. estafeta etaplaridagi hakamlar:
a) o’z etaplarida komanda qatnashuvchilarini registratsiya qiladilar;
b) shu etapda tartibni yo’lga soladilar;
v) estafetaning qo’ldan-qo’lga berilishini tekshirib turadilar va
qoida buzilgan tartibda tezlik bilan katta hakamga xabar qiladilar.
qoida buzilganligini aniqlagan taqdirda bu faktni talabnomada
ko’rsatadilar.
Etaplardagi xakamlar soni yugurishda qatnashayotgan komandalar soniga
qarab belgilanadi, biroq har bir etapda hakamlar ikkitadan kam
bo’lmasligi kerak.
Stadionda o’tkaziladigan musobqalardagi distantsiyalar, to’siqlar va
etap hakamlari marradagi katta hakamga bo’ysunadi. Katta hakam ish
taqsimlab beradi.
Stadiondan tashqari o’tkaziladigan musobqalarda (poygalarda,
krosslarda, yurishda) distantsiya boshlig’i tayinlanib, u:
a) distantsiyani tanlaydi va ulchaydi. Bu hakda akt tuzadi;
b) nazorat qilish va ovqatlanish joylarini belgilaydi;
v) distaniiyalarga xakamlarni qo’yib chiqadi, distantsiya ishiga va
uni belgilab chiqishga rahbarlik qiladi;
g) musobqalar boshlanishi oldidan bosh hakamlarga distantsiyalarning tayyor ekanligini haqida doklad qiladi;
d) musobqalar tamom bo’lishi bilan distantsiyalardagi hakamlarni
olib ular bilan birgalikda taqqoslab chiqish varaqlarga qarab
qatnashuvchilarning distantsiyaga to’g’ri bosib o’tganliklarini tekshiradi;
e) bosh hakamga (yozma shaklda) qatnashuvchilarning distantsiyani
bosib o’tganliklari va qoidani buzilganligi haqida xabar beradi.
7. Distantsiyadagi hakamlar qatnashuvchilarning to’g’ri bosib o’tishlarini
nazorat qiladi, qatnashuvchilar qoidani buzganliklari haqida shu
zahotiyoq talabnomaga yozib qo’yadi (musobqa tugashi bilan bunday
talabnoma distantsiya boshlig’iga topshiradi) lar, o’z oldidan yugurib
o’tgan musobqa qatnashuvchilarining shaxsiy nomerlarini yozib
boradilar, qatnashuvchining (ommaviy krosslarda) kartochkasini
talonni yirtib topshirayotganligini nazorat qiladilar. Distantsiyadan
chiqib ketgan qatnashuvchining shaxsiy nomerlarini yozib boradilar.
Dostları ilə paylaş: |