YUGURISH BO’YICHA KOTIB YUgurish (yurish) yuzasidan musobqa talabnomalarini yozib borish uchun kotib tayinlanadi. U marradagi katta hakamga itoat qiladi.
YUgurish bo’yicha kotib a)yugurish talabnomaga marra katta hakam yozuviga binoan qatnashuvchilarning distantsiyani qay tartibda tugatganliklarini va katta vaqt o’lchovi hakam yozuviga binoan qatnashuvchilar erishgan natijalarni yozib boradi (talabnomaga barcha vaqt o’lchagichlarning ko’rsatgan natijalari yoziladi);
b) marradagi katta hakam ko’rsatmasiga muvofiq yugurish va yurish
musobqasi yuzasidan mulohazalarni talabnomaga kiritadi (talabnomaga
hamma hakamlarning yozuvlari ilova qilinadi);
v) informator-hakamga (diktorga yugurish natijalari
bildiriladi;
g) rasmiylashtirilgan talabnomani bosh kotibga topshiradi.
YURISH BO’YICHA HAKAMLAR YUrish bo’yicha hakamlar yuruvchilarning harakatlari to’g’ri ekanligini
aniqlaydi va yurish qoidalari buzilganda xatoni hisobga oladilar.
YUrish musobqalariga yurish bo’yicha katta hakam rahbarlik qiladi, u
qatnashuvchilarning soniga qarab o’ziga yordamchilar (hakamlar)
tayinlaydi, yurish yuzasidan, musobqa o’tkaziladigan joyni va
qatnashuvchilarni nazorat qilish usullarini belgilaydi.
YUrish musobqalari stadionda o’tkaziladigan bo’lsa, yugurish yo’lkasi
yurish bo’yicha hakamlarning har biriga 40-80 metrdan qilib
ajratiladi. har bir hakam o’z chegarasida qatnashuvchilarni kuzatib
turadi. Kuzatuv uchastkalarining chegarasi yugurish yo’lkasining ichki
chekkasiga bayroqchalar o’rnatib ajratiladi. hakam o’z uchastkasidan
o’tadigan qatnashuvchilarni kuzatish qo’lay bo’lgan joyga turib oladi.
YUrish bo’yicha katta hakam maydon o’rtasida turadi.
4. YUrish bo’yicha hakamlar qatnashuvchilar yurish qoidalarini buzadigan usulda harakat qilsalar ularni ogohlantiradilar, agar qoida to’g’ridan-to’g’ri buzilsa, sportchilarni musobqadan chiqarib yuboradilar. YUrishning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini har bir hakamning o’zi mustaqil ravishda aniqlaydi, biroq qatnashuvchini musobqadan chiqarib yuborish yoki uni ogohlantirish masalasini ikki hakam hal qilishi kerak.
5. Katta hakam hakamlar orasida janjalni hal qiladi va qatnashuvchini musobaqadan chiqarib yuborish haqidagi qarorni uzil-kesil tasdiqlaydi.
6. Katta hakam hakamlar orasida janjalni hal qiladi va qatnashuvchini distantsiyadan chiqarib tashalash yoki uni ogohlantirish haqidagi qaror baland ovoz bilan eshittiriladi. hakam baralla ovoz bilan qatnashuvchining shaxsiy nomerini aytadi va unga qizil bayroqchani (agar u distantsiyadan chiqarilib yuborilsa yoki oq bayroqchani (ogohlantirilsa) ko’rsatadi. qatnashuvchi distantsiyadan chiqarilib yuborilganida radio orqali e`lon qilinadi.
YUgurish musobaqalari stadiondan tashqarida o’tkazilganida yurish hakamlarning bir qismi distantsiya bo’ylab joylashadi, ba`zilari esa mashinada ayrim qatnashuvchilarni yoki bir guruh qatnashuvchilarni kuzatib boradilar.