MUSOBAQA VRACHI Musobaqa vrachi bosh hakamning meditsina o’rinbosari sifatida
hakamlar kollegiyasi sostaviga kiradi.
Musobaqa vrachi:
a) qatnashuvchilarning meditsina hujjati bor-yo’kligini va uning
qanchalik to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;
b) musobaqa jarayonida qatnashuvchilar ustidan vrach pedagogik
kuzatuvni olib boradi;
v) kasallik, travma va shu kabi sabablarga ko’ra qatnashuvchilarni
vrach nazorati bo’yicha tekshiruvdan o’tkazishni tahlil qiladi, hamda
musobaqada bundan keyin qatnashish mumkin yoki mumkin emasligi
haqida xulosa chiqaradi;
g) musobaqalar o’tkazilayotganda sanitariya-gigiena talablariga rioya
qilishini kuzatib turadi;
d) shikastlanish va kasallanish holatlari yuz bersa, meditsina
yordami ko’rsatilishini ta`minlaydi;
e) distantsiyalarda ovqatlanish punktlarini tashkil etishda va shu
punktlarni ishlarida bevosita ishtirok etadi;
j) musobaqa tamom bo’lgandan so’ng musobaqaning meditsina-
sanitariya sharoiti qay darajada ta`minlanganligi haqida, o’z
xulosalarini, takliflarini izoxlab, shu musobaqani o’tkazib tashkilotga
hisobot beradi.
ESLATMA: Yirik masshtabdagi musobaqalar o’tkazilganda, bunga arur miqdorda meditsina xodimlari jalb etiladi va musobaqaning meditsina xizmati bo’yicha ishlar ustidan rahbarlik qilish uchun musobaqaning bosh vrachi tayinlanadi.
SAKRASH MUSOBAQALARI BO’YICHA QOIDALAR
UMUIY QOIDALAR 1. Kvalifikatsiya oldindan o’tkaziladigan va final musobaqalarida qatnashuvchilar birin-ketin tartib bilan chiqadilar. qatnashuvchilarning chiqish tartib oldindan yagona chek tashlash yo’li bilan hakamlar kollegiyasi tomonidan belgilanib, bu tartib kvalifikatsiya, oldindan o’tkaziladigan va final musobaqalarida o’zgarmay qolaveradi.
ESLATMA: Agar musobaqalar bir qancha joylarda o’tkazilsa, qatnashuvchilarning qay tartibda chiqishlari yangidan chek tashlab belgilanadi.
YUgurib keladigan joyning uzun-qisqaligi chegaralanmaydi, lekin
qatnashuvchi maxsus yo’lka tayyorlab qo’yilishi talab qilishi mumkin
emas.
har bir qatnashuvchi o’zi yugurib keladigan joyni oldindan belgilab
qo’yishi va o’zini sinab ko’rish uchun hakamning kuzatuvida musobaqalar
boshlangunicha bir martagina (hisobga kirmaydi) sakrab ko’rishi
mumkin. YUgurib keladigan joyni kichkina bayroqchalar yoki rangli
qoziqchalar bilan belgilab qo’yish kerak, toki bunday belgilar boshqa
qatnashuvchilarga xalal bermasin.
hamma sakrashlar katta hakamning «EST’» degan komandasidan so’ng
hisobga o’tadi. Sakrash muvaffaqiyatsiz bo’lsa «NET» («Yo’q») degan
komanda beriladi.
Agar sakrash vaqtida qatnashuvchiga biror narsa xalal bergan bo’lsa,
hakam ikkinchi marta sakrashga ruxsat berishi mumkin.
Muayyan turdagi musobaqalar tamom bo’lgandan so’ng qatnashuvchilarga
xech qanday qaytadan sakrash ruxsat etilmaydi.