Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q
MARRADAGI HAKAMLAR
1. Marradagi hakamlar qatnashuvchilarning marraga kelishini «kim-
kimdan keyin kelayotganligini» belgilaydi, shuningdek har bir
yugurish qatnashuvchisi bosib o’tgan davrani hisoblaydi hamda
qatnashuvchilarga qancha davra qolganligini aytib turadi.
YUgurishda birinchi kelayotgan qatnashuvchi so’nggi davrani boshlayotganda qo’ng’iroq chalinib signal beriladi. qisqa distantsiyalarga yugurish o’tkazilganida hakamlar yugurish qatnashuvchilarining har biri o’rtasidagi marragacha qolgan masofani sinchiklab aniqlash lozim.
2. Marra hakamlari marra chizig’i davomidagi hakamlar vishkasida
o’tiradi. Bu vishkalar yugurish yo’lkasining ichkarisidagi eng yaqin
marra ustinchasidan 4 m va undan ko’proq narida o’rnatilgan bo’ladi.
Marra hakamlari o’rtasidagi janjalli masalalar marradagi katta
hakam tomonidan hal qilinadi.
Marradagi katta hakam marradagi hakamlar ishiga, shuningdek
distantsiyadagi hakamlar ishiga, maydonda o’tkaziladigan
musobaqalarning to’siqlari va etaplari oldidagi hakamlar ishiga
rahbarlik qiladi. U shuningdek yo’lkachadagi bar`er va to’siqlarning
qanday qo’yilganligini ham tekshiradi.
Marradagi katta hakam qatnashuvchilarining marradagi kelish tartibi
haqidagi talabnomani yozib boradi, u bunda distantsiyani tamomlayotgan
ayrim qatnashuvchilar orasidagi masofani (metrni ham) ko’rsatadi va
yugurish tomon bo’lgandan so’ng talabnomani yugurish bo’yicha tayinlagan
sekretariga topshiradi.
qatnashuvchilar juda ko’p bo’lgan yirik masshtabdagi musobqalarda
bosh hakamning yugurish bo’yicha o’rinbosari tayinlanishi mumkin. Bu
o’rinbosarga yugurish va yurish musobqalarida xizmat qiladigan barcha
hakamlar brigadalari ishi ustidan rahbarlik qilish topshiriladi.
3000 m va undan ko’proq metrga yugurish va yurish musobqalari
o’tkazilganda marradagi katta hakam navbatdagi qatnashuvchilarni
hakamlarga bo’lib beradi (har bir hakamga uchtadan ko’p bo’lmasligi
kerak). hakamlar har bir qatnashuvchi bosib o’tgan davrani kuzatib
yozib boradi, hamda qatnashuvchilarga nechta davra qolganini aytib
turadi.
Soatli yugurish (yurishda) marradagi qilayotgan qatnashuvchilarga ular bosib
turadilar.
hakamlar yugurish (yurish) bo’lishidan 1 minut oldin beriladigan nazorat qilinadigan qatnashuvchilarning (yurishi) taxminan tugaydigan joyga yugurish tamom bo’lmaganligi haqida beriladigan signalgacha qatnashuvchini kuzatib boradilar va signal berilishi bilanoq shu payt yuguruvchi etib kelgan joyni belgilaydilar.