Sport va harakatli


O‘YINNI DASTLABKI TAHLILI



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

O‘YINNI DASTLABKI TAHLILI
Rahbar o‘yinni bolalar yoshiga mo‘ljallab o‘yinni barcha jarayonini 
dastlab o‘ylab ko‘ra bilishi shart, chunki uni qanday momentlarda ortiq 
qiziqib ketishi, o‘ynovchilarning nojo‘ya qilgan hulqlari, ularni 
qiziqishlarini pasayib ketishlarini kelib chiqarishi mumkin, bunday 
yoqmaydigan holatlarni oldini olish uchun, avvaldan o‘ylab ko‘rish 
kerak. 
Bolalarni yaxshi ko‘radigan rahbar o‘ynovchilar o‘rtasidan kimni 
kapitan, birinchi o‘yinboshini, qamroq uyushgan bolalarga qanday rolni 
berishni, bo‘sh va passiv o‘yinchilarni qanday qilib o‘yinga jalb qilishni 
oldindan o‘ylab ko‘rishi shart.
Ayrim 
o‘yinchilarni o‘tkazish uchun u oldindan o‘yin 
qatnashchilaridan yordamchilarni belgilab qo‘yadi, ularni vazifasini 
aniqlaydi va agarda kerak bo‘lsa ularga tayyorlanish uchun imkoniyat 
beradi (masalan, joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlarda). Yordamchilar 
oldindan o‘yin qoidalari va uni o‘tkazish joylari bilan tanishadilar. 
Eng muhimi, jamoada jamoaga qiziqish uyg’otish, o‘zlarini shaxsiy 
qobiliyatlarini namoyon qilishga, o‘yinda o‘rtoqlarini yurish-turish 
qoidalarini yaxshi o‘zlashtirib olishi tashkilotchilik qobiliyatlarining 
singdirish, bolalar ijodini rivojlantirishga, o‘yin jarayonidagi vaziyatni 
to‘g’ri bo‘lishiga va baholashga yordam beradi.
 
 
 


26 
2.2 HARAKATLI O‘YINLARNI TANLAB OLISH TASHKIL 
QILISH VA O‘TKAZISH QOIDALARI.
Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda tarbiyachining bolalarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish kerak. 
Bola 7 yoshga yetib maktabga qadam ko‘yganida uning 
tayyorgarligi darajasini hisobga olish zarur, Diogonal, sakrash usullariga 
jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o‘rgatish lozim.
Faqat shundan so`ng sakrash o`yinlarga o`tilsa bo`ladi, chunki bu 
kabi o`yinlar tufayli bolalarda sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va 
malakalarni hosil qilish mumkin. Bundan tashkari, shu kabi harakatli 
o`yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlarni ham 
rivojlantiradi. 
Harakatli o`yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, tarbiyachi kitob va 
qo`llanmalarda berilgan o`yinlarning jismoniy va psixologik tasiri 
jihatlarini bilishi kerak.
Yana shuni unutmaslik kerakki, o`yin vazifasi qo`yilganda faqat 
harakatlarga mos bo`lishi shart emas, balki harakatli o`yinlar yordamida 
bolalar ro`hyatida bir – biriga yordamlashish, qo`llab -quvvatlash 
hissiyotlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun «qoch bolam, sor keldi», 
«Pir-r etdi», «Ikki yaxob», «Mushuk keldi» va boshqa o`yindan 
foydalana boshladi. 
Maktabgacha tayyorlab guruhlari bo`yicha yoshdagi bolalarga 
harakatali o`yinlarni tanlab olishda ularning qiziqishini hisobga olish 
zarur. Bu yoshdagi bolalarni o`yinlardagi bo`ri, qo`zi, sichqon, mushuk 
qiyofasi surati nimalar qilishi qiziqtirmaydi aksincha ularning xatti – 
harakati masalan mushukning chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab 
olishi qiziqtiradi. O`yinlarda harakatlar murakkablashib boradi. 
Masalan: «Bo`rilar zovurda», o`yinda bolalar yugurib kelib to`xtab 
qolishi sichqonga sakrab, chaqqonlik bilan bo`rilarga tutqich bermasdan 
zovurdan o`tib ketishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek ikki 
tomon bo`lib o`ynash, qarama qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq 
qiziqarli masalan «ikki yaxob» o`yinida bir tomon «yaxoblardir» 
bolalarni «yaxlatib» qo`yishga intiladi va boshqa tomon «yaxlatilib» 
qolishdan qochish harakat qiladi. 


27 
Bog`cha bolalari bilan turli estafetalarni uyushtirgan holatda 
o`tkazish oson emas. O`yin estafetani o`tkazish bir qaraganda oson 
tuyuladi va boshqa bolalar o`yinlarni kuzitish natijasi shularni 
ko`rsatadiki bunaqangi o`yinlar bolalar uchun hech qanday tushuncha 
bermaydi, oqibatda ular bolalarda tartibchanlikni buzilishiga sabrsizlik 
betoqatlik xunob bo`lishlik bir – birini turtish asabiylikka olib kelishi 
mumkin. 
O`yinda yutqazgan hamda g`olib chiqqan komanda bolalarni o`yin 
tugagandan keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarning hozircha o`zini yaxshi tuta bilmasligini e'tiborga 
olib guruhlarni ikki jamoaga emas balki 4-5 guruhlarga ajratib olish 
zarur. Bu guruhlar ketma –ket holatda turmay bir birini yaxshi ko`rib 
turishi uchun o`tirib olishi ham mumkin. Chunki navbati bilan startga 
chiqish tartibini saqlab turadilar. Bunday o`yinlarda bolalar bir –birini 
kuzatadi, Har bir guruhdan bitta ishtirokchi tezlikda, chaqqonlikda aniq 
nishonga olishda mahoratini ko`rsatadi. G`olib chiqqan o`yinchi o`z 
jamoasiga ochko keltiradi. O`yin tugagandan so`ng to`plagan ochko 
hisoblanib ko`riladi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa g`olib deb 
topiladi. 
O`yinni tashkil etishda barcha shart -sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa 
uning tarbiyaviy ahamiyati oshib boradi. Buning uchun o`yin paytida 
bo`ladigan chiziqlar, chegaralar, masofalar, kerakli o`yin predmetlari, 
koptok, bayroqcha kabilar taqsimlab berilishi lozim. Keyinchalik 
bolalarni esa o`z-o`ziga xizmat qilishga odatlanish kerak. Ko`pincha 
tarbiyachi bu tashkiliy ishlarni bolalardan biri yoki ikkisiga navbatchi 
sifatida topshiriq berib o`rgatadi. Shunda har safar navbatchi 
almashtirilib turiladi.
Tarbiyachi o`yin o`tkazishdan oldin uni qanday tushuntirishni 
o`ylab ko`rishi kerak tushuntirish juda qisqa, aniq, lo‘nda bo`lishi kerak. 
O`yin mazmuni qoidalarni tushuntirishda mayda gaplardan holi 
bo`lishi kerak zarur. Undan keyin o`yinchilardan kim qaysi yerda aytib 
o`tishi kerak.
Bolalarga tanish o`yinni o`tkazishda har gal to`liq tushuntirish shart 
emas, ammo o`yin qoidasini tarbiyachining o`zi ta'kidlab o`tishi zarur. 


28 
O`yin qoidasini bajarishda tez-tez xatoga yo`l qo`ygan bolani ko`rsatib 
o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
O`yin o`tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina kuzatuvchi bo`lib 
qolmasligi kerak. O`yinni shunday o`tkazish kerakki bolalar undan 
quvonib, qanoat hosil qilib, murakkab qoidalarni o`rganib olishsin. 
Tarbiyachi o`yin davomida qatnashuvchilarni kuzatib, alohida bolalarga 
e'tibor berib rahbarlik qilish kerak.
Ba'zi tarbiyachilar ayrim qoidabuzarlarga e'tibor bermaydilar. Faqat 
belgilangan paytdagina xushtak chalinishi kerak, tarbiyachi ko`rinib 
turgan holatlarni unutmaslik kerak. Ya'ni bu holatlarni ko`rsatish 
bolalarda irodani, tartibni tarbiyalaydi, ularni ortiqcha xatti-
harakatalaradan saqlaydi, bardoshli va intizomli bo`lishlik muhim sifatni 
yuzaga keltiradi. 
O‘yin jarayonida bolalarni darhol to‘xtashga ham o‘rgatish zarur. 
Shunday umumiy qoidaga o‘rganish lozimki, hohlagan o‘yin paytida 
belgi 
yoki 
hushtakka 
bolalar 
tezda 
to‘xtab 
qolsin. 
(Chapak, yoki so‘ziga). 
Shundan 
so‘ng 
tarbiyachining 
gapiga, 
tushuntirishga qa’tiyan rioya qilish kerak. Lekin o‘yinni ko‘p 
to‘xtatmaslik kerak, chunki o‘yinda bolalar hayajonda bo‘lishini 
unutmaslik lozim. Tarbiyachi o‘yinni o‘tkazish chegaralariga ham diqqat 
qilishi kerak. Bu ayniqsa, juda ma’sulyatli payt, chunki o‘yinning zavq 
bilan vaqtga kam e’tibor beriladi.
Masalan: gimnastika mashqlariga qaraganda, o‘yin vaqtini belgilash 
murakkab bo‘ladi.Bolalardan - deb so‘rash mumkin emas, zavqlanib, 
qiziqib o‘ynayotgan bolalarga bu ta’sir qilishi mumkin.
Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko‘rinishiga 
(tez-tez nafas olishi, yuzining qizarib ketishi) hulqiga ( tez-tez qoida 
buzishlar, qo‘pollik, lanjlik) e’tibor berishi va o‘z vaqtida o‘yinni 
to‘xtatishi lozim.O‘yin har xil tugallanishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarni 
o‘yinning o‘zigina emas, balki natijasi ham qiziqtiradi. Shu bois har bir 
o‘tkazilgan o‘yindan keyin uning natijasini tahlil qilish lozim. O‘yinda 
qaysi bir o‘quvchi chaqqonlik, epchillik mahoratini ko‘rsatgani, 
do‘stona qo‘llab o‘ynagani qoidaga rioya qilmaganligi to‘g’risida aytib 
o‘tish lozim. Har bir o‘yin natijasini tarbiyachi o‘ziga xos ravishda 
tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berish kerak.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin