Sport va harakatli


  ayollar terma jamoasi jahon chempioni unvoniga sazovor bo`ldilar.  3.2 BASKETBOLNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

34 
ayollar terma jamoasi jahon chempioni unvoniga sazovor bo`ldilar. 
3.2 BASKETBOLNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. 
I bosqich 1891-1918 yillarni o`z ichiga olib, basketbolning yangi 
o`yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga 
gimnastika darslarini bir oz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-
sekin sport o`yiniga aylanib, uning o`ziga hos barcha hususiyatlari 
shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy qoidalari yaratiladi, o`yin 
texnikasi va taktikasi shakllanadi. O`yinda ishtirok etayotgan jamoa 
a’zolarining har biri uchun muayyan funksiya- vazifalar belgilab 
beriladi.
 
II bosqich 1919-1931-yillardan iborat bo`lib, bu davr milliy 
basketbol federatsiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa 
basketbolning sport o`yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir 
ko`rsatadi. Xuddi shu davrda basketbol bo`yicha xalqaro turnirlar-
musobaqalar o`tkaziladi.
 
III bosqich 1932-1947-yillarni o`z ichiga oladi. Bu davr butun 
dunyo bo`yicha basketbol o`yini har tamonlama rivojlanganligi bilan 
o`ziga xosdir. Bu davrda basketbol o`yini federasiyasi (FIBA) tashkil 
etiladi. Bu hodisa unutilmas voqea bilan – basketbolni sportning 
olimpiya turidagi o`yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo`ladi. 
Basketbol texnikasi va taktikasiga yengilliklar kiritildi.
 
IV bosqich 1948-1965-yillarni o`z ichiga oladi. Bu yillarda butun 
dunyoda basketbol o`yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan 
sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport mahoratining o`sishi ham ana 
shu davrga to`g`ri keladi. To`pni bir qo`l bilan otish qoidasi paydo 
bo`ladi, raqibning hujumiga qarshi o`zini himoya qilish texnikasi va 
taktikasida ancha murakkab usullar paydo bo`ladi. Mini-basketbol o`yini 
vujudga kelib, dunyo bo`ylab tarqala boshlaydi.
 
V bosqich 1966-1990-yillarda milliy federatsiyalar soni ortadi. 
Milliy professional basketbol uyushmalari (MBA) paydo bo`ladi. 
Basketbolchilarning xalqaro aloqalari mustahkamlanadi, o`yin texnikasi 
va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va 
hakamlik usuliyati takomillashtiriladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin