Sport va harakatli


 MUSTAQILLIKDAN KEYIN RESPUBLIKAMIZDA



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

3.4 MUSTAQILLIKDAN KEYIN RESPUBLIKAMIZDA 
BASKETBOLNING RIVOJLANISHI 
1991-yilning aprel oyida Olma-ota shahrida birinchi «Do`stlik» 
o`yinlari bo`lib o`tgan. Unda O‘zbekiston terma jamoasi (ayollar) 5 
o`yindan 4 tasida g`olib chiqib, 2-o`rinni egallashga muvofiq bo`ladi. 
Iyul oyida terma jamoamiz Xitoyning Urumchi shahrida o`tkazilgan 
xalqaro turnirda 3-o`ringa ega bo`ladi. 
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo`ldi. Xalqaro 
maydonda o‘zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir 
qiyinchiliklar vujudga keldi. 1992-yil yanvarda O‘zbekiston Milliy 
Olimpiya Qo`mitasi qayta tashkil etildi, xuddi shu yili O‘zbekiston 
Xalqaro Olimpiada Qo`mitasi (XOK) ga a’zo bo`lib kirdi. O‘zbekiston 
basketbolchilari shundan keyin xalqaro musobaqalarda tez-tez qatnasha 
boshladilar. Masalan, 1996-yilda bizning xotin-qizlar jamoamiz 
Pokistonda o`tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, II-o`rinni 
egalladilar. Erkaklar jamoamiz 1995-yilda Seul shahrida o`tkazilgan 
XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o`rinni egalladi. 1996-yilda 
AQShda Armiya klublari o`rtasida musobaqalar o`tkazildi. Bu yerda 
bizning milliy jamoamiz MXSK VII o`rinni egalladi. 1997-yilda 
Malayziyada erkaklar jamoalari o`rtasida Xalqaro turnir o`tkazildi. Bu 
yerda o‘zbek basketbolchilari 3 g`alabaga erishib, yarim final 
o`yinlarida Rossiya jamoasiga yutqazib qo`ydilar va umumiy hisobda 
III-o`rinni egalladilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Respublikada 


40 
sportni rivojlantirish to`g`risida”gi farmonini amalga oshirish yo`lida 
O‘zbekistonda ko`zga ko`rinadigan ishlar qilinayotganligi hammamizga 
ayon. Bular ichida barcha viloyatlar, shaharlarda stadionlarning 
ta’minlanishi, yangi sport inshootlarining qurilishi va hakazo. Basketbol 
o`yinining yanada rivojlanishiga yo`naltirilgan ishlar, sport zallari va 
maydonlari qurilishi va yangidan jihozlanishi, shular jumlasidandir. 
Hozirgi kunda respublikamizda 350 dan ortiq sport zallari, 150 dan 
ortiq talabga javob beradigan basketbol maydonlari, 9 mingdan ortiq 
sport maydonlari va maydonchalari mavjud. Jismoniy tarbiya 
jamoalarining aksariyatida basketbol to`garaklari ishlab turibdi. 
Ko`pchilik maktab o`quvchilari ko`ngilli sport jamiyatlarida yoki 
BO`SMlarning basketbol to`garaklarida o`z malakalarini oshirmoqdalar. 
Murabbiy kadrlari Oliy o`quv yurtlari jismoniy madaniyat fakultetlarida 
tayyorlanib, ularning ko`pchiligi oliy ma’lumotga ega. O‘zbekiston 
Basketbol federatsiyasi xalqaro basketbol federatsiyasiga a’zo bo`lib 
kirdi. Bu bizning mustaqil O‘zbekistonimiz o`zining jamoalari bilan 
barcha xalqaro basketbol musobaqalarida mustaqil qatnashish huquqiga 
ega bo`lganligini anglatadi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin