37
etildi. Bu qoidalar halqaro musobaqalar qoidalariga munosib tuzilgandi.
Ikkinchi jahon urishi boshlanishi bilan O‘zbekiston jismoniy tarbiya
tashkilotlari o`z ishlarini urush davri talablari asosida qayta tashkil
etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, harbiy o`quv
muassasalari tuzildi.
1945-yilda Toshkentda III Butuno‘zbek spartakiadasi bo`lib o`tdi.
Spartakiadaning basketbol turnirida ayollar va erkaklarning 7 tadan
jamoalari qatnashdi. Birinchi o`rinni Toshkentning ayollar va erkaklar
jamoalari egalladilar.
1946-yilda Andijonda mahalliy millat erkaklarining jamoalari
o`rtasida ikkinchi respublika chempionati o`tkazildi. Bu musobaqalarda
respublikamizning 8 ta viloyatidan 50 ta kishi qatnashdi. Musobaqalar
juda qiyin sharoitda: zalning kattaligi 20x10.4 metr bo`lib, shit devorga
mahkamlangan, yorug`lik manbalari o`rnatilmagan ahvolda o`tkazilgan
edi. Qiziqi shundaki, musobaqa uchun Andijon shahrida faqat bitta
basketbol to`pi topilgan edi.
Bu musobaqalarda U.Bektemirov, U.Umarov, A.Shermuhammedov,
A.Minovarxo`jayev,
T.Isaxo`jayev,
X.Sultanov
va
K.Musaxo`jayevlardan tashkil topgan Toshkent shahri 1-o`rinni
egalladi.
Dostları ilə paylaş: