Tayanch tushunchalar
Texnika, bo`limlar, guruhlar, usul, uslub, tur, hujum, himoya,
siljish, yurish, yugurish, sakrash, to`xtash, burilish, ilib olish, oshirib
berish, otish, olib yurish, turish, urib chiqarish, urib qaytarish, to`sish,
to`pni tutish, to`pni yulib olish, to`pni egallash.
Nazorat uchun savollari
1.
Basketbol o`yin texnikasi haqida umumiy tushuncha.
2.
Hujum texnikasi.
3.
Hujumda maydonda harakat qilish texnikasi.
4.
Hujumda to`p bilan bajariladigan usullar texnikasi.
5.
Himoya texnikasi.
6.
Himoyada maydonda harakat qilish texnikasi.
7.
Himoyada to`pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasi.
8.
Basketbol o`yinida chalg`itishlar.
50
V-MAVZU. VOLEYBOL O`YININING KELIB ChIQISHI,
QOIDALARI VA RIVOJLANISHI TARIXI
5.1. Voleybol ta’rifi va tarixi
Voleybol 1895 yilda Amerika qo`shma shtatlarining Massachusets
shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya
bo`yicha rahbari pastor Vilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U
voleybol o`yinini oddiy, ko`p mablag` sarflamasdan tashkil etishni
ko`zda tutgan. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor
Alfred Xalsted bu o`yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol”
inglizcha so`z bo`lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to`p” degan ma’noni
bildiradi.
1896 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o`yin qoidalari quyidagicha edi:
1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 m
2. To`rning o`lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm
3. To`pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm
4. O`yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo.
1895-1920 yillar voleybol o`yini rivojlanishining birinchi bosqichi
bo`lib hisoblanadi. 1920 yildan boshlab maydon o`lchamlari 9x18m
qilib belgilandi.
O`yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi
qo`yidagicha.
1900 y. – Kanada, 1906 y. – Kuba, 1909 y. – Puerto-riko, 1910 y. –
Peru, 1917 y. –
Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1908-1913 yillar – Yaponiya,
Xitoy, Fillipinda, 1914 y – Angliya, 1917 y. – Fransiya. Voleybol 1920-
1921 yillarda o`rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala
boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy
tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shug`ullanishga san’at va teatr
vakillari
kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning
boshqa turlari
bilan bir qatorda voleybolni ham targ`ib qila boshladi. Xuddi shu
yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo
bo`ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. Jahon
voleybol
tashkilotlari
o`z
oldilariga
mamlakatda
voleybolni
ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani
mukammallashtirish,
o`yinchilarni
har
tomonlama
jismoniy
tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo`ydilar.
51
Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning yagona
qoidalarini ishlab chiqish zaruriyatini o`rtaga tashladi. Jumladan, 1925
yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo`yicha
musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib, tasdiqladi. To`rning
balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm
qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o`yin 15x7,5 o`lchamli
maydonchada o`tkaziladigan bo`ldi.
1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar
o`tkazildi.
1927 yildan voleybol bo`yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda
o`tkazila boshladi.
Voleybol bo`yicha ilk adabiyot 1926 yilda paydo bo`ldi va u
«Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari
S.V.Sisoyev va A.A.Marku edi. Shu yillarda voleybol faqatgina
Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida,
Uzoq Sharq va O`rta Volga o`lkalarida ham keng tarqaldi. 1928 yilda
Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi.
Voleybol taraqqiyotida maktab o`quvchilarining spartakiadasi ham
(1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan
ko`pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo`lib yetishdilar.
Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik
usullarning paydo bo`lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga,
o`yinchilar jismoniy tayyorgarligining o`sishiga olib keldi. Shu davrda
o`yinchilar maydonga to`pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari
usullarini keng qo`llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar,
himoyaning ahamiyati ortib o`yin tezkor, shiddatli bo`la boshladi,
natijada o`yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ`ib qilinishida
ko`pgina madaniyat va istirohat bog`larining maydonchalarida
o`tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi.
30-yillarda Olmoniyada (Germaniya) «Voleybol – rus halq o`yini»
deb nomlangan voleybol bo`yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida
chop etildi. Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida
birinchiliklar o`tkazilib turildi. 1931 yilda Xarkovda Moskva,
Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari
uchrashdilar. Moskvalik ayollar g`olib chiqdilar, har uchchala erkaklar
jamoasi bittadan mag`lubiyat va g`alabaga ega bo`ldilar. Bu
uchrashuvlar «tez sur’atli» o`yinning ahamiyati ancha ortganligini
ta’kidladi.
52
1932 yildan voleybol barcha nufuzli sport musobaqalarining
dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. Shu sababdan
voleybol bo`yicha mamlakat musobaqalarining har yili muntazam
o`tkazib turilishi haqidagi masala ko`tarildi. Voleybol bo`yicha “ittifoq”
birinchiligi ilk bora Rossiyaning Dnepropetrovsk shahrida 1933 yilning
4-6 aprelida bo`lib o`tdi. Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva,
Dnepropetrovsk, Xarkov, Boku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi
(Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi.
Aylanma tartibda o`tkazilgan o`yinlar ko`p sonli tomoshabinlarni o`ziga
jalb qildi. Qiziqarlisi, birinchilik tugagach, moskvalik aralash
jamoalarning ko`rgazmali o`yinlari o`tkazildi. Har bir jamoa tarkibida 3
ayol va 3 erkak bor edi. Voleybol bo`yicha “Ittifoq” ikkinchi birinchiligi
1934 yilda Moskvada o`tkazildi. Unda tarkibida 9 kishilik ayollar va
erkaklar jamoalari qatnashdilar.
Mamlakat maydonida endi Leningrad, Sverdlovsk, Gorkiy, Rostov,
Toshkent jamoalari paydo bo`ldi. Shu yilning oxiridayoq Moskva terma
jamoasi Uzoq Sharq safariga chiqib, Vladivostok, Chita, Ulan-Ude,
Novosibirsk va Tyumenda ko`rgazmali uchrashuvlar o`tkazdilar. Bu esa,
shubhasiz voleybolning Uzoq Sharq va O`rta Osiyoda keng tarqalishiga
sharoit yaratdi.
Yoshlar orasida voleybolni ommalashishiga qattiq turtki bo`lgan
hodisa 1935 yilning avgustida o`tkazilgan maktab o`quvchilarining
“Butunittifoq” birinchiligi hisoblanadi. 12 shahar va viloyat jamoalari
ishtirok etgan bu musobaqalarning birinchi bosqichi chiqib ketish
tartibida, yakunlovchi (final) o`yinlar esa aylanma tartibda o`tkazildi.
Har bir shahar jamoasi uchun uch jamoa: katta va kichik yoshdagi
yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi.
1935 yil o`yinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch
sinashib ko`rganligi tarixda o`chmas iz qoldirdi. Toshkentda va
Moskvada voleybolchilarimizning Afg`oniston jamoasi bilan ikkita
o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tdi. O`yin Afg`on qoidalari asosida
o`tkazilganligiga qaramay (jamoada 9 o`yinchi bor edi, o`yin 22
ochkogacha davom etdi, o`yinchilar maydonda joy almashmadilar)
mamlakat voleybolchilari osongina g`oliblikka erishdilar.1936 yilning
eng ommaviy o`yinlaridan biri VTSSPS Kubogi uchun 100 dan ortiq
jamoa bilan o`tgan musobaqalar bo`ldi. Kubokni Moskvaning ayollar va
erkaklar jamoasi «Medik» qo`lga kiritdi.
Voleybolning texnika va taktikasigina emas, musobaqa qoidalari
ham o`zgarishda davom etdi, ya’ni 1935 yilda erkaklar uchun to`rning
53
balandligi 2 m 45 smga ko`tarildi, 1937 yildan esa ayollar uchun
to`rning balandligi 2 m 25 sm bo`ldi. Maydonchada hujum chizig`i
belgilandi va old hamda orqa chiziq o`yinchilari degan tushuncha paydo
bo`ldi, bu esa alohida o`yin ixlosmandlarining harakatlarini chegaralab
qo`ydi. Shu yildayoq o`yinga to`p kiritish joyi maydonchaning orqa va
o`ng qismidan 3 m qilib belgilandi. Sababidan qat’iy nazar o`yinchilarni
almashtirishga ruxsat berildi (ilgari almashtirishga faqat bahsiz
hodisalardan keyin yo`l berilardi). 1938 yilda “Ittifoq” birinchiliklarini
o`tkazish qoidalarida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Bu yilning
birinchiliklari yozgi maydonlarda sport jamiyatlari jamoalari orasida
o`tkazildi. Dastlabki o`yinlar “Ittifoqning” turli shaharlarida o`tdi,
yakuniy o`yin esa Moskvada bo`ldi. Birinchilik ko`pgina yangi
jamoalarni o`ziga jalb etdi va hamma yerda voleybol taraqqiyotiga
jonlanish olib kirdi.
Trenerlar va o`yinchilarning texnika va taktika sohasidagi
izlanishlari davom etaverdi. Hujumning ahamiyati ortib borayotganligi
bilan bog`liq ravishda jamoalarni 6 nafar hujumchidan iborat qilib
shakllantirishga urinishlar bo`ldi. O`yinga yon tomon bilan kuchli to`p
kiritish katta ahamiyat kasb etdi. Yakka to`siq qo`yish sifatini oshirgan
holda ayrim jamoalar guruh bo`lib to`siq qo`yishga o`tdilar.
Ikkinchi jahon urushi ko`pgina mamlakatlarda voleybolning
taraqqiyotini to`xtatib qo`ydi. Ko`pgina sportchilar frontga ketdilar.
Ammo joylarda sport hayoti butunlay «to`xtab» qolgani yo`q. Bu davrda
voleybol harbiy qismlarga kirib bordi. 1943 yildayoq front orqasidagi
voleybol maydonchalariga jon kirdi. Shu yili Moskva va boshqa
shaharlarning birinchiliklari o`tkazildi. 1945 yilda voleybol bo`yicha
musobaqalar Moskva, Leningrad, Boku, Tbilisi shaharlarida bo`lib o`tdi.
To`garaklarda
o`quv-mashg`ulot
ishlari
muntazam
ravishda
o`tkaziladigan bo`ldi. Yetakchi mutaxassislar urushgacha bo`lgan davr
tajribasini umumlashtirdilar. Jamoaning hujumchilik harakatlarini jadal
amalga oshirishga katta e’tibor berildi.
Texnika va taktikada keskin o`zgarishlar bo`ldi – birinchi to`p uzatish
yoki birinchi uzatilgan to`pdan hujum qilish keng qo`llana boshladi.
Guruhli to`siq qo`yish, kuchli to`p kiritishlarning kam ishlatilishini esa
asosiy kamchiliklar qatoriga kiritish mumkin.
1947 yili “Ittifoq” terma jamoasi xalqaro doiraga chiqishi bilan
diqqatga sazovor bo`ldi. Pragada bo`lgan demokratik yoshlarning
birinchi Xalqaro festivalida voleybol bo`yicha musobaqalar o`tkazildi va
ularda Chexoslovakiyaning yosh jamoasi, Yugoslaviya hamda
54
Leningrad terma jamoalari qatnashdi. Chexoslovakiya terma jamoasi
uchrashuvda qattiq qarshilikka duch keldi. “Ittifoq” voleybolchilari shu
uchrashuvda ustun chiqdilar va demokratik yoshlarning Xalqaro festivali
g`olibi
bo`ldilar.
Chexlar
bilan
bo`lgan
uchrashuvda
terma
«voleybolchilari» birinchi bor “shamsimon” to`p kiritish vaziyatiga
to`qnash keldilar.Shu yili Parijda xalqaro voleybol federatsiyasi ta’sis
etildi (FIVB). FIVBning birinchi prezidenti Pol Libo. 1984 yilda uning
o`rnini Roben Akosta egalladi va deyarli 2008 yilgacha shu lavozimda
faoliyat ko`rsatdi.1948 yilda “Ittifoq” voleybol sho`’basi Xalqaro
voleybol Federatsiyasi (FIVB) a’zoligiga qabul qilindi. Shu yilni
sentyabr oyida Pragada erkaklar jamoalari orasidagi birinchi jahon
birinchiligi va ayollar jamoalari o`rtasidagi birinchi Yevropa birinchiligi
bo`lib o`tdi.
Bunday yirik musobaqalar «Ittifoq voleybolchilari» uchun katta
tayyorgarlik bo`lib, Budapeshtda o`tgan demokratik yoshlarning
ikkinchi xalqaro festivalida qatnashish uchun xizmat qildi. Erkaklar
o`rtasida ikkinchi jahon birinchiligini va ayollar o`rtasidagi birinchi
jahon birinchiligini 1952 yili Moskvada o`tkazishga qaror qilindi.
Musobaqalar ko`p sonli tomoshabinlarni o`ziga jalb qildi. Omad
yana “Ittifoq” jamoalariga kulib boqdi.Keyingi yillarda rasmiy xalqaro
musobaqalarda terma jamoalar natijasi keskin pasayib ketdi. 1955 yilda
Buxarestda o`tkazilgan Yevropa birinchiligida “Ittifoq” voleybolchilari
bor yo`g`i to`rtinchi o`rinni egalladilar, ayollar esa birinchi o`rinni
chexlarga bo`shatib berdilar. 1956 yilda Parijda o`tkazilgan jahon
birinchiligida “Ittifoq” ayollar terma jamoasi ikkinchi marta g`olib
degan nomni olishga muvaffaq bo`ldi, erkaklar jamoasi esa oldinga
Chexoslavakiya va Ruminiya jamoalarini o`tkazib yubordi. 1958 yilda
Pragada bo`lga Yevropa birinchiligi xalqaro doiradagi kuchli
munosabatni o`zgartira olmadi.
Ayollar o`rtasidagi uchinchi va va erkaklar o`rtasidagi to`rtinchi
jahon birinchiligi Yevropada emas, 1960 yilda Braziliyada o`tkazildi.
“Ittifoq” terma jamoasi o`zining eng kuchli ekanligini yana bir bor
isbotlab, ketma-ket uch marta jahon chempioni unvonini qo`lga kiritdi.
Ilk marta qatnashayotgan Yaponiya ayollar jamoasining kumush nishon
sovrindori bo`lishi katta shov-shuv ko`tardi. “Ittifoq”ning erkaklar terma
jamoasi yana jahon chempioni nomiga ega bo`ldi.1962 yilda Moskvada
ikkinchi marta – ayollar o`rtasidagi to`rtinchi, erkaklar o`rtasidagi
beshinchi – jahon birinchiligi o`tkazildi. Bu davrda Yaponiya, Polsha,
GDR, Xitoy kabi mamlakatlar jamoalarining o`yin darajasi nihoyatda
55
oshganligini e’tirof etish kerak. Jahon birinchiligi ko`pgina jamoalarning
texnikasi
o`sganligini
ko`rsatdi.1963
yil
Yevropa
birinchiligi
Ruminiyada o`tdi. Shu yilning ko`pgina xalqaro musobaqalari Tokioda
bo`ladigan Olimpiada o`yinlariga tayyorgarlik sifatida o`tkazildi. Ayrim
jamoalar asosiy tarkibini 5x1 tartibida shakllantira boshladilar.Tokio
olimpiada o`yinlaridagi voleybolchilar kuch sinashuvi 1962 yilgi jahon
birinchiligida sovrinli o`rinlarni egallagan jamoalar mahoratini
ta’kidladi. Yaponiya ayollar jamoasi va “Ittifoq” erkaklar jamoasi
birinchi olimpiada g`oliblari bo`ldilar, Tokio musobaqalari jamoalarning
mahorat darajasi tobora o`sib borayotganini isbotladi. Agar ilgari
sovrinli o`yinlarga 2-3 jamoa da’vogarlik qilgan bo`lsa, endi ularning
soni 5-6 taga yetdi. Hatto 3:0 hisobi hali g`olib jamoaning so`zsiz
ustunligidan dalolat bermay qo`ydi. Tokio musobaqalari davomida
hakamlar hay’atining yig`ilishi bo`lib, unda musobaqa qoidalariga
o`zgarishlar kiritildi va tasdiqlandi. Bu o`zgarishlar 1965 yildan kuchga
kirdi.
Yuqorida qayd etilganidek, 1964 yil Tokioda o`tkazilgan olimpiada
o`yinlaridan so`ng Amerika, Ovro`pa va Osiyo voleyboli mahorat
jihatidan tenglasha bordi. Voleybol taraqqiyotida tamomila yangicha
yo`nalish yuz bera boshladi. Mazkur vaziyatni Olimpiada o`yinlari,
Jahon chempionati va Jahon kubogi musobaqalari davomida turli
mamlakat jamoalarining erishgan yutuqlari misolida ko`rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |