48
himoyachining oyoqlari yonma - yon yoki oldinma – ketin turishi lozim.
Himoyachi qo`llari va oyoqlarining joylashishini o`zgartirganda, o`z
muvozanatini yo`qotmasligi kerak.
Himoyachining harakat qilish paytidagi o`ziga xos daqiqalar:
- dastlabki holatning doimiy almashinishi;
- raqib hujumi boshlagunga qadar mo`ljallangan (oldindan
bo`ladigan) yo`nalishi haqida ma’lumotga ega bo`lmaslik;
- oldingi tezlanishlardan keyin keskin yugurishni bajarish, har doim
tavsiflari jiddiy farqlanadigan yo`nalish, usul va boshqa kinematik va
dinamik daqiqalar;
- boshlang`ich harakat parametrlarining to`pning uchish yo`nalishi
va tezligi parametrlariga raqiblarning harakat qilishlariga, texnik
usullarining bajarilishi shaxsiy xususiyatlariga to`g`ri kelishi kerakligi;
- «ishga soluvchi» ishoralarning (tovushli, raqibning qarash nigohi
yo`nalishi, sherik yoki raqib harakatining boshlanishi, murabbiyning
aytib berishi va boshqalar) har xil yo`llanganligi va har xilligi;
- portlovchi o`ziga xos kuchlar yordami bilan oldindan biroz sakrab,
faol start olish mumkinligi.
Dostları ilə paylaş: