Sport va harakatli


Peshona bilan zarba berishda



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Peshona bilan zarba berishda 
kallani oldi-orqa kalla urish 
imkonini beradi. Shunda uchib kelayotgan to‘pni va mo‘ljal qilinadigan 
nishonni ko‘rib turish mumkin, bu esa muayyan darajada (boshqa 
muhim shartlarga rioya qilingan taqdirda) zarba aniq chiqishiga sabab 
bo‘ladi. O‘yindagi vaziyatga qarab peshona bilan zarba berishning ikki 


153 
xil varianti qo‘llaniladi: sakramay zarba berish va sakrab zarba berish.
Sakramay peshona bilan zarba berishdagi
dastlabki holat kichikroq 
odimlab tik turishdir. Kallani orqaga tortishda o‘yinchi gavdasini orqaga 
engashtiradi, orqadagi oyog’ini bukib, gavda og’irligini shu oyoqqa 
o‘tkazadi. Qo‘llar tirsakdan sal bukilgan bo‘ladi. Zarba berish harakati 
orqada turgan oyoqni to‘g’rilash va gavdani rostlashdan boshlanib, 
kallaning olg’a tomon keskin harakati bilan tugallanadi. Gavdaning 
og’irligi oldindagi oyoqqa o‘tkaziladi.
Sakrab peshona bilan zarba berish
bir oyoqda yoki ikki oyoqda 
depsinib, yuqoriga qarab bajariladi. Sakrash zarbaning tayyorlov fazasi 
bo‘ladi. Tirsagi sal bukiladi va qo‘llar ko‘krakkacha shiddat bilan 
ko‘tariladi, bu esa pirovardida sakrash balandligini oshirishga yordam 
beradi. Depsingan zahoti kalla orqaga tortiladi-gavda orqaga 
engashtiriladi. Zarba berish harakati sakrash eng yuqori nuqtaga 
yetganda yoki sal oldinroq boshlanadi. To‘pning uchib kelayotgani 
trayektoriyasi bilan sakrashini aniq mo‘ljal qilish kerak, To‘pga zarba 
berishni sakrashning eng yuqori nuqtasi va gavda bilan kalla frontal 
tekislikdan o‘tayotgan paytda bajarilish lozim. Yerga oyoq uchida 
tushiladi, amortizatsiya bo‘lsin uchun oyoqlar sal bukiladi. 
B u r i l i b p e sh o n a b i l a n z a r b a b e r i sh
to‘pning 
uchish trayektoriyasini o‘zgartirish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul 
bilan sakramay zarba berganda orqaga engashiladi va ayni vaqtda 
gavdani zarbani mo‘ljal qilingan tomonga (ko‘pincha 90
0
gacha) 
buriladi. 30-50 sm oraliqda bir-biriga parallel turgan oyoqlar ham gavda 
bilan birga buriladi. Oyoqlar uchida burilish qulayroq. Shunda sakramay 
peshona bilan zarba bergandagi singari holat yuzaga keladi. Shuning 
uchun bu zarbaning fazalari ham, ularga bo‘lgan talabalar ham yuqorida 
ko‘rgan usulimizda qanday bo‘lsa shunday. 
Sakrab turib burilib zarba berishda depsingan zaxoti butun gavda 
zarba beriladigan tomonga burilib, ayni vaqtda gavdaning yuqori qismi 
orqaga engashadi.Shundan keyingi harakatlar sakrab peshona bilan 
zarba bergandagi singari bo‘ladi.
Ch a k k a b i l a n z a r b a b e r i sh to‘p o‘yinchining yon (o‘ng 
yoki chap) tomonidan uchib kelayotgan bo‘lib, burilib peshona bilan 
zarba berishning iloji bo‘lmaganda ishlatiladi.Bu usul bilan sakramay 
zarba berishda dastlabki holat oyoqlarni kerib tik turishdir. Agar to‘p 
chap tomondan kelayotgan bo‘lsa, zarba berishga chog’lanish uchun 
gavda o‘ng tomonga engashtiriladi. Bunda o‘ng oyoqning to‘piq va tizza 
bo‘g’imlari bukiladi. Gavda og’irligi shu oyoqqa o‘tkaziladi. Boshni 


154 
to‘p tomonga buriladi. Zarba berish harakati oyoqni chap oyoqqa 
o‘tkaziladi. Zarba berish peshonaning do‘ng joyiga to‘g’ri keladi. Sakrab 
zarba berishda tayyorlov fazasida depsingandan keyin zarba berishga 
chog’lanish uchun gavda frontal tekislikdagi nishonga qarshi tomonga 
engashtiriladi. Zarba berish harakati oldin cho‘zilgan mushaklarni 
keskin qisqartirish hisobiga bajariladi. Zarba sakrashning eng yuqori 
nuqtasida beriladi. 
Y i q i l a t u r i b t o‘ p g a k a l l a(bosh) b i l a n z a r b a 
berishdagi harakatlar kalla bilan zarba berishdagi yuqorida tasvirlangan 
harakatlangandan butunlay farq qiladi. Depsinish-u uchishning kichik 
fazasi tayyorlov fazasi hisoblanadi. Yugurib kelishning so‘nggi 3-4 
qadamida gavda bir qadar oldinga engasha boradi. Depsinish to‘p bilan 
to‘qnashish kutilgan tomonga bir oyoqda bajariladi. O‘yinchi yerga 
parallel uchib boradi. Qo‘llar tirsakdan bukilgan. To‘pning harakati 
nazarda tutiladi. Zarba berilganda futbolchining massasi va uchish 
tezligi to‘pga o‘tadi. Zarba peshona bilan yoki chakka bilan beriladi. 
Peshona bilan zarba berishda gavdaning uchish yo‘nalishi bilan zarba 
berish nishoni bir chiziqda bo‘ladi. Chakka bilan zarba berishda to‘p 
ko‘pincha sirpanib ketib, uning trayektoriyasi butunlay o‘zgarib qolishi 
mumkin.
Yakunlovchi faza yerga tushish bo‘lib, bunda o‘yinchi sal bukilgan 
tarang qo‘llariga tiralib tushadi. Qo‘llar amortizatsiya qilib bukiladi-da, 
keyin ko‘krakdan qorin, oyoqqa yumalab o‘tiladi. 
60-100 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pga yiqila turib 
kalla(bosh) bilan zarba bersa bo‘ladi. To‘pga yetish qiyin bo‘lib 
(o‘yinchidan u 3-4 m nari bo‘lganida), boshqa texnik priyom va 
usullardan foydalanish mushkul bo‘lib qolganida ana shu usul ancha 
samarali bo‘ladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin