To‘pni to‘xtatish
To‘pni to‘xtatish to‘pni qabul qilish va egallash
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. To‘xtatishdan maqsad keyingi kerakli
harakatlarni amalga oshirish uchun dumalab yoki uchib kelayotgan
to‘pning tezligini so‘ndirishdan iborat. «To‘pni to‘xtatish» termini
ba’zida «to‘pni moslash», «to‘pni qabul qilish» deb yuritiladigan
ma’noda tushunish kerak bo‘ladi. Shuning uchun to‘pni to‘xtatish
usullarini ko‘rib chiqayotganda futbolchi to‘pni butunlay to‘xtatib
olmay, balki uni keyingi harakatlarni bajarish uchun moslab (o‘tkazib)
olishini nazarda tutamiz.
To‘pni oyoq bilan, gavda va kalla(bosh) bilan to‘xtatiladi.
To‘xtatishlarning klassifikatsiyasi berilgan.
155
To`pni oyoq bilan to‘xtatish
-eng ko‘p qo‘llaniladigan texnik
priyom. Uni turli usullarda bajariladi. Harakatning asosiy fazalari
hamma usullar uchun umumiy. Tayyorlov fazasi-dastlabki holatda turib
olish. Bu faza bir oyoqqa tayangan holat bilan xarakterlanadi.Turg’unlik
bo‘lsin uchun gavda og’irligi sal bukilgan tayanch oyoqqa tashlanadi.
To‘xtatuvchi oyoq to‘p tomon uzatilib, to‘xtatuvchi yuzasi to‘pga
qaratiladi. Ishchi faza-bir oz bo‘shashtirilgan to‘xtatuvchi oyoq bilan
so‘ndiruvchi
(amortizatsiyalovchi)
harakat
qilishdan
iborat.
Amortizatsiyalovchi yo‘lning uzun-qisqaligi to‘p harakatining tezligiga
bog’liq. Agar tezlik katta bo‘lmasa, to‘pni bo‘shashtirilgan oyoq bilan
so‘ndiruv harakatsiz to‘xtatiladi. To‘xtatuvchi yuza to‘p bilan
to‘qnashgan paytdan (yoki sal oldin) orqaga harakat qilish boshlanib
harakat bir oz sekinlatib boriladi-da, to‘pning tezligi so‘ndiriladi.
Yakunlovchi faza-keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatga
o‘tish. Og’irlik markazining o‘qi to‘xtatuvchi oyoq bilan to‘p tomonga
o‘tkaziladi. To‘xtatgandan keyin ko‘proq zarba berish (uzatish) yoki
to‘p bilan birga harakatlanish (to‘pni olib yurish) bajariladi.
O yo q k a f t i n i n g i ch k I t o m o n i b i l a n t o‘ x t a t i sh
yumalab va uchib kelayotgan to‘plarni qabul qilishda qo‘llaniladi.
To‘xtatuvchi yuza bilan amortizatsiyalash yo‘li anchagina katta bo‘lgan
sababli bu to‘xtatish usulining darajasi yuqori bo‘ladi. Dumalab
kelayotgan to‘pni to‘xtatish uchun dastlabki holat-to‘p tomonga qarab
turish. Gavdaning og’irligi sal bukilgan tayanch oyoqda. To‘xtatuvchi
oyoq olg’a tomon (to‘p qarshisiga) uzatiladi.Oyoq kafti tashqariga 90
0
buriladi. To‘p bilan oyoq kafti to‘qnashgan paytda to‘xtatuvchi oyoq
tayanch oyoq darajasiga qadar orqaga olinadi. To‘xtatuvchi yuza oyoq
kafti ichki yuzasining o‘rtasiga to‘g’ri keladi.
Pastlab, ya’ni tizza baravar uchib kelayotgan to‘plarni to‘xtatishdagi
harakatlar dumalab kelayotgan to‘plarni to‘xtatishdagi harakatlardan
unchalik farq qilmaydi. Biroq, past uchib kelayotgan to‘pni
to‘xtatadigan oyoq tayyorlov fazasida bukilib, to‘p balandligiga qadar
ko‘tariladi. buriladi Balandlab uchib kelayotgan to‘plar sakrab
to‘xtatiladi. Bir yoki iki oyoqda depsinib, yuqoriga sakraladi.
To‘xtatuvchi oyoqning tos-son va tizza bo‘g’imlari qattiq bukiladi.
Oyoq kafti tashqari tomonga. to‘p to‘xtatilgandan keyin bir oyoqda
yerga tushiladi.
|