152
to‘g’ri mo‘ljallab, tayanch oyoqni mumkin qadar shu joyga yaqinroq
qo‘yish juda muhim. Zarba berish harakati to‘p
yerga tekkungacha
bo‘lgan paytdan boshlanadi. Zarbaning o‘zi esa bevosita to‘p yerdan
sapchib qaytgan zahoti beriladi. Zarba paytida boldir qat’iyan vertikal,
oyoq kafti maksimal bukilgan (oyoq uchi pastga qarab cho‘zilgan)
bo‘ladi. Surib borish vaqtida ham oyoqning
shu holatini saqlash kerak,
bu past trayektoriyali qilib tepish imkonini beradi. Agar tayanch oyoq
to‘p chizig’idan anchagina oraliqda qo‘yilgan bo‘lib, «qiyin» to‘p
tepiladigan bo‘lganda ana shu shartga rioya qilish ayniqsa muhim.
To‘pga kalla(bosh) bilan zarba berish
Bu texnik priyom o‘yindagi
muhim vosita hisoblanadi. To‘pga kalla qo‘yish o‘yin jarayonida
yakunlovchi
zarba berishda ham, sheriklarga to‘p oshirishda ham
qo‘llaniladi. Peshona bilan zarba berish va shuning variantlari bu
priyomdagi eng ko‘p foydalaniladigan usullardir. Ammo o‘yin
vaziyatlari shunchalik ko‘p, to‘pning yo‘nalishi, trayektoriyasi va tezligi
shu
qadar xilma-xilki, o‘yin jarayonida kalla bilan zarba berishning
asosiy usulini va uning variantlarini ishlatish imkoniyati bo‘lmaydigan
paytlar ham uchrab turadi. Bunday paytlarda chekka bilan,
ensa bilan,
boshning tepa qismi bilan zarba berishlari ancha samara beradi. Biroq
bunday zarbalar kamdan-kam qo‘llaniladi, shuning uchun ularni maxsus
qarab chiqmaymiz. Kalla(bosh) bilan to‘pga zarba berish tayyorlov,
ishchi va yakunlovchi fazalarni o‘z ichiga oladi.
Tayyorlov fazasi-
kallani orqaga tortish. Buni bajarish uchun gavda bilan kalla orqaga
tortiladi. Bunda gavdani rostlaydigan antagonist-mushaklar cho‘ziladi.
To‘p o‘yinchining nazarida pastda qolmasligi,
boshni esa orqaga juda
tashlab yubormaslik kerak. Ishchi faza-zarba beruvchi harakat va surib
borish. Zarba beruvchi harakatni bajarish gavdani keskin rostlashdan
boshlanadi. Bevosita zarba berish gavda bilan
kalla frontal tekislikdan
o‘tayotgan paytda bo‘lgani ma’qul. Ana shu holatda kalla(bosh) harakati
eng katta tezlikka erishgan bo‘lib, bu kuchli kalla urish imkonini beradi.
Yakunlovchi faza-keyingi harakatlar uchun dastlabki holatga o‘tish.
Surib borish tugagandan keyin gavda harakati tormozlanadi. Oldinga
tomon juda engashib ketish yaramaydi,
chunki kalla urgandan keyin
boshqa harakat va holatlarga tayyor turishi kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: