Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish


Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan funktsional sinamalar



Yüklə 36,96 Kb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü36,96 Kb.
#39674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SPORTCHILARNI SPORT ANAMNEZI VA JISMONIY RIVOJLANISH

Tibbiy pedagogik nazorat o`tkazishda qo`llaniladigan funktsional sinamalar

Jismoniy mashqlarning sportchi organizmiga va tayyor-garlik darajasiga ta`sirini har xil funktsional sinamalar yordamida aniqlash mumkin.

Qo`shimcha yuklamalar berish sinamalari.

Qo`shimcha yuklamalar berishda har qaysi funktsional sinama (20 marta o`tirib turish, bir joyda 15 sek davomida maksimal tempda yugurish) qo`llanishi mumkin. Bu sinamalar o`tkazishda faqat bitta talab bor – yuklamalar miqdori to`g’ri bo`lishi kerak. Qo`shimcha jismoniy yuklamalar ko`pincha treni-rovkalar oldidan bajariladi va trenirovkalardan 10-20 minut o`tgach. Sinamaga bo`lgan javob reaktsiyalar pul`s va arterial qon bosim o`zgarishi va tiklanishiga asoslanib baholanadi.

Qo`shimcha yuklama berish testiga bo`lgan javob reaktsiyalarning uchta varianti ajratiladi.

Birinchi varianti: trenirovkadan oldingi qo`shimcha yuklamaga bo`lgan javob riaktsiyasi trenirovkadan keyin o`tkazilagn qo`shimcha yuklamaga javobriaktsiyasidan kam farqlanishi bilan xarakterlanadi. Faqat pul`s va arterial qon bosim tiklanish davrida o`zgarish mumkin. Umuman olganda, bunday javob reaktsiyasi sportchining jismoniy mashqlardan keyin funktsional holati o`zgarmaganligini ifodalaydi.

Qo`shimcha yuklamaga javob riaktsiyasini ikkinchi varianti sportchilarni funktsional holatining yomonlashishini ifoda-laydi. Trenirovkadan keyin qo`shimcha yuklamaga bo`lgan pul`sning javob reaktsiyasiga nisbatan ancha o`zgaradi, arterial qon bosim esa uncha o`zgarmaydi (qaychi fenomeni). Pul`s arterial qon bosimning tiklanish davri cho`ziladi. Bunday javob riaktsiyasi shug’ullanuvchining tayyorgarligi past bo`lsa, haddan tashqari katta jismoniy mashqdan so`ng o`ta charchash holida ro`y berishi mumkin.

Uchinchi variantda qo`shimcha yuklamaga moslanish yana ham

yomonlashadi. Chidamlilik sifatini rivojlantiruvchi sport turlariga gipotonik va distonik javob reaktsiyalar ro`y beradi. Tezkor kuch sifatlarini rivojlantiruvchi sport turlari esa gipertonik, gipotonik, distonik riaktsiyalar ro`y beradi. Tiklanish davrlari ancha cho`ziladi. Bunday javob reaktsiya sportchi funktsional holatini yomonlashganligi ifodalaydi. Sababi – tayyorgarligi etarli darajada emas. Shiddatli mashq bajarishda ro`y bergan uchta charchash holati deb baholanadi.

Qo`shimcha yuklama berish funktsional sinamalardan biri trend – analizdir.




Yüklə 36,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin