Sportchilarni sport anamnezi va jismoniy rivojlanish


Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish



Yüklə 36,96 Kb.
səhifə6/9
tarix02.01.2022
ölçüsü36,96 Kb.
#39674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SPORTCHILARNI SPORT ANAMNEZI VA JISMONIY RIVOJLANISH

Jismoniy tarbiya va sportda o`z-o`zini nazorat qilish

Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari sihat-salomatlikka ijobiy ta`sir ko`rsatish uchun muayyan gigienik va tibbiy talablarga rioya qilmoq kerak. Oxirgi yilda mustaqil mamla-katimizda katta sportni va ommaviy jismoniy tarbiyani jadal rivojlanishini nazorat qilish masalalarini ahamiyati oshib bormoqda. Ayniqsa sog’lomlashtirish, yugurish,har xil masofaga yurish,suzish, ritmik gimnastika va xokazo har bir shaxs o`z-o`zini nazorat qilishining ahamiyati juda muhimdir. Umumiy nazorat-ning ko`rsatkichlari sportchilarni kundalik daftari yoki oddiy daftarda belgilanadi. Ommaviy jismoniy tarbiya guruhlari bilan shug’ullanuvchilar o`z-o`zini nazorat qilish daftarchasiga tinch holatidagi ko`rsatkichlari bilan bajarilgan jismoniy mashg’ulotlari haqida ma’lumotlarni, ularga nisbatan bo`lgan organizmning javob reaktsiyasini (oddiy fiziologik ko`rsatkich-lar asosida) aks ettirishlari lozim.

Kundalik daftarcha jismoniy mashg’ulotlar bajarilishida o`z-o`zininazorat qilish: bajarilgan mashqlardan keyin charchash, toliqish darajasi mashqlarni o`z xohishi bilan bajarishi, mashg’ulotlardan keyingi ta`sirot kabi ma`lumotlar aks ettiriladi. Mashg’ulotlar ta`sirini shug’ullanuvchining kayfiyatiga va uyquning chuqurlik darajasi asosida baholanadi.

Mashg’ulotlardan so`ng shug’ullanuvchi o`zini yomon his qil-ganda jismoniy yuklamalarni haddan tashqari berilishidan dalolat beradi. O`z-o`zini nazorat qilinishida sub`ektiv ko`rsatkichlar bilan ob`ektiv ko`rsatkichlarni ham qo`llash mum-kin. Bularning biri yurak urish soni (YuUS)dir. Ma`lumotlarga ko`ra, ertalabki nahordagi YuUSning (uyqudan uyg’onib, yotgan holdagi YuUS) oldingi kunlarga nisbatan o`zgarmasligi tayyorgarlikning yaxshi holati xaqida dalolat beradi. Tinch yotgan holatidagi YuUS ko`rsatkichiga qarab tik turgandagi YuUS ko`rsatkichi 18 martaga va undan ham ko`proqka oshsa, javob reaktsiyasi qoniqarsiz, deb baholanadi.

Qon bosimining o`zgarishi va mashg’ulotlardan keyin ko`rsatkichlariga ham katta ahamiyat beriladi. O`z-o`zini nazorat qilishda tana vazniga (og’irlikka) O`TSning o`zgarishlariga ham katta ahamiyat beriladi. Funktsional sinamalardan ko`proq ortostatik (YuUS yotgan va tik turgan holda o`lchanadi, taqqoslash asosida baholanadi) va Ruf’e-Dikson sinamalari qo`llaniladi. Charchash, toliqish, salomatligida o`zgarishlar bo`lsa, bu ko`rsat-kichlarni o`zaro farqi haddan tashqari bo`lishi mumkin.


Yüklə 36,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin