Bolalar organizmi jismoniy rivojlanishining asosiy kuchlari.
Yoshlar organizmining jismoniy rivojlanishini baholaganda quyidagi 3 ta; samotoskopik, antropometrik va fiziometrik ko`rsatkichlardan foydalaniladi.
Samotoskopik ko`rsatkichlar gavdaning tashqi ko`rinishini ko`zdan kechirish yordamida aniqlanadi. Qomat- bu kishi tik turganda yoki o`tirganda o`z gavdasini erkin holatda qanday tutishga odatlanishiga bog’liq. Kishining qomati normal bo`lganida u tik turgan holatida boshi va gavdasi bir vertikalda, yelkalari ozroq tushirilgan va ikkalasi bir tekislikda, kuraklari qoburg’alarga zich yopishgan, kukrak qafasi biroz ko`tarilgan, qorni ichiga biroz tortilgan, oyoqlari tik va to`g’ri, sonlari va boldirlari bir-biriga tegib tik va to`g’ri turadi.
Umurtqa pog’onasining oldinga, orqaga, yon tomonga qiyshayishi, ko`krak qafasi shaklini o`zgarishi, oyoqlarining noto`g’ri tutishi qomatning buzilishini yuzaga keltiradi. Yoshligida og’ir yuk kutarish, yozish vaqtida ko`krakni stol qirrasiga tirab o`tirish, baland poshnali poyabzal kiyish kabilar qomatning bo`zilishiga sabab bo`ladi.
Agar oyoqlar bir biriga juftlab tik turgan holatda tovonlar va son yuzasi bir biriga tegib tursa, lekin tizza va boldirlar o`rtasida bo`shliq paydo bo`lsa «O» simon oyoq shakli deyiladi. Aksincha, tik turgan holatda tizzalar bir biriga tegib tursa-yu, tovonlar va son yuzasi tegmasa «X» simon oyoq shakli deyiladi.
Oyoq kafti sathining o`zgarishi (tuya tovon) ham ma`lum darajada qomat o`zgarishini yuzaga keltiradi. Normal holda oyoqni chuqurlashgan qismi (kafti) oyoqni tovon sathini 3 dan 2 qismini tashkil qiladi. Agar uning sathi kichrayib tovon sathini 3 dan 1 qismini yoki undan ham oz qismini tashkil etsa bunday oyoq «tuya tovon» deyiladi. Bunday kishilar uzoq masofaga yurolmaydi, tez chopolmaydi, tez yurganida oyoq muskullarining qisqarishi tufayli og’riq paydo bo`ladi (tomir tortishadi). Bunday o`zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab yoshligida raxit kasalligi bilan og’rish, baland poshnali poyafzal kiyish, yoshlikda poyafzal kiymasdan notekis yerda yurishni mashq qilmaslikdir. Ma`lum darajada tug’ma ham bo`ladi. Lekin, sababi yoshlikdan aniqlansa va to`g’ri chora tadbirlar qo`llanilsa normal holatga keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |