Tennischilarning chidamliligini rivojlantirish
Yosh 12-16 o’smir tennischilarni chidamliligini rivojlantirishda tezkor
chidamliligiga alohida e’tibor qaratish muhim. Shunga erishmoqlik kerakki, yosh
tennischilar uzoq cho’zilgan qiyin yuklamadan keyin ham, ya’ni musobaqa
uchraShuvini oxirigacha tezkor harakat tezligini yo’qotmasligi kerak.
Bu vazifani echish uchun alohida texnik elementlarni takomillashtirishdagi
83
doimiy jarayonni qo’shimcha vazifalar bilan murakkablashtirish mumkin,
o’yinchilarni sport maydonchasida qiyin sharoitda ishlashga majbur qilish kerak.
Masalan:
❖
mashg’ulot paytida to’pni ikki marta sakrashiga yo’l qo’ymasdan
o’ynash, hamma to’pni, hatto autdagi to’plarni o’ynash kerak;
❖
o’yinchini har bir zarbadan so’ng markazga qaytishga majbur qilish;
❖
o’yinchini to’pga borishga emas, yugurishga majburlash.
Maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun tennischilarga butun vositalar
arsenalidan foydalaniladi: umumjismoniy tayyorlovchi mashqlar, maxsus
tayyorlovchi mashqlar, musobaqaviy va boshqa qo’shimcha vositalar. Yuqorida
aytilgan yugurish va sakrash kabi umumjismoniy tayyorlovchi mashqlardan
Shunday foydalanish kerakki, ular tennischi organizmiga oddiy dan ko’ra,
kuchliroq yuklama bilan ta’sir etishi kerak.
Maxsus - tayyorlovchi mashqlarni tennischini maydondagi maxsus
harakatlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Bularga bizga yaxshi tanish
kombinatsiyali “uchburchak”, orqa chiziqdan “sakkizlik” kabi mashqlar kiradi.
Maxsus-tayyorlovchi mashg’ulotlar vositasiga juftlik o’yinni hisobga o’ynash,
faqat sharti ikkala o’yinchi ham bitta raketka bilan navbatma-navbat o’ynaydi,
hisob 11, 15 yoki 21 gacha bo’ladi. Maxsus- tayyorlash bilan bog’liq mashqlarni
yuklama hajmi, musobaqadagi yuklamalardan ko’ra ko’proq bo’lishi lozim.
Jahonning yetakchi sportchilari yilda 9-10 oylab musobaqada qatnashadilar
va parallel ravishda mashg’ulotlarda anchagina mashqlarni bajarishni davom
ettirib boradilar, shu tariqa o’zlarini chidamliligini oshirib turadilar.
Tennischini chidamliligini oshirishning о’yin usuli ham bor. Bular
hammaga ayon harakatli va sport o’yinlari bilan amalga oshadi. Uning samarasi
o’yin va uning qoidasini to’g’ri tanlab o’tkazishga bog’liq. Stol tennisida juda
talab qilinadigan “aerob” chidamlilikni rivojlantirish uchun mashg’ulotlarni
doiraviy usuli qo’llaniladi. Doiraviy usul bu mashg’ulotni tashkiliy-uslubiy shakli
bulib, fiziologik qonuniyatlar asosida bir qancha usullari ajratiladi. Aerob
chidamlilikni tarbiyalashni eng samarali usuli uzoq muddatli va ekstensiv interval
84
ishlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |