2
O’ZBEKISTON RESPUBLAKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH METODIKASI
(STOL TENNIS)
O’QUV QO’LLANMA
Qarshi – 2021
3
Muallif: Jabborov Akbar To‘xliyevich Qarshi davlat universiteti“Jismoniy tarbiya
va sport” kafedrasi katta o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
ANNOTATSIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurti - jismoniy madaniyat (kunduzgi va
sirtqi) ta’lim yonalishi talabalari, Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘qituvchilari va
o‘quvchilari, bolalar - o‘smirlar sport maktablari murabbiylari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, bunda stol tennis sportchilarni umumiy va maxsus jismony hamda texnik -
taktik tayyorlashning zamonaviy usullari ko‘rsatib berilgan.
O‘quv qo‘llanma orqali stol tennis sportchilarni barcha imkoniyatlarini
rivojlantirish uchun ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
АННОТАЦИЯ
Учебник предназначен для студентов высших учебных заведений -
физкультурных (дневных и заочных), преподавателей и учащихся колледжей
олимпийского резерва, тренеров детских и юношеских спортивных школ.
Показаны современные методы общей и специальной физической и технико-
тактической подготовки спортсменов по настольному теннису.
В учебном пособии даны рекомендации и рекомендации по развитию
всех возможностей для спортсменов настольного тенниса.
ANNOTATION
The textbook is intended for students of higher educational institutions -
physical education (full-time and part-time), teachers and students of colleges of the
Olympic reserve, coaches of children's and youth sports schools. The modern
methods of general and special physical and technical-tactical training of sportsmen
in table tennis are shown.
The tutorial provides recommendations and recommendations for the
development of all opportunities for table tennis athletes.
5112000-Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma
sifatida tavsiya etiladi.
4
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Hukumati muhum siyosati o’laroq jismoniy tarbiya
va sport yanada takomillashb bormoqda. Yurtimiz sportchilarni tayyorlash tizimi va
tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezident
Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator muhim
qarorlari fikrimiz isbotidir.
Mustaqil yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodni har
tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga
ko’tarilgan. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” va “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida (2015 yil 4
sentyabr)” gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi qonunlar,
“O’zbekistonda ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasining aholini, ayniqsa yosh
avlodni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb qilishga oid bir qator qarorlari hamda
Vazirlikning buyruqlari asosida olib borilmoqda.
Xozirgi kunda Respublikamizda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy -
ma’rifiy hayotimizdagi tub islohatlar ta’lim-tarbiya va sport-sog’lomlashtirish
ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish, ular
uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada to’laroq foydalanib, o’sib
kelayotgan yoshlarimizni vatanga sodiq, munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek,
o’ta muhim vazifalarni hal qilishga undaydi.
Sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida o’z о’rnini saqlab qolish va yanada
yaxshilash uchun murabbiy hamda sportchi amaliyotda sportchilar tayyorlash
tizimiga ta’luqli bo’lgan biomexanika, fiziologiya, gigiyena, antrotometrya va
boshqa fanlarda erishilgan so’nggi ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanishlari,
sayyoramizning eng kuchli stol tennischilari tajribasini umumlashtirgan holda
mashg’ulotning taraqqiy etgan uslublari tizimini muntazam ravishda o’zlarida
takomillashtirib borishlari zarur hisoblanadi.
Mazkur o’quv-qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining jismoniy madaniyat
5
ta’lim yo’nalishi o’qituvchi va talabalari, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari, Olimpiya zaxiralari kollejlarining murabbiylari hamda o’quvchilariga
mo’ljallangan. Unda talabalarning ta’lim jarayonidagi o’quv – uslubiy va nazariy
bilim, ko’nikma, tanlab olingan sport turida kasbiy mahoratni oshirish va kamolga
etkazishda qanday usul va vositalar zarurligi kabi savollarga javob izlashda amaliy
yordam beradi.
Mazkur o’quv qo’llanma o’quvchi va murabbiyga stol tennisining tarixi
to’g’risida, mashg’ulot jarayonida texnik va taktik usullardan mohirona foydalanish,
yosh tennischi sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda psixologik
tayyorgarlik haqida batafsil ma’lumot olishda yordam beradi degan umiddamiz
albatta.
Dostları ilə paylaş: |