6
marta o’zgartirilgan va hozirgi kunda o’yin 2012-yilda o’rnatilgan qoidalar asosida
o’tkazib kelinmoqda. Stol tennisining batafsil qoidalari bir necha o’n sahifa hajmga
ega, ko’pchilik mamlakatlar federatsiyalari o’zlarining qoidalarini ITTF o’rnatgan
qoidalarga muvofiq ravishda qabul qilganlar.
Oldinlari partiyalardagi hisob 30, 50, 100 xisobgacha davom qilgan, o’yin
erkaklar va ayollar o’rtasida aralash tarzda o’tkazilgan. 1948-yilda ITTF yangi o’yin
qoidalarini ishlab chiqqanidan so’ng erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o’ynashi
belgilab qo’yilgan. Muqaddam 5 xisobgacha 1- o’yinchi, so’ngra 5 xisobgacha 2-
o’yinchi Sharni o’yinga kiritgan. ITTFning 1998-yildagi yangi qaroriga asosan
Sharni o’yinga kiritish 5 xisobdan 2 xisobgacha, hisob esa 21 xisobdan 11
xisobgacha qisqartirilgan.
O’yindagi atamalar:
❖
“o’ynash” - shar о’yin holatida bo’lgan vaqt oralig’i;
❖
“Shar- o’yinda” - oldindan o’ylangan sharni tashlash oldidan tinch turgan
panjada joyla shuvining oxirgi lahzasidan to o’yinni qaytadan boshlash qarori qabul
qilinguncha yoki о’yin tomonlardan biriga xisob berilishi bilan yakunlanguncha
bo’lgan davr;
❖
“qayta tashlash” - natijasi hisobga olinmagan о’yin;
❖
“xisob” - natijasi hisobga olingan о’yin;
❖
“oshiruvchi” - o’yinda sharga birinchi bo’lib zarba berishi lozim
bo’lgan sportchi;
❖
“qabul qiluvchi” - o’yinda sharga ikkinchi bo’lib zarba berishi lozim
bo’lgan sportchi.
Dostları ilə paylaş: