Sharni oshirish Stol tennisida sharni oshirish quyidagi qoidalarga ko’ra amalga oshiriladi:
❖
shar-ochiq kaftdan yuqoriga vertikal ravishda 16 sm.dan kam
bo’lmagan balandlikka tashlanishi lozim;
❖
kaftdan ajralib chiqqan vaqtdan to raketka bilan zarba berish vaqtigacha
shar stol yuzasidan balandda va stol chekkasining yuqori chegara chizig’idan
tashqarida bo’lishi lozim;
7
❖
sharni oshiruvchi sharga shunday zarba berishi lozimki, shar stolning
oshiruvchi tomondagi yarmiga urilishi, so’ngra to’rning ustidan yoki aylanib o’tib,
stolning qabul qiluvchi tomondagi yarmiga tegishi lozim. Juftlik bahslarida esa shar
stolning oshiruvchi tomondagi o’ng yarmiga tegishi, boshqacha aytganda, shar
diagonal bo’ylab harakatlanishi lozim;
❖
shar oshirilayotganda sharni qabul qiluvchi
(juftlik bahslarida qabul qiluvchilar) va hakam jarayonning barcha qismlarini aniq ко’rib turishi kerak;
❖
shar oshirish jarayonini raketkani ushlab turgan qo’l, tana yoki kiyim
bilan bekitish mumkin emas;
❖
shar, sharni oshiruvchining kaftidan ajralgan zahoti uzatilgan
hisoblanadi.
Sharni qaytarish ❖
oshirilgan va qaytarilgan sharga shunday zarba berish lozimki, shar
darhol to’r ustidan o’tib yoki to’rga tegib, stolning raqib tomonidagi yarmiga urilishi
kerak.
O’yin tartibi Partiya o’yinlar boshlamasidan iborat bo’lib, har bir boshlama sharni
oshirishdan boshlanadi. Birinchi bo’lib sharni oshirish odatda kur’a tashlash bilan
aniqlanadi. Keyin sharni oshiruvchilar har ikki uzatishdan keyin navbat
almashadilar. Hisob 10 : 10 ko’rinishida teng bo’lib qolsa, har bir o’yinchi
(jamoa) bir martdan sharni uzatish huquqiga ega bo’ladi va о’yin ikki xisob farq qilgunga
qadar davom etadi.
Juftlik bahslarida sharni qabul qiluvchi o’yinchi sharni oshiruvchiga, uning
sherigi esa qabul qiluvchiga aylanadi. o’yin toq sonli partiyalardan
(musohaqa qoidalariga muvofiq tarzda 3 dan 7 gacha) iborat bo’lib, o’yinchilardan
(jamoalardan) birining g’alabasigacha davom etadi. o’yin paytida, agar shar to’rga
tegsa ham raqib tomonga tushsa, о’yin davom etadi.
Oldingi qoidalarga ko’ra partiya 21 xisobgacha davom etgan, sharni
oshiruvchilar har 5 marta shar uzatilgandan keyin navbat almashganlar, hisob 20 :
20 ko’rinishiga kelganda esa bir martadan shar oshirishga ruxsat berilgan va о’yin 2
8
xisob farq qilgunga qadar davom ettirilgan.
Sharning har tashlanishi birinchi yoki ikkinchi o’yinchi
(jamoa) ga bir xisob
berilishi bilan yakunlanadi. 2001-yilda o’rnatilgan xalqaro qoidalarga ko’ra har bir