24
Raketka sharga tegish paytida bir soniya to’xtalish ro’y beradi va raketka qarama-
qarshi tomonga itariladi. Raketkaning sharga duch kelish vaqti o’sha to’xtalishgacha
yoki undan keyin ro’y berishi mumkin. Sharga zarba berish nuqtasining tanlanishiga
qarab bu ikki shar aylanishidan biri jonlanadi. Raketkaning qanday tutilishi ham
katta rol uynaydi. Agar gorizontal holatda harakatlansa, shar yuqori va pastki
yo’nalishga ega bo’ladi. Raketka vertikal holatda harakatlansa, shar chap yoki o’ng
yo’nalishdan aylanadi.
mokki usulida podacha berish usuli
Yelpig’ichsimon usulidagi shar uzatishda raketkaning ichki tarafini yuqoriga
yo’naltirib ushlagan qo’l yarim doira hosil qiladi. Aksariyat hollarda sharga zarba
berish raketka ko’tarilayotganida, kamdan-kam hollarda raketka harakatining yuqori
nuqtasiga beriladi. Sharni to’qnashish paytiga qarab shar yuqoriga, yon tomonga va
pastga aylantiriladi. Bunday shar uzatish osiyocha raketka ushlashni qo’llovchi
sportchilar tomonidan kamdan-kam qo’llaniladi.
yelpig’ichsimon usulida podacha qilish texnikasi
Bu uzatishni o’ziga xosligi shuki zarba raketkaning ochiq tarafi bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: