Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
(stenka)
yonida imitatsion mashqlarni oyna yonida nazorat qilish bilan olib borish. 
Stol yonidagi mashg’ulotlarga o’tishdan avval chapdan keskin zarba berish 
o’rganiladi. Bu elementni bajarishda, eng avvalo, qo’l siltash to’g’ri bajarishiga 
e’tibor qaratmoq lozim. To’liq bo’lmagan qisqa qo’l siltash keng tarqalgan 
hatolardan. Zarbani yakunlashda to’liq harakatni yakunlamasdan qo’l to’xtab 
qolishida ham xatolarda yo’l qo’yiladi. 
Texnikani bunday takomillashtirish aniqlikni va tez suratdagi zarbalar kuchini 
oshirish yo’lidan boradi. o’rganishning bu davridagi tennischidan oyoq va gavda 
mushaklarining maxsus tayyorgarligini talab qiladigan murakkab, burama shar 
uzatishga kirishish lozim. Shar uzatishlarni o’rgatishdan oldin sharsiz ham 
imitatsiya qilishga o’rganish kerak. Shar uzatishlarni o’rganish uchun maxsus mashq 
disklaridan va maxsus stanok-trenajyorlardan 
(robot trenajyor)
foydalanish 
mumkin. 
Murakkab shar uzatishlarni qabul qila olishni o’rganish ham juda muhim. Shar 
uzatishlarni qabul qilish sherik bilan birgalikda o’rganiladi. Tennischilar navbat 
bilan bir turdagi sharlarni turli yo’nalishlarda o’rganadilar. Yana to’rdagi uslubni 
o’rganishda faqat oldingi metodni yaxlit o’zlashtirgandan keyingina kirishish 
mumkin. Shu bilan birga avvaliga juftlik, keyin esa bir o’yinchiga mo’ljallangan 
maxsus metodlarni qo’llashni ham o’zlashtirib boradilar. 
O’rganishning dastlabki davrida va mashg’ulotlarda ma’lum bir о’yin uslubini 
tanlash va shakllantirish muhim uslubiy davr hisoblanadi. Stol tennisida o’yin 
uslubini shakllantirish bir qancha omillarga bog’liq: harakat sifatlarining mavjudligi, 
asab tiziming psixik jarayonlari va tipologik o’ziga xosliklar. 
Taktik harakatlarni o’rganish yosh tennischilar bilan ishlashdagi eng qiyin 
yo’nalishlardan biri. Texnik usullarni o’rganishdan ko’ra tennischilar zarbalar bilan 
bog’liq usullarni o’rganishlari qiyinroq. Taktik o’yinlarda taktik variantlarda eng 


19 
asosiy e’tiborni raqibni harakatini kuzatishga qaratish kerak. Bunday kuzatuv 
tennischiga berilayotgan zarbani qaysi tarafga ketishini oldindan bilishga va unga 
karshilik ko’rsatishga tayyorlanishga yordam beradi. Taktik kombinatsiyalarni har 
xil mashqlarda va tayyorgarlik o’yinlarida o’rganish sportchilarni hisob orqali 
o’yinga yaxshiroq tayyorlanishiga yordam beradi. Bellashuv xarakteriga va 
kelajakda bellashuvlarda qatnashishda o’yin davomida xisobdan tashqari taktika 
bo’yicha konkret masalalarni o’tkazish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin