Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


Stol tennisi o‘yin texnikasi va taktikasining tasnifi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
 
Stol tennisi o‘yin texnikasi va taktikasining tasnifi. 
Texnika va taktikaga o’rgatish qiyin bo’lganligi uchun sportchilarni 7-10 
yoshdan jalb qilinadi, dastlab eng katta e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilishi 
kerak. 
Trenirovka metodikasi sportchilarning yoshi jihatdan mos kelishi kerak. Stol 
tennisida sharni o’yinga kiritish, himoya va hujum zarbalarini o’rgatish uchun 
alohida e’tibor qaratish juda muhim. Jahon chempioni Verner Shlagerning fikricha 
sharni o’yinga kiritishning samaradorligi bu o’yinchining yarim g’alabasi 
hisoblanadi. Texnik usullarning hamma arsenaliga belgilangan ketma-ketlikda 
(osondan-qiyinga, oddiydan - murakkabga, ma’lumdan-noma’lumga uslublari)
o’rganish kerak. Bunday holatlarda ba’zi harakatli ko’nikma va malakalarni hisobga 
olish zarur. 


15 
Texnikani o’rgatish 
Har xil texnik usullarni tushuntirish, amaliy demostatsiyalar va o’rgatuvchi 
ortidan takrorlash yordamida o’rganiladi. 
Avtomatizmgacha o’rganilgan zarba harakatlarini doimiy 
(muntazam)
takrorlash. 
Harakatli malakalarni maxsus yaratilgan qiyin harakatlar orqali tugallash 
kerak. 
Shulardan kelib chiqqan xolda barcha texnik usullarni maqsadga muvofiq 
quyidagi ketma-ketlik tarzda o’rganish kerak: 

usullarni qo’llash texnikasi haqida tushuncha; 

uni o’rgatuvchi 
(murabbiy)
tomonidan ko’rsatib berilishi; 

sharsiz harakatlarning imitatsiyalari; 

osma sharlarga zarbalar berish; 

trenirovka zalidagi devordan zarbalar; 

raqib tomondan berilgan zarbalarga javob qaytarish texnikasi; 

shu zarbalarni joy almashtirib bajarish; 

setka orqali o’yinda 1-tayyorgarlik; 

yo’naltirilgan nuqtaga sharning aniq borib tushish mashki; 

hisob bilan o’ynashni o’rganish; 

ikki tomonlama o’yinlarni qiyinlashtirilgan xolatda oxiriga etkazish. 


16 
Shug’ullanuvchilarni o’yinga o’rgatish uning mohiyatini va asosiy qoidalarini 
uzatishdan boshlanadi. Keyin esa 3-5 mashg’ulot davomida o’rganuvchi raketkani 
ushlashni, gavda tutish holatini, zarba berish oldidan dastlabki holatni va siljishni 
o’rganadi. Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 

raketkaning o’ng va chap tomoni bilan sharni ko’p martalab o’yinga 
tashlash; 

shuning o’zi navbat bilan; 

qo’lning o’ngdan chap tomonga harakati bilan raketkaning o’ng va chap 
sahnidan foydalanib sharni aylantirish. 
O’rganilgan mashqlarni mustahkamlash uchun yangi o’rganuvchiga xuddi ana 
shu mashqlarni harakatda bajarish taklif qilinadi. Zarba berish texnikasini 
egallashdan avval shug’ullanuvchilarda o’rganilayotgan harakatlarning xarakteri 
haqida aniq tasavvurni shakllantirish kerak. Zarbalarni o’rganish ularni imitatsiya 
qilishdan boshlanadi. 
Imitatsion mashqlar yuksak sport natijalariga erishishning zaruriy sharti 
hisoblanadi va shuning uchun ham jiddiy munosabatda bo’lishni talab qiladi. 
Imitatsiyada zarba beruvchi harakatlarni ko’p martalab takrorlash asosiy shart. Har 
kuni imitatsiya bilan shug’ullanish harakat texnikasini takomillashtirish imkonini 
beradi. О’yin harakatiarida ishtirok etuvchi qo’1, tana va oyoq mushaklarini 
mustahkamlaydi. 
Texnik usullarga to’g’ridan zarba berishni o’rgatishdan boshlanadi. Stol yonida 
mashq qilishda sherigi stolning ma’lum bir nuqtasiga tashlab bergan sharlarga zarba 
berishni o’rganish ma’qul. Shundan keyin to’g’ridan zarba bershi murabbiyning 
topshirig’iga ko’ra ma’lum bir yo’nalishda sherigi stol yonidan bergan zarba bilan 
o’rganiladi. 
Stol yonidagi birinchi mashg’ulotda murabbiy yangi o’rganuvchining 
harakatlarini diqqat bilan kuzatmog’i lozim. o’rgatishning ana shu bosqichidayoq 
elementar taktik mahoratni, ya’ni shar uzatishlarning uzunligini, yo’nalishini va 
kuchini o’zgartirib bajarishni egallash mumkin. Shug’ullanuvchi sharning 
sakrashini o’rganib bo’lishi bilanoq, uni siljishga o’rgatmoq lozim. Boshlovchi 


17 
tennischilar harakatlarining asosiy usullari chetlashtirilgan va oldga chiqarilgan 
oyoqlar bilan kamroq hollarda oldinga, orqaga va yon tomoniarga keskin siljish 
hisoblanadi. 
Stol yonida harakatlanishni zarba berish texnikasini o’rgatishdan ajratib olib 
borish mumkin emas. Zarba berish imitatsiyasini o’rganayotgan yangi o’yinchi 
tasavvur qilingan shar kelish joyiga tez qaytib bora olishi lozim. Itarma zarbalarni 
o’rganish cho’zilib ketmasligi kerak. Shug’ullanuvchi bu zarba sharini egallab olishi 
bilanoq yuqoridan aylantirib yo’naltirilgan o’ng va chap zarbalarni o’rganishga 
kirishmog’i shart. 
Murabbiylarning ko’pchiligi avvaliga chap zarbalarni o’rganishi kerak deb 
hisoblasalar, boshqalari avval o’ng zarbalarni o’rganishni tavsiya qiladilar. Bu 
uslubiy muommani echayotganda shuni unutmaslik muhimki, chapdan zarba 
berishni o’rganish osonroq, ammo uni hamma ham bir xilda tez o’rgana olmaydi. 
Ba’zi birovlar uchun o’ng zarbalarga nisbatan chap zarbalar qulayroq bo’ladi. 
Oddiy itarib zarba berishdan murakkab burama zarbaga o’tish qo’shimcha 
mashqlardan foydalanilgan holda maxsus tayyorgarlik bilan ta’minlanmogi lozim. 
Dastlab o’rgatish uchun barmoqlarning maxsus harakatlarisiz tirsakda chapdan 
burama zarbalarni qo’llash tavsiya qilinadi. Eng ko’p tarqalgan holatlar gavdani 
noto’g’ri burish va qo’lni qattiq g’ijimlashlar. 
Zarbalarning aniqligi ko’p tomondan ularning ritmiga va raketkaning sharga 
aniq tegishiga bog’liq. Sharga berilgan zarba keskin, lekin kuchli bo’lmasligi kerak. 
Agar yangi shug’ullanuvchi bu usulning uddasidan chiqa olmasa, stol ustiga tashlab 
berilgan sharga zarba berishni o’rgatish lozim. 
O’ngdan itarib zarba berishni o’rgatish uchun o’rtacha kuchdagi zarbalarni va 
yakunlovchi deb ataluvchi zarbalarni aniq chegaralash muhim. Bir vaqtning o’zida 
ham burama zarbalarni, ham yakunlovchi zarbalarni o’rgatish murakkab. Burama 
zarbalarga o’rgatishning boshlang’ich davrida stol yonida zarba beruvchi 
mashqlarni qo’llash lozim. Keyinchalik sharning aylanishi kuchaytiriladi, chunki u 
burama zarbalar berishga to’g’ri harakatlanishlarga va raketka sharga tekkanida 
kerakli keskinlik berishda yordamlashadi. 


18 
Pastlab aylanuvchi zarbalarga o’rgatishda, eng yaxshisi, yuqori aylanishga ega 
bo’lgan zarbalarni berish paytini va tennischi hujumning asosiy texnik usullarini 
o’rganganidan so’nggi vaqtni tanlashi kerak. o’ngdan va chapdan keskin zarbalar 
berishni o’rganishni eng yaxshi usuli mashqlarning trenirovka ”devori” 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin