Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
Raketka 
O’yinda yog’ochdan yasalgan, har ikkala tomoni bir yoki ikki maxsus rezina 
qoplama bilan qoplangan raketkalar ishlatiladi. Qimmatbaho raketkalarning asosi 
turli-tuman yog’ochning bir necha qatlami va titan yoki karbonning bir necha 
qatlamidan tashkil topgan. Professional raketkalar tayyor holatda sotilmaydi. 
Sportchi yoki murabbiy asos va qoplama 
(rezina
)ni tanlab olishadi. Xitoyda ba’zi 
hollarda rezina 
(topsheet)
va qoplama 
(sponge)
alohida sotiladi va yig’iladi. 
ITTF qoidalariga ko’ra, raketka asosi hech bo’lmaganda 85 % yog’ochdan 
bo’lishi lozim. Shuningdek, musobaqalarda rezina yuzidagi ignachalarning ayrim 
turlari 
(asosan uzun ignachalar)
ta’qiqlab qo’yilgan. 


12 
О’yin boshlanishida va о’yin davomida raketka almashtirilganda sportchi o’z 
raketkasini o’yin qoidalariga mos kelishi yoki kelmasligini tekshirib ko’rish 
maqsadida raqibga hamda o’yin hakamiga ko’rsatishi lozim. 


13 
To’r 
To’r komplektiga to’rning o’zi, osma ip va stol yuzasiga mahkamlanuvchi 
tayanch ustunlar kiradi. Uzunligi-183 sm., balandligi-15,25 sm., kvadratchalar 
o’lchami 1,5 x 1,5 sm. To’r ip va ustunlar yordamida Shunday o’rnatiladiki, uning 
yuqori chekkasi о’yin yuzasidan 15,25 sm. balandlikda bo’ladi. To’r stoldan 
tashqariga ham har ikkala tomondan 15,25 sm. chiqib turishi kerak. 
Juftlik bahsi 
Juftlik bahslarida quyidagi qo’shimcha qoidalar kiritiladi: stol oq chiziq bilan 
uzunasiga ikki qismga bo’linadi. Shar oshirilayotganda shar o’z yarmidagi o’ng 
zonaga va raqib yarmidagi chap zonaga tegishi lozim, boshqacha aytganda Shar 
diagonal bo’ylab oshirilishi lozim. 
Sheriklar navbati bilan sharni qaytarishlari kerak. Masalan, sharni oshiruvchi 


14 
sharni uzatib, qaytaruvchi uni qaytarganidan keyin navbatdagi zarba sharni 
oshiruvchining sherigi tomonidan berilishi, sharni qaytarish esa sharni qabul 
qiluvchining sherigi tomonidan qaytarilish lozim. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin