Hozirgi kunda respublikamizdagi texnika oliy o‘quv yurtlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi va mutaxassisliklariga turli xil dasturlash tillarini o‘rgatish mo‘ljallangan. Bizga ma’lumki, dasturlash tillarining yuzdan ortiq ko‘rinishlari mavjud, lekin qo‘llanilishi ko‘lamiga qarab Delphi, Java, C++ va C# dasturlash tillari yuqori dasturlash sinfiga mansubdir.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra C++ dasturlash tili Assembler dasturlash tiliga eng yaqin bo‘lib, tezlik jihatidan 10 % ortda qolar ekan.
Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko‘p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif etilmoqda. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir–biridan farq qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib taqaladi.
Ushbu kurs ishida hozirgi kunda kompyuterda berilgan funksiyalarni grafigini va har xil ko‘rinishdagi shakllarni chizish va ularni aniq koordinatalarini aniqlash, ekranni grafik rejimga o‘tkazish va undagi mavjud piksel va ranglardan foydalanish kabi vazifalarni o‘rganishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda dasturlashga bo‘lgan qarash birmuncha o‘zgargan, ya’ni dasturlar yozilishidan tashqari ilovalar loyihalanadi ham. Visual Basic yuqori darajadagi ilovalar yaratish vositasi bo‘lib odatdagi Basic dan keskin farq qiladi. Faqatgina odatdagi Basic ning operatorlari va dasturlash sintaksisiga tayanadi. Visual Basic o‘rganish uchun nisbatan sodda bo‘lishiga qaramasdan uning yordamida murakkab komppyuter dasturlarini yaratish mumkin.
Basic so‘zi Beginner’s (boshlang’ich) All-purpose (universal) Symbolic (belgili) Instruction Code (buyruqlar tizimi) dan hosil bo‘lgan. Vizual so‘zi bu tilning mazkur dastur versiyasidagi dastur tuzish jarayonida ko‘plab operatsiyalar vositalar yordamida, ya’ni bevosita kodlarni yozmasdan bajarilishini anglatadi. Dasturlar tuzish sermashaqqat jarayondir, lekin Visual Basic bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi. Visual Basicning yana bir yutug‘i shundaki, u Microsoft Office paketi dasturi va Internet resurslari bilan ishlaydi. Visual Basic bir necha versiyada ishlab chiqariladi.
Learning Edition (O‘quv taxriri). Bu versiya tajribasi kam (boshlovchi) dasturchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Windows da ishlovchi dasturlar tuzish uchun zarur bo‘lgan faqat asosiy imkoniyatlar va elementlarni o‘zida jamlagan.
Professional Edition – (Professional kasbiy tahriri). Kompilyator dasturlari ishini tezlashtiruvchi - ActiveX qo‘shimcha komponentlarini va ma’lumotlar bazalarini boshqarishning kengaytirilgan vositalarini o‘z ichiga oladi. Bu versiya jiddiy ilovalarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan
Enterprise Edition (Korxonalar uchun tahriri) ko‘pchilik foydalanuvchili ma’lumotlar bazalariga ega ilovalarni ishlab chiqishga imkon beradi va ilovalarni dasturchilar guruhlari hamkorlikda ishlab chiqish vositalarini o‘z ichiga oladi.
Visual Basic for Applications (Ilovalar uchun Visual Basic). Visual Basic ning mazkur versiyasi Microsoft Office dasturi tarkibiga kiradi. Agar sizda Office ning to‘liq versiyasi yoki bu paketning istalgan komponenti bo‘lsa, u holda sizda Visual Basic ning ilovalar uchun versiyasi ham bor bo‘ladi.
Java dasturlash tili birinchi bo‘lib 1991 yili Sun Microsystems tomonidan ishlab tadqiq etilgan. O‘sha yillarda Java faqat elektron qurilmalar – televizor, video magnitafon, non isitish qurilmasi va shu kabilarga dasturlar yozish uchun foydalanilgan. O‘sha vaqtlarda Java ning maqsadlari uning ixcham, tezkor, samarali, oson va keng miqyosdagi elektron qurilmalarga moslashuvchan dasturlash tili etib yaratish bo‘lgan. Xuddi shu maqsadlar Javani World Wide Web da ishlay oladigan, umumiy maqsadlarga yo‘naltirilgan xamda barcha platformalarda ishlay oladigan ideal dasturlash tili bo‘lib shakllanishiga asos bo‘lgan.
Java tilidan Sun (Oak nomi ostida) tomonidan ko‘pgina loyixalar yaratishda foydalanilgan, lekin u ko‘pchilikning nazariga 1994 yilda Hot-Java bilan birlashmaguniga qadar tushmadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib Netscape o‘zining brauzeriga Hot-Java ning barcha imkoniyatlarini qo‘shib olganidan so‘ng Java ga bo‘lgan qiziqish anchagina ortdi.
Java Applet larini ishlatish va ularni ko‘rish uchun sizga biror bir Java-enabled brauzer kerak bo‘ladi. Shuni xam aytish joizki Netscape 2.0 va undan yuqori versiyalari Internet Explorer 3.0 yoki undan yuqori versiyalari orqali siz bemalol Java Applet larni ishlatib ko‘rishingiz mumkin. Siz yana Sun ning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan Hot-Java brauzerini xam Appletlarni ko‘rishda ishlatishingiz mumkin. Lekin Java ning yuqoriroq versiyalarida yozilgan Applet larni o‘zidan oldingi versiyadagi Hot-Java brauzerlar orqali ko‘rish imkoniyati mavjud emas.